Akbarov Abdulhamid Akmal o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari (Andijon viloyati misolida)”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4820.
Ilmiy rahbar: Ermatov Akmaljon Adxamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Baxriddin Juraevich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Xasanov Ilyos Maxmudovich,  iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining barqaror rivojlanishiga ta’sir etayotgan tahdidlar aniqlash asosida ularning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilmiy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasi kichik biznes sub’ektlari barqaror rivojlanishi va uzlyuksiz faoliyatini ta’minlashga qaratilgan ichki va tashqi tahdidalardan himoya qilishni o‘z ichiga oluvchi chora-tadbirlar, siyosatlar va strategiyalar majmuasiga ko‘ra takomillashtirilgan;
kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining ma’lum hudud miqyosida iqtisodiy xavfsizligi va barqarorligining “yashovchanlik” darajasi (KBXTY) “past” (KBXTY < 0,34),  “o‘rta” (0,34 ≤ KBXTY < 0,56),  “yaxshi” (0,56 < KBXTY ≤ 0,78) hamda “yuqori” (KBXTY > 0,78) me’zon chegaralari asosida belgilash taklifi asoslangan;
kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash jarayonida xavflarni aniqlash va baholash, ularni kamaytirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, xavfsizlik monitoringini amalga oshirish, tashqi muhitga moslashish hamda natijalarni muntazam takomillashtirish bosqichlarini qamrab oluvchi takomillashgan algoritm ishlab chiqilgan;
kichik biznes va tadbirkorlik rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni baholash asosida YaHMdagi kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida: 
ilmiy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy xavfsizligi” tushunchasi kichik biznes sub’ektlari barqaror rivojlanishi va uzlyuksiz faoliyatini ta’minlashga qaratilgan ichki va tashqi tahdidalardan himoya qilishni o‘z ichiga oluvchi chora-tadbirlar, siyosatlar va strategiyalar majmuasiga ko‘ra takomillashtirilishiga doir nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Biznesga kirish” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon mashinasozlik instituti rektorining 2024-yil 10-dekabrdagi 920-K-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tavakkalchilik sharoitida biznes yuritish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy xavfsizligi tushunchasini yuzasidan nazariy bilimlarini yanada kengaytirish imkoni yaratilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 06-10-33-17012-sonli ma’lumotnomasi);
kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining ma’lum hudud miqyosida iqtisodiy xavfsizligi va barqarorligining “yashovchanlik” darajasi (KBXTY) “past” (KBXTY < 0,34),  “o‘rta” (0,34 ≤ KBXTY < 0,56),  “yaxshi” (0,56 < KBXTY ≤ 0,78) hamda “yuqori” (KBXTY > 0,78) me’zon chegaralari asosida belgilash taklifi asoslangan (Andijon viloyati hokimligining 2025-yil 25-iyuldagi 02/29-107-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Andijon viloyati hokimligi tomonidan Buloqboshi, Shahrixon, Xo‘jaobod va Bo‘ston tumanlarida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, hunarmandchilik hamda tikuv-trikotaj sohalarida faoliyat yurituvchi kichik biznes sub’ektlariga keng imtiyozlar taqdim etish, Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod va Jalaquduq tumanlarida sanoat va qishloq xo‘jaligi salohiyatini yanada rivojlantirish, jumladan, qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga e’tibor qaratish, Ulug‘nor tumanining markaziy joylashuvi hisobga olinib, transport-logistika xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, eng quyi yashovchanlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan Marhamat, Izboskan va Baliqchi tumanlarini ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga qayta ixtisoslashtirish taklifi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 06-10-33-17012-sonli ma’lumotnomasi);
kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash jarayonida xavflarni aniqlash va baholash, ularni kamaytirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, xavfsizlik monitoringini amalga oshirish, tashqi muhitga moslashish hamda natijalarni muntazam takomillashtirish bosqichlarini qamrab oluvchi takomillashgan algoritm ishlab chiqilgan (Andijon viloyati hokimligining 2025-yil 25-iyuldagi 02/29-107-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Andijon viloyatida joylashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining barqaror iqtisodiy rivojlanish strategiyalari hamda iqtisodiy xavfsizlik siyosatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada “Xo‘jaobod Turon tekstil” MChJ hamda “Barlos hiloli” XKlarining barqarorlik holati mos ravishda 1,02% hamda 1,01% ga ortgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 06-10-33-17012-sonli ma’lumotnomasi);
kichik biznes va tadbirkorlik rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni baholash asosida YaHMdagi kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan (Andijon viloyati hokimligining 2025-yil 25-iyuldagi 02/29-107-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Andijon viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-204-sonli qarorini ijro etishga qaratilgan kompleks chora tadbirlarni amalga oshirishga doir hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 06-10-33-17012-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish