Shodiev Akbar Ashurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr energiyani sotish xarajatlari va yo‘qotishlari hisobi metodologiyasini takomillashtirish” 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt942
Ilmiy maslahatchi: Raximova Go‘zalbegim Muradovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugaffar Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ da elektr energiyani sotish xarajatlari va yo‘qotishlari hisobini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energiya yo‘qotishlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun 5911-“Elektr energiyasining texnologik yo‘qotishlari”, 5912-“Elektr energiyasining tabiiy yo‘qotishlari”, 5913-“Elektr energiyasining texnik yo‘qotishlari” ishchi schetlarini kiritish taklif etilgan;
elektr energiyani ishlab chiqarish, sotish hamda iste’mol qilishdek uzlyuksiz jarayonning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari(masalan, saqlab turish imkonining yo‘qligi, ishlab chiqarish-sotish-iste’mol bir vaqtda ro‘y berishi va hokazolar)dan kelib chiqqan holda elektr energiyani sotish xarajatlari va yo‘qotishlarini hisobga olish metodologiyasi takomillashtirilgan;
elektr energiyasini xarakati bilan bog‘liq muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida, korxona hisob siyosatiga 2991-“Elektr energiyasi” ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida elektr ta’minoti korxonalarining hisobot davridagi sotish xarajatlari va yo‘qotishlari hajmiga muvofiq, moliyaviy rag‘batlantirish va jazolash ustunlarini o‘zida mujassam etgan, hisobvaraq fakturaning namunaviy shakli ishlab chiqilgan;
elektr energiyani sotish xarajatlari va yo‘qotishlarini tan olish va buxgalteriya hisobida aks ettirishning ayrim xususiyatlaridan kelib chiqib, moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga transformatsiya qilish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektr energiyani sotish xarajatlari va yo‘qotishlari hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energiyasi yo‘qotishlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun 5911-“Elektr energiyasining texnologik yo‘qotishlari”, 5912-“Elektr energiyasining tabiiy yo‘qotishlari”, 5913-“Elektr energiyasining texnik yo‘qotishlari” ishchi schetlarini kiritish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining «2024-yil uchun hisob siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 04-martdagi 01-05-44/377-sonli ma’lumotnomasi), natijada elektr yo‘qotishlarini buxgalteriya hisobining alohida obʻekti sifatida aks ettirish, elektr yo‘qotishlarini me’yorlariga asosan tarkibiy qismlarining miqdorlari alohida ajratilib, zarur hollarda buxgalteriya hisobi tizimida mustaqil ko‘rsatkichlar sifatida xaqqoniy ifodalash yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, mavjud buxgalteriya tizimi elektr energiyasining tovar balansida aks ettirilgan ma’lumotlarni buzib ko‘rsatilishini oldini olishga, boshqarish uchun to‘liq va etarli, shaffof axborot ta’minotini shakllantirishga, yo‘qotishlarning haqiqiy hajmi, kelib chiqish sabablari, aybdorlari va xaqqoniy qiymatini aniqlash orqali, bartaraf etish va minimallashtirish imkoniyati yaratilgan;
elektr energiyani ishlab chiqarish, sotish hamda iste’mol qilishdek uzlyuksiz jarayonning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari(masalan, saqlab turish imkonining yo‘qligi, ishlab chiqarish-sotish-iste’mol bir vaqtda ro‘y berishi va hokazo)dan kelib chiqqan holda elektr energiyasining yo‘qotishlarini hisobga olish metodologiyasini takomillashtirish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining «2024-yil uchun hisob siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan(“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 04-martdagi 01-05-44/377-sonli ma’lumotnomasi), natijada sotish xarajatlarini aniqlash, yo‘qotish turlari va miqdorlarini baholash hamda xaqqoniy qiymatda aks ettirish, shuningdek, buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish bo‘yicha buxgalterlik provodkalari ishlab chiqilishiga erishilgan;
elektr energiya xarakati bilan bog‘liq muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida korxona hisob siyosatiga 2991-“Elektr energiyasi” ishchi schyotini kiritish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining «2024-yil uchun hisob siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan(“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 04-martdagi 01-05-44/377-sonli ma’lumotnomasi), natijada buxgalteriya hisobida yanada aniq, shaffof va tizimli tarzda obʻektni qiymat jihatdan ajratish imkoniyati yaratilib, korxonaning boshqaruv tizimi uchun o‘ta zarur bo‘lgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini shakllantirish, elektr energiyasi xarakatini ketma-ketlikda bir butun tarzda tizimli ravishda hisobga olishga erishilgan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standarti talablari asosida elektr ta’minoti korxonalarining hisobot davridagi yo‘qotishlari hajmiga muvofiq moliyaviy rag‘batlantirish va jazolash ustunlarini o‘zida mujassam etgan, hisobvaraq-fakturaning namunaviy shakli ishlab chiqish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining «2024-yil uchun hisob siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan(“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 04-martdagi 01-05-44/377-sonli ma’lumotnomasi), natijada elektr energiyasini sotuvchi korxonalarda har qanday yo‘qotishlar hajmini kamaytirishga bo‘lgan motivatsiya shakllantirilishiga hamda elektr yo‘qotishlari hajmini 1.3 foizga kamayishiga erishilgan;
elektr energiyani sotish xarajatlari va yo‘qotishlarini tan olish va buxgalteriya hisobida aks ettirishning ayrim xususiyatlaridan kelib chiqib, moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga transformatsiya qilish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining «2024-yil uchun hisob siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan(“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 04-martdagi 01-05-44/377-sonli ma’lumotnomasi), natijada aksiyadorlar va investorlar uchun muhim bo‘lgan sodda, tushunarli, aniq hamda xaqqoniy qiymat ko‘rsatkichlarini o‘zida jamlagan ma’lumotlar shakllantirilishiga, sotish xarajatlari va yo‘qotishlarning yakuniy moliyaviy natijalarga salbiy ta’sirini baholash, tahlil qilish va hisobda aks ettirish imkoniyati yaratilgan.