Karimova Marxabo Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Don va dukkakli em-xashak ekinlarini qo‘shib ekish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish (Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1066.
Ilmiy rahbar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot insituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Maxmudov O‘tkir Haydarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida tritikale, arpa va vika ekinlarini qo‘shib ekishda urug‘ ekish me’yori va nisbatlarini o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida arpa, tritikale va vika ekinlarini qo‘shib ekishda urug‘ ekish me’yorlari va nisbatlarini hosildorlikni oshirishdagi samaradorligi aniqlangan;
arpa, vika va tritikale ekinlarini qo‘shib ekishda maqbul urug‘ ekish me’yorlari va nisbatlarini qo‘llanilishi o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, quruq massa to‘plashi, barg yuzasining shakllanishi, hosildorligi va donining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
arpa, vika va tritikale ekinlarini turli urug‘ ekish me’yorlari va nisbatlarida qo‘shib ekilishi hisobiga o‘simliklarning er ustki massasi va ildiz tizimini shakllanishi ekinlarni o‘zini sof holda ekilganga nisbatan yuqori bo‘lishi, bir tup o‘simlikda aksincha kamayib borishi aniqlangan;
em-xashak ekinlarini qo‘shib ekishda maqbul urug‘ ekish me’yorlari va nisbatlarini qo‘llanilishi don hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tritikale bilan vikani qo‘shib ekilganda tritikale o‘simligini o‘zi ekilgan variantga nisbatan 6,1-9,7 s/ga, arpa bilan vikani qo‘shib ekilganda arpa o‘simligini o‘zi ekilgan variantga nisbatan 4,0-7,1 s/ga, vika bilan arpani qo‘shib ekilganda esa arpa o‘simligini o‘zi ekilgan variantga nisbatan 3,1-5,4 s/ga miqdorida yuqori don hosili olinganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arpa, tritikale va vika ekinlarini qo‘shib ekishda urug‘ ekish me’yorlari va nisbatlarini hosildorlikka ta’sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Fermer xo‘jaliklari uchun “Em-xashak ekinlarini qo‘shib ekish bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi №05/05-03-283-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Andijon viloyatidagi fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
arpa, tritikale va vika ekinlarini em-xashak ekini sifatida qo‘shib ekishda urug‘ ekish me’yorlari va nisbatlarini qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 17,0 gektar, jami 29,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi №05/05-03-283-son ma’lumotnomasi). Natijada, arpa, vika va tritikale ekinlarini turli urug‘ ekish me’yorlari va nisbatlarda ekilishi don va poya hosildorligini ekinlarni o‘zini sof holda ekilganga nisbatan ortib borganligi aniqlanib, tritikale bilan vikani qo‘shib (150 kg/ga tritikale+75 kg/ga vika (2:1)) ekilganda tritikale o‘simligini o‘zi ekilgan variantga nisbatan 9,0 s/ga don va 17,8 s/ga poya, vika bilan tritikaleni qo‘shib (120 kg/ga vika+60 kg/ga tritikale (2:1)) ekilganda 7,1 s/ga don va 15,0 s/ga poya, arpa bilan vikani qo‘shib (150 kg/ga arpa +75 kg/ga vika (2:1)) ekilganda arpa o‘simligini o‘zi ekilganga nisbatan 6,5 s/ga don va 13,2 s/ga poya, vika bilan arpani qo‘shib ekilganda esa 4,5 s/ga don va 9,8 s/ga poya hosili olinib, rentabellik darajasi 68,3-121,2 % ga yuqori bo‘lgan;
arpa, tritikale va vika ekinlarini em-xashak ekini sifatida qo‘shib ekishda urug‘ ekish me’yorlari va nisbatlarini qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatining Andijon tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 12,0 gektar, jami 29,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 14 iyuldagi №05/05-03-283-son ma’lumotnomasi). Natijada, arpa, vika va tritikale ekinlarini turli urug‘ ekish me’yorlari va nisbatlarda ekilishi don va poya hosildorligini ekinlarni o‘zini sof holda ekilganga nisbatan ortib borganligi aniqlanib, tritikale bilan vikani qo‘shib (150 kg/ga tritikale+75 kg/ga vika (2:1)) ekilganda tritikale o‘simligini o‘zi ekilgan variantga nisbatan 9,0 s/ga don va 16,5 s/ga poya, vika bilan tritikaleni qo‘shib (120 kg/ga vika+60 kg/ga tritikale (2:1)) ekilganda 6,6 s/ga don va 13,8 s/ga poya, arpa bilan vikani qo‘shib (150 kg/ga arpa +75 kg/ga vika (2:1)) ekilganda arpa o‘simligini o‘zi ekilganga nisbatan 5,9 s/ga don va 12,7 s/ga poya, vika bilan arpani qo‘shib ekilganda esa 4,1 s/ga don va 9,2 s/ga poya hosili olinib, rentabellik darajasi 65,4-115,3 % ga yuqori bo‘lgan.