Ergashev Qobiljon Ernazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida bojxona xizmatlarini rivojlantirish”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari)”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2148
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Isroilov Bohodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida bojxona xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bojxona xizmatlarini ko‘rsatishda bojxona hududiga olib kirilayotgan tovar va transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishning “xavfni boshqarish” tizimi dastlabki elektron shakldagi axborotni rasmiylashtirish, tahlil qilish hamda yo‘laklarga taqsimlash imkoniyatini beradigan tartibotni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bojxona nazorati ostidagi tovar va transport vositalariga tegishli hujjat va ma’lumotlarning raqamli tranzit deklaratsiyasi shaklida taqdim qilish negizida “E - Tranzit” tizimining tashuvlarni rasmiylashtirish, nazoratga olish, nazoratdan echish faoliyati raqamlashtirilgan;
bojxona xizmatlaridan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlarini “E-Arxiv” tizimiga raqamli taqdim qilish asosida bojxona organlarining ma’lumotlarni ishonchligini nazoratdan o‘tkazish, monitoring funksiyasi takomillashtirilgan;
Bojxona nazorati zonasining chiqib ketish hududlarida masofaviy nazorati texnik vositalarini joriy etish natijasida yo‘lovchilarni “masofaviy bojxona nazorat” tamoyili asosida nazorat qilish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida bojxona xizmatlarini rivojlantirishda bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dastlabki elektron shakldagi axborotni rasmiylashtirish, tahlil qilish hamda yo‘laklarga taqsimlash imkoniyatini beradigan “Xavfni boshqarish” tizimini takomillash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi PF-6155-soni Farmonining 57-bandida o‘z aksini topgan hamda ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5582-son farmoni va DBQning 2021-yil 10-iyuldagi 161-son buyrug‘i bilan ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublika Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 23-iyundagi № 12/05-22-01450-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish qabul qilinayotgan qarorlarning 60%gacha inson aralashuvi cheklangan. Tizim yordamida qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlari miqdori 229,4 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Soddalashtirilgan tartibda chiqarilgan deklaratsiyalar eksportda 94%, importda 62% ko‘rsatkichga erishilgan. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarf etilgan vaqt eksportda 3 barobar, importda 2,1 barobarga qisqargan;
bojxona nazorati ostidagi tovar va transport vositalariga tegishli hujjat va ma’lumotlarning raqamli tranzit deklaratsiyasi shaklida taqdim qilish negizida “E-Tranzit” tizimining tranzit tashuvlarni rasmiylashtirish, nazoratga olish, nazoratdan echish faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
PF-122-son farmonining 41-bandida o‘z aksini topgan hamda ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 31-avgustda 3382-son ro‘yxatdan o‘tkazildi qarori bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublika Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 23-iyundagi № 12/05-22-01450-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish orqali 67,4% tovarlar soddalashtirilgan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan. Natijada, ko‘rik soni 1,9 barobarga kamayib, samaradorligi 4 barobarga ortgan, rasmiylashtiruv vaqti eksportda 1,7 barobarga, importda 1,4 barobarga qisqargan;
bojxona xizmatlaridan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlarini qayta taqdim qilish amaliyotini bekor qilish asosida bojxona organlarining monitoring funksiyasini 
“E-Arxiv” tizimi negizida takomillashtirish takliflari takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-122-son farmonining 18-bandida o‘z aksini topgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, rasmiylashtirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 31-avgustda 3382-son ro‘yxatdan o‘tkazildi qarori bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublika Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 23-iyundagi № 12/05-22-01450-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ilova qilinadigan hujjatlarni yagona joyda jamlash, bojxona organi va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o‘rtasidagi hujjatlarning qog‘oz ko‘rinishida taqdim etish amaliyotiga chek qo‘yish orqali hujjatlarni takroran taqdim etish amaliyotini bekor qilingan;
bojxona nazorati zonasining kirib kelish va chiqib ketish hududlarida masofaviy nazorati texnik vositalarini joriy etish natijasida yo‘lovchilarni “masofaviy bojxona nazorati” tamoyili asosida nazorat qilish tizimini takomillashtirish takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-122-son farmonining 35-bandida o‘z aksini topgan hamda ushbu takliflar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 11-oktyabrdagi 814-son qaroriga bojxona ma’murchiligini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 363-son qarori bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublika Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 23-iyundagi № 12/05-22-01450-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish 95% soddalashtirilgan tartibda yo‘lovchilar harakatlanmoqda. Bojxona nazorati samaradorligi 4% dan 20% ga oshirildi. Shaxsiy ko‘riklar soni 4 barobarga qisqarib samaradorlik 5 barobarga oshgan. Fuqarolarning qonunbuzish holatlarini aniqlash 3 barobarga oshib qo‘shimcha hisoblangan to‘lovlar 4 barobarga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish