Aminova Gulnoza Xakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash texnologiyalarini takomillashtirishning mafkuraviy ahamiyati”,
09.00.05 – Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fal1634.
Ilmiy rahbar: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Jurabek Yorqulovich, siyosiy fanlari doktori, dotsent; Ruzmetova Dilbar Nurmatovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston sharoitida gender tengligini ta’minlashga qaratilgan texnologiyalarning mafkuraviy asoslarini falsafiy va ta’limiy nuqtai nazardan tahlil qilish, ularning milliy ma’naviyat, ijtimoiy munosabatlar va axborot makonidagi ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tarixiy taraqqiyot jarayonida gender tengligi sohasidagi shakllangan asimmetriyalarning ijtimoiy-madaniy xususiyatlari sistemali ravishda o‘rganilib, mafkuraviy barqarorlikga erishishda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash strategik ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy-mafkuraviy paradigma sifatida jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etishi asoslangan;
G‘arb va Sharq davlatlarida amal qilayotgan gender siyosati yo‘nalishlarining tarixiy-siyosiy asoslarini chuqur qiyosiy tahlil etish orqali milliy an’analar va etnik madaniyatning erkaklar va ayollarning ijtimoiy faolligini shakllantirishdagi rolining falsafiy-mafkuraviy jihatlari tahlil etilgan va bu omillarning zamonaviy gender siyosatida ijobiy kuch sifatida ifodalash mumkinligi isbotlangan;
Jamiyat transformatsiyasi jarayonida milliy qadriyatlar va gender tenglik g‘oyasining o‘zaro uyg‘unligi, ijtimoiy adolat mezonlarining shakllanishida hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘layotgani, insoniyat tarixi davomida shakllangan “mardlik” va “nafislik” tushunchalari, nafaqat genderlik tabaqalanishni belgilab kelgan, balki ularning ijtimoiy jarayonlardagi o‘zaro ta’siri, XXI asrdagi tenglikka asoslangan rivojlanishda qayta tahlil etilayotganligi asoslangan;
Ayollar harakatining tarixi va faolligi, faqat ijtimoiy-huquqiy tenglikka erishish bilan cheklanib qolmasdan, balki gender siyosatining institutsional shakllanishi va unda ayollarning sub’ekt sifatida faol ishtirok etishida muhim mulohazaviy burilish nuqtasi bo‘lib xizmat qilishi, bandlik siyosatida genderlik yondashuvlarning joriy qilinishi, iqtisodiy tenglikni ta’minlash va mehnat bozorida diskriminatsiyani kamaytirishning funksional mexanizmi sifatida, aholi bandligini strategiyaviy boshqarishning yangi paradigmasini yaratishni taqozo qilishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash texnologiyalarini takomillashtirishning mafkuraviy ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tarixiy taraqqiyot jarayonida gender tengligi sohasidagi shakllangan asimmetriyalarning ijtimoiy-madaniy xususiyatlari sistemali ravishda o‘rganilib, mafkuraviy barqarorlikga erishishda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash strategik ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy-mafkuraviy paradigma sifatida jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etishiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokomraniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ayol va jamiyat”, Mahalla telekanalida namoyish etiladigan “Baraka”, Yoshlar telekanalidagi “Yangi O‘zbekiston ayoli”, Madaniyat va Ma’rifat telekanalidagi “Oilaviy qadriyatlar”, O‘zbekiston 24 telekanalidagi “Ayol-jamiyat ko‘zgusi” dasturlarida gender masalalarini muntazam yoritib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio-komraniyasining 2025-yil 25-martdagi 26-36-966-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar tinglovchilarning ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishga barchaning mas’ulligini tushunish va ularning shu sharoitlardan foydalanish madanyaitini shakllantirishga xizmat qilgan;
G‘arb va Sharq davlatlarida amal qilayotgan gender siyosati yo‘nalishlarining tarixiy-siyosiy asoslarini chuqur qiyosiy tahlil etish orqali milliy an’analar va etnik madaniyatning erkaklar va ayollarning ijtimoiy faolligini shakllantirishdagi rolining falsafiy-mafkuraviy jihatlari tahlil etilgan va bu omillarning zamonaviy gender siyosatida ijobiy kuch sifatida ifodalash mumkinligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil qilinayotgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan Yoshlar oyligi doirasidagi tadbirlarini samarali tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 7-apreldagi 2-15-21-1830-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi, ularning bilim va malakalarini oshirishga oid turkum tadbirlarni tashkil etishga xizmat qilgan;
Jamiyat transformasiyasi jarayonida milliy qadriyatlar va gender tenglik g‘oyasining o‘zaro uyg‘unligi, ijtimoiy adolat mezonlarining shakllanishida hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘layotgani, insoniyat tarixi davomida shakllangan “mardlik” va “nafislik” tushunchalari, nafaqat genderlik tabaqalanishni belgilab kelgan, balki ularning ijtimoiy jarayonlardagi o‘zaro ta’siri, XXI asrdagi tenglikka asoslangan rivojlanishda qayta tahlil etilayotganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Resrublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazining 2022-yildagi O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati to‘g‘risida axborotini shakllantirishda keng foydalanilgan (Markazning 2025-yil 16-apreldagi 01/411-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar 2022-yilda O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishi borasidagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni falsafiy asoslash va amaliyotga joriy etishga xizmat qilgan;
Ayollar harakatining tarixi va faolligi, faqat ijtimoiy-huquqiy tenglikka erishish bilan cheklanib qolmasdan, balki gender siyosatining institutsional shakllanishi va unda ayollarning sub’ekt sifatida faol ishtirok etishida muhim mulohazaviy burilish nuqtasi bo‘lib xizmat qilishi, bandlik siyosatida genderlik yondashuvlarning joriy qilinishi, iqtisodiy tenglikni ta’minlash va mehnat bozorida diskriminasiyani kamaytirishning funksional mexanizmi sifatida, aholi bandligini strategiyaviy boshqarishning yangi paradigmasini yaratishni taqozo qilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-yil 14-aprel kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining III. Oilani mustahkamlash, ayollar va yoshlarga munosib sharoitlar yaratish bobining 3.1. Oila instituti va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda 3.2. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida keltirilgan vazifalarga mos keladi (“Milliy tiklanish” demokratik rartiyasining 2025-yil 14-apreldagi 02/02-36-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini tizimli tashkil etishga xizmat qilgan.