Ibragimov Zuxriddin Sayfutdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi - “Neft-gaz sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish”. (“O‘zbekneftgaz” AJ misolida)”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt4887 
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Muratova Shohista Nimatullaevna, i.f.d., professor Xamdamova Gavhar Absamatovna. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi “I.M.Gubkin nomidagi (milliy tadqiqot universiteti) Rossiya davlat neft va gaz universiteti” filiali 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi “O‘zbekneftgaz” AJ tizimi   korxonalarida investision faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimi korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirishda qiymatga ko‘ra integratsiyalashgan tizimga asoslangan ishlab chiqarish zanjirini (qazib olish–qayta ishlash–transport – sotuv) yagona majmuaga qiymat uyg‘unlashtirish mexanizmi taklif etilgan;
“O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishda texnologik modernizatsiya, raqamlashtirish, diversifikatsiya, energiya samaradorligi va integratsiyalashgan strategiyalarni qiymatli zanjirga ko‘ra uyg‘unlashtirishga ko‘ra korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks model takomillashtirilgan;
“O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samara-dorligini multifaktorial yondashuvga asoslangan raqamli indikatorlarni o‘z ichiga oluvchi baholash metodikasi taklif qilingan;
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2026–2030-yillar uchun sof foyda, jami aktivlar, majburiyatlar va o‘z mablag‘lari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ekonometrik modellashtirish asosida moliyaviy barqarorlikni taʼminlovchi prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Neft-gaz sanoati korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimi korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirishda qiymatga ko‘ra integratsiyalashgan tizimga asoslangan ishlab chiqarish zanjirini (qazib olish–qayta ishlash–transport – sotuv) yagona majmuaga qiymat uyg‘unlashtirish mexanizmi taklifi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekneftegaz AJ 2025-yil 
3-iyundagi 08-44-145 sonli maʼlumotnomasi). Taklif ishlab chiqarish jarayonining uzlyuksizligi, boshqaruvda tezkorlik hamda umumiy xarajatlarning sezilarli kamayishi taʼminlanib, 2025-yil yakunida sof foyda marjasi 15,6 foizni tashkil etishiga erishishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishda texnologik modernizatsiya, raqamlashtirish, diversifikatsiya, energiya samaradorligi va integratsiyalashgan strategiyalarni qiymatli zanjirga ko‘ra uyg‘unlashtirishga ko‘ra korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish-ning kompleks takomillashtirilgan modeli “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekneftegaz AJ 2025-yil 3-iyundagi 08-44-145-sonli maʼlumotnomasi). Taklif AJda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilib, 2025-yilda aktivlar rentabilligi 4,2 foizga etkazishga muayyan darajada xizmat qilgan;
 “O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samara-dorligini multifaktorial yondashuvga asoslangan raqamli indikatorlarni o‘z ichiga oluvchi baholash metodikasi “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2025-yil 3-iyundagi 08-44-145-sonli maʼlumotnomasi). Taklif ishlab chiqarish samaradorligi oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, qaror qabul qilish jarayoni raqamli boshqaruv vositalari orqali soddalashtirish, resurslardan foydalanishni optimal-lashtirish va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga ko‘ra xorijiy investi-siyalar uchun qulay sharoit yaratishga va 2025-yilda kapital rentabilligini 8,9 foizga etkazishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2026–2030-yillar uchun sof foyda, jami aktivlar, majburiyatlar va o‘z mablag‘lari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ekonometrik modellashtirish asosida moliyaviy barqarorlikni taʼminlovchi prognoz qiymatlari “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekneftegaz AJ 2025-yil 3-iyundagi 08-44-145-sonli maʼlumotnomasi). Taklif AJning sof foydasi 2030-yilga borib 2026-yilga nisbatan 1,1 barobarga oshishi mumkinligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish