Ruziev Behzod Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan tovar belgilariga bo‘lgan huquqlarning ommaviy-huquqiy himoyasini takomillashtirish”, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu851.
Ilmiy rahbar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc. 07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Otaxonov Foziljon Haydarovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Xodjaev Shoxjaxon Akmaljon o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan tovar belgilariga bo‘lgan huquqlarning ommaviy-huquqiy himoyasini kompleks takomillashtirish, xususan huquqni qo‘llash amaliyotidan kelib chiqib, tovar belgilarining ommaviy-huquqiy himoyasini ilmiy-nazariy masalalarini tahlil qilish, asoslash, tegishli xalqaro hujjatlar qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish mexanizmini ishlab chiqish va takliflar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bojxona xizmati organlariga “Intellektual mulk obektlarining bojxona reestri”ga kiritilgan tovar belgilari bo‘yicha huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda o‘z tashabbusiga ko‘ra bu haqida huquq egasini xabardor qilish huquqini berish zarurligi asoslangan;
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali intellektual mulk obektlarini Reestrga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni yuborish va qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish zarurligi asoslab berilgan;
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlariga intellektual mulk obektlari huquq egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish vazifasini yuklash zarurligi asoslangan;
bojxona organlari intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish maqsadida tovar belgisining huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organiga elektron so‘rov yuborishi mumkinligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
bojxona xizmati organlariga Intellektual mulk obektlarining bojxona reestriga kiritilgan tovar belgilari bo‘yicha huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda o‘z tashabbusiga ko‘ra bu haqida huquq egasini xabardor qilish huquqini berish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–221-son qarorining 2-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (Adliya vazirligining 2023-yil 1-martdagi 27/1-149/8-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi bojxona organlarining tovar belgilari huquqiy himoyasi bo‘yicha vakolatlarini belgilashga, ushbu sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashga xizmat qilgan;
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali intellektual mulk obektlarini “Intellektual mulk obektlari bojxona reestri”ga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni yuborish va qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ–221-son qarorining 4-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2023-yil 27-maydagi
16/05-23-00068-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi bojxona organlarining tovar belgilari huquqiy himoyasi bo‘yicha faoliyatini raqamlashtirishga, tovar belgilariga oid huquqlarni samarali huquqiy himoyasini ta’minlashga xizmat qilgan;
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlari tomonidan intellektual mulk obektlari huquq egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqini taqdim etish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–221-son qarorining 4-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2023-yil 27-maydagi 16/05-23-00068-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi bojxona organlarining tovar belgilari huquqiy himoyasi bo‘yicha vakolatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
bojxona organlari intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish maqsadida tovar belgisining huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organiga elektron so‘rov yuborishi zarurligi haqidagi taklif 2024-yil 27-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–913-son Qonuning 1-moddasi 40-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024-yil 21-martdagi 15/05-24-00436-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi bojxona organlari va intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organlarining tovar belgilari huquqiy himoyasi bo‘yicha o‘zaro hamkorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar qabul qilingan.