Xodjaev Dilshodxuja Xamidullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anoftal`mik sindromli bemorlarni reabilitatsiyasiga kompleks yondashish va O‘zbekiston Respublikasida ko‘zni protezlash xizmatini takomillashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib844.
Ilmiy rahbar: Yusupov Azamat Farxadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ihtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Buzrukov Batir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimova Zulxumor Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Pelin Kaynak tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anoftalmik sindromli bemorlarni jarrohlik va ijtimoiy reabilitatsiya qilishga nisbatan kompleks yondashuvni ishlab chiqish hamda ko‘z protezlash xizmatining holati bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarini inobatga olgan holda ushbu xizmatni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mamlakatimizda ko‘z protezlash xizmati holatining kompleks tahlilida, uning tarkibiy, kadrlar va tashkiliy kamchiliklari, shuningdek, anoftalm bilan xastalangan bemorlarni samarali tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tartibi ishlab chiqilgan;
anoftal`m bilan xastalangan bemorlarni davolash jarayonida oftal`moplastik, yuz-jag‘ jarrohi, 3D-texnologiya bo‘yicha mutaxassis va ko‘z protezini modelini moslashtirishda, anoftal`mik orbitali bemorlarning reabilitatsiyasining samaradorligini morfometrik, funksional, estetik va psixosotsial mezonlarga asoslangan xolda baholash omillarining o‘rni asoslangan;
anoftal`mik orbitani rekonstruksiya qilishda uning biriktiruvchi va suyak to‘qimalarining anatomik holati va xajmini tiklash reabilitatsiya sifatini ishonchli darajada ko‘tarishi va o‘z navbatida bemorlarni sotsial moslashuvi darajasini oshirishi isbotlangan; 
ilk bor yumshoq to‘qimalar va suyak tuzilmalarining holatini hisobga olgan holda anoftal`mli orbitaning anatomik va funksional o‘zgarishlarining tasniflash orqali klinik  ko‘rinishni ob’ektivlashtirish, jarrohlik muolajasi va protezlash taktikasini asosli tanlash imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anoftalmik sindrom: tushunchalar, O‘zbekistondagi muammoning hozirgi holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 sentyabrdagi 24/37-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor mamlakatimizda ko‘z protezlash xizmati holatining kompleks tahlilida, uning tarkibiy, kadrlar va tashkiliy kamchiliklari, shuningdek, anoftalm bilan xastalangan bemorlarni samarali tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tartibi ishlab chiqilgan. Mazkur natijalar «Anoftalm bilan xastalangan bemorlarning hayot sifatini murakkab jarrohlik reabilitatsiyadan oldin va keyin baholash» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi  ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 23 apreldagi 11-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va «Orbita va ko‘z yondosh to‘qimalarida katta darajadagi o‘zgarishlar bo‘lgan buftalmli bemorlarni jarrohlik reabilitatsiyasiga kompleks yondashuv» (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 23 apreldagi 10-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.07.2024 yil 73-A/F-sonli va 27.07.2024 yil 74-A/F-sonli buyruqlar) va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi  Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi (29.08.2024 yil 33-P-sonli va 30.08.2024 yil 34-P-sonli buyruqlar) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘z proteziga muhtoj bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash va ko‘zni protezlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasini baholash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: anoftalmiya sindromi bo‘lgan bemorning o‘zini o‘zi baholash darajasini oshirib, bu usul uning tezroq ishga joylashish ehtimolini oshiradi. Xulosa: bu usul turli genezli anoftalmda ko‘rish a’zosining holatini to‘g‘ri tiklashga erishish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: anoftal`m bilan xastalangan bemorlarni davolash jarayonida oftal`moplastik, yuz-jag‘ jarrohi, 3D-texnologiya bo‘yicha mutaxassis va ko‘z protezini modelini moslashtirishda, anoftal`mik orbitali bemorlarning reabilitatsiyasining samaradorligini morfometrik, funksional, estetik va psixosotsial mezonlarga asoslangan xolda baholash omillarining o‘rni asoslangan Ushbu algoritm kadrlar tayyorlashning ikki bosqichli tizimini (okulist shifokorlar va tibbiy texniklar) shakllantirish, “Standart ko‘z protezlaridan foydalanib anoftalmik orbitali bemorlarni protezlash” milliy klinik protokolini yaratish hamda markazlashtirilgan ta’minot tizimiga ega bo‘lgan beshta mintaqaviy oftalmoprotezlash markazlari tarmog‘ini tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Mazkur natijalar “Anoftalm bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini murakkab jarrohlik reabilitatsiyadan oldin va keyin baholash” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi  ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 23 apreldagi 11-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va “Orbita va ko‘z yondosh to‘qimalarida katta darajadagi o‘zgarishlar bo‘lgan buftalmli bemorlarni jarrohlik reabilitatsiyasiga komplek yondashuv” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 23 apreldagi 10-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.07.2024 yil 73-A/F-sonli va 27.07.2024 yil 74-A/F-sonli buyruqlar) va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi  Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi (29.08.2024 yil 33-P-sonli va 30.08.2024 yil 34-P-sonli buyruqlar) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatga moslashtirish, mehnat bozoridagi faol ishtirokini ta’minlash imkoni yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: xorijiy protezlarga bog‘liqlik qisqaradi, mahalliy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tizimi rivojlanadi. Xulosa: bemorlarning hayot sifati, ijtimoiy faolligi va teng imkoniyatlarini tiklash orqali jamiyatning ijtimoiy barqarorligini mustahkamlash imkoninin yaratadi.
uchinchi ilmiy yangilik: anoftal`mik orbitani rekonstruksiya qilishda uning biriktiruvchi va suyak to‘qimalarining anatomik holati va xajmini tiklash reabilitatsiya sifatini ishonchli darajada ko‘tarishi va o‘z navbatida bemorlarni sotsial moslashuvi darajasini oshirishi isbotlangan. Mazkur natijalar “Anoftalm bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini murakkab jarrohlik reabilitatsiyadan oldin va keyin baholash” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi  ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 23 apreldagi 11-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va “Orbita va ko‘z yondosh to‘qimalarida katta darajadagi o‘zgarishlar bo‘lgan buftalmli bemorlarni jarrohlik reabilitatsiyasiga komplek yondashuv” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 23 apreldagi 10-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.07.2024 yil 73-A/F-sonli va 27.07.2024 yil 74-A/F-sonli buyruqlar) va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi  Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi (29.08.2024 yil 33-P-sonli va 30.08.2024 yil 34-P-sonli buyruqlar) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: protezlash xizmatlarining hududlar bo‘yicha adolatli taqsimlanishi va barcha aholi qatlamlariga etib borishi ta’minlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: mahalliy ishlab chiqarish yoki import o‘rnini bosuvchi dasturlarni rejalashtirish orqali aholi manfaati himoya qilinadi. Xulosa: aholining ehtiyojlariga mos, teng va adolatli protezlash xizmatini tashkil etish imkoniyati yaratiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor yumshoq to‘qimalar va suyak tuzilmalarining holatini hisobga olgan holda anoftal`mli orbitaning anatomik va funksional o‘zgarishlarining tasniflash orqali klinik  ko‘rinishni ob’ektivlashtirish, jarrohlik muolajasi va protezlash taktikasini asosli tanlash imkonini berishi isbotlangan. Mazkur natijalar “Anoftalm bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini murakkab jarrohlik reabilitatsiyadan oldin va keyin baholash” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi  ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 23 apreldagi 11-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) va “Orbita va ko‘z yondosh to‘qimalarida katta darajadagi o‘zgarishlar bo‘lgan buftalmli bemorlarni jarrohlik reabilitatsiyasiga komplek yondashuv” (Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 23 apreldagi 10-son Ekspert Kengashi tomonidan tasdiqlangan) uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.07.2024 yil 73-A/F-sonli va 27.07.2024 yil 74-A/F-sonli buyruqlar) va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi  Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi (29.08.2024 yil 33-P-sonli va 30.08.2024 yil 34-P-sonli buyruqlar) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bemorning natijani baholash jarayonida bevosita ishtirok etishi uning jamiyatga psixologik, ijtimoiy moslashuvi sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: anoftal`m bilan bemorlarda uzoq natijalarning yaxshilanishi ular ish qobiliyatining tez tiklanishiga imkon beradi. Xulosa: ushbu natijalar jarrohlik davolash va keyingi ko‘z protezlash natijalarini sifatli baholash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish