Mo‘minov Abduvali Akbaralievichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy sharoitga mos hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan soya navlarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Qx202.
Ilmiy maslahatchi: Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: soyaning “Hosildor” navi (NAP 486), “Olmos” navi (NAP 545), “Zamin” navi (NAP 546).
II. Tadqiqotning maqsadi yakka tanlash usuli orqali sug‘oriladigan tuproqlar sharoitida asosiy ekin sifatida etishtirishga mos, o‘rtapishar, serhosil, don tarkibida oqsil va moy miqdori yuqori bo‘lgan hamda mexanizatsiya bilan yig‘ishtirishga mos bo‘lgan Glysine hispida L. turiga mansub soya navlarini yaratish, birlamchi urug‘chiligini tashkil etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Glysine hispida L. turiga mansub asosiy ekin sifatida etishtirishga mos, o‘rtapishar, kasalliklarga bardoshli, serhosil, don tarkibida oqsil va moy miqdori yuqori hamda mexanizatsiya usulida yig‘ishtirishga mos yakka tanlash usuli asosida “Hosildor”, “Olmos”, “Zamin” soya navlari yaratilgan va Intellektual mulk agentligi tomonidan yangiligi tasdiqlanib NAP 486, NAP 545, NAP 546 raqamli patentlar berilgan; 
soyaning o‘rtapishar “Hosildor” navini kasalliklarga bardoshliligi, mahsuldorligi, don tarkibida oqsil va moy miqdori yuqori ekanligi hamda mexanizatsiya usulida yig‘ishtirishga mosligi isbotlangan va ushbu nav Respublikamizning Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining kam sho‘rlangan tuproqlari sharoitida etishtirilganda hosildorligi 30,9-31,8 s/ga bo‘lib, rayonlashgan navlarga nisbatan 4,0-4,6 s/ga yuqoriligi bilan boshqa navlardan ustunligi tasdiqlangan; 
soyaning o‘rtapishar “Zamin” navining kasalliklarga bardoshliligi, mahsuldorligi, don tarkibida oqsil va moy miqdori yuqori ekanligi hamda mexanizatsiya usulida yig‘ishtirishga mosligi isbotlangan va ushbu nav Respublikamizning Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining kam sho‘rlangan tuproqlari sharoitida etishtirilganda hosildorligi 30,6-31,1 s/ga bo‘lib, rayonlashgan navlarga nisbatan 3,3-4,3 s/ga yuqoriligi bilan boshqa navlardan ustunligi tasdiqlangan; 
soyaning o‘rtapishar “Olmos” navini kasalliklarga bardoshliligi, mahsuldorligi, don tarkibida oqsil va moy miqdori yuqori ekanligi hamda mexanizatsiya usulida yig‘ishtirishga mosligi isbotlangan va Respublikamizning Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining kam sho‘rlangan tuproqlari sharoitida etishtirilganda hosildorligi 29,8-30,7 s/ga bo‘lib, rayonlashgan navlarga nisbatan 2,9-3,5 s/ga yuqoriligi bilan boshqa navlardan ustunligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi yaratilgan ertapishar yuqori hosilli, donining tarkibida oqsil, kleykovina miqdori yuqori navlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida:
soyaning yangi yaratilgan “Hosildor”, “Zamin”, “Olmos” navlariga Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga NAP 486, NAP 545, NAP 546 raqamli patentlar olingan hamda “Hosildor” navi 2022 yilda, “Zamin”, “Olmos” navlari 2023 yilda Davlat reestriga kiritilib joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/04-04-629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori hosilli, oqsil, moy miqdori yuqori bo‘lgan “Hosildor”, “Zamin”, “Olmos” navlari Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha ishlab chiqarish sinovidan o‘tib, andoza navga nisbatan “Hosildor” navidan o‘rtacha 4,0-4,6 sentner (10,9-12,3 foiz), “Zamin” navidan o‘rtacha 3,3-4,3 sentner (9,0-11,3 foiz), “Olmos” navidan o‘rtacha 2,9-3,5 sentner (7,9-9,2 foiz) qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
“Hosildor”, “Zamin”, “Olmos” navlari 2024 yilda Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida 16,1 gektar, Furqat tumanida 21,5 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/04-04-629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Hosildor” navi ekilgan maydondan o‘rtacha 31,6 s/ga don hosili olingan bo‘lib, viloyatda ekib kelinayotgan o‘rtapishar andoza soya naviga nisbatan o‘rtacha 4,3 s/ga yuqori hosildorlikka erishilib, rentabellik 70,0 % ga,  “Zamin” navidan o‘rtacha 30,9 s/ga don hosili olinib, viloyatda ekib kelinayotgan o‘rtapishar andoza soya naviga nisbatan o‘rtacha 3,6 s/ga yuqori hosildorlikka erishilib, rentabellik o‘rtacha 66,5 % ga,  “Olmos” navidan o‘rtacha 30,5 s/ga don hosili olinib, viloyatda ekib kelinayotgan o‘rtapishar andoza soya naviga nisbatan o‘rtacha 3,2 s/ga yuqori hosildorlikka erishilib, rentabellik o‘rtacha 64,9 % ni tashkil etgan;
“Hosildor”, “Zamin”, “Olmos” navlari Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 28,1 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridag Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/04-04-629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Hosildor” navi ekilgan maydondan o‘rtacha 30,9 s/ga don hosili olinib, viloyatda ekib kelinayotgan o‘rtapishar andoza soya naviga nisbatan o‘rtacha 4,6 s/ga yuqori hosildorlikka erishilib, rentabellik o‘rtacha 68,2 % ni,  “Zamin” navidan o‘rtacha 30,6 s/ga don hosili olinib, viloyatda ekib kelinayotgan o‘rtapishar andoza soya naviga nisbatan o‘rtacha 4,3 s/ga yuqori hosildorlikka erishilib, rentabellik o‘rtacha 65,6 % ga,  “Olmos” navidan o‘rtacha 29,8 s/ga don hosili olinib, viloyatda ekib kelinayotgan o‘rtapishar andoza soya naviga nisbatan o‘rtacha 3,5 s/ga yuqori hosildorlikka erishilib, rentabellik o‘rtacha 63,2 % ga erishish imkonini bergan.
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti markaziy tajriba xo‘jaligida “Hosildor”, “Zamin” va “Olmos” navlarining birlamchi urug‘chiligi tashkil qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridag Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/04-04-629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2026 yil hosili uchun “Hosildor” navidan 4550 kg, “Zamin” navidan 2985 kg, “Olmos” navidan 2930 kg miqdorda ikkinchi yil ko‘paytirish ko‘chatzori urug‘liklari tayyorlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish