Otamuratova  Nargiza Xasandjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Klinik ahamiyatga ega bo‘lgan mikroorganizmlarning antibiotiklarga rezistentligini epidemiologik monitoring qilish va mikroblarga qarshi dori vositalariga chidamlilik nazoratini tashkil etish», 14.00.30 - Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1. DSc/Tib816.
Ilmiy maslahatchi: Abduxalilova Gulnora Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori; Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: V.Yu. Axundov nomli Ozarbayjon tibbiy profilaktika ilmiy-tadqiqot instituti (Ozarbayjon Respublikasi).
 Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik ahamiyatga ega bo‘lgan mikroorganizmlarning antibiotiklarga rezistentligini epidemiologik monitoringi va mikroblarga qarshi dori vositalariga chidamlilik nazoratini tashkil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor turli infeksiyalar bilan kasallangan bemorlardan ajratib olingan Escherichia coli (49,0%), Klebsiella pneumoniae (16,1%) va Staphylococcus aureus (24,0%) mikroorganizmlarining antimikrob vositalarga chidamliligini ortishini kamaytirishda  epidemiologik nazoratini  ahamiyati asoslangan;
ilk bor 43,5% uropatogen Escherichia coli ning antimikrob vositalarga nisbatan mul`trezistent shtammlarining uchrashi, mikroorganizmda AMP / AMC / CTX / GAZ / FEP / TZP / AMK / GEN / CIP / LVX / MFX / NOR fenotipi ustunlik qilgani xisobiga ekanligi isbotlangan;
ilk bor bemorlardan ajratib olingan Klebsiella pneumoniae shtammlarining karbapenemlar sinfiga mansub antimikrob vositalarga chidamliligi (30,2%) yuqori darajada ekanligi sababli empirik davoda ushbu vositalarni qo‘llamaslik asoslangan;
ilk bor nafas yo‘llari infeksiyalari bilan kasalangan bolalardan ajratilgan Staphylococcus aureus shtammlarini ERY/CLI kombinatsiyasiga yuqori rezistentligi (84%) empirik davoda makrolidlarni ko‘p qo‘llash sababli uchrashi asoslangan;
 davolash-profilaktika muassasalarida lokal antibiotikogrammalar va empirik antibiotikoterapiyani tanlash bo‘yicha personallashtirilgan tavsiyalarning klinik ahamiyatga ega mikroorganizmlarni antibiotiklarga chidamlilikni ortishini kamaytirish uchun muhimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 07 oktyabr` 2025 yil № 26/4-sonli yig‘lish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: turli infeksiyalar bilan kasallangan bemorlardan ajratib olingan klinik ahamiyatga ega Escherichia coli (49,0%), Klebsiella pneumoniae (16,1%) va Staphylococcus aureus (24,0%) mikroorganizmlarining tarqalishi va antibiotiklarga chidamliligi antimikrob vositalarga chidamliligini ortishini kamaytirishda  epidemiologik nazoratini  ahamiyati asoslanganligi axborot raqamli texnologiyalaridan foydalanish bilan birgalikda takliflar Respublikasi Sanitariya‑epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan 2024 yil 24 sentyabrda 02248496-son bilan tasdiqlangan «Mikroorganizmlarning mikroblarga qarshi dori vositaliriga chidamliligini epidemiologik nazorat qilish bo‘yicha WHONET (ma’lumotlar bazasi) dasturini joriy qilish» tavsiyanomalarda aks ettirilgan. Mazkur takliflar Qashqadaryo viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy‑amaliy tibbiyot markazi filiali 2025 yil 7 yanvarda buyrug‘i 2T-son, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Beruniy tumani bulimi 2025 yil 6 yanvarda buyrug‘i 1-son bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy‑texnik kengashining 07 oktyabr` 2025 yil №26/4-sonli). Ijtimoiy samaradorligi: Antibiotikorezistentlikni epidemiologik monitoring qilish tizimini joriy etish natijasida mikroblarga qarshi dori vositalarga ko‘p karrali chidamlilikka ega bo‘lgan epidemiologik ahamiyatga ega infeksiya qo‘zg‘atuvchilari aniqlandi. Bu esa infeksion nazoratni kuchaytirish, rezistent shtammlar tufayli yuzaga keladigan infeksiyalarning tarqalishini oldini olish, bemorlarning erta sog‘ayishini ta’minlash, asoratlar, nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qildi. WHONET dasturini epidemiologik ahamiyatga ega ma’lumotlarni tahlil qilishda qo‘llash orqali ushbu natijalarga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: WHONET dasturini joriy etish oqilona antibakterial terapiyani belgilashda aniqlikni oshirish, davolash xarajatlarini kamaytirish va statsionarda davolanish muddatini qisqartirish imkonini yaratdi. Shuningdek, har bir bemorni davolash kursi uchun o‘rtacha 726 000 so‘mni tejash imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor 43,5% uropatogen Escherichia coli ning antimikrob vositalarga nisbatan mul`trezistent shtammlarining uchrashi, mikroorganizmda AMP / AMC / CTX / GAZ / FEP / TZP / AMK / GEN / CIP / LVX / MFX / NOR fenotipi ustunlik qilgani xisobiga ekanligi isbotlanganligi, standartlashtirilgan diagnostika resurslari orqali mikroorganizmlarni identifikatsiya qilish va ularning sezgirligini aniqlash testlarini qo‘llab, rezistent shtammlarni aniqlash bo‘yicha takliflar Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan 2024 yil 24 sentyabrda 02248496-son bilan tasdiqlangan «Mikroorganizmlarning mikroblarga qarshi dori vositaliriga chidamliligini epidemiologik nazorat qilish bo‘yicha WHONET (ma’lumotlar bazasi) dasturini joriy qilish» «Mikroorganizmlarni mikroblarga qarshi preparatlarga sezgirligini disk-diffuziya usuli bilan aniqlashning minimal standartlari» tavsiyanomalarda aks ettirilgan. Mazkur takliflar Qashqadaryo viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy‑amaliy tibbiyot markazi filiali 2025 yil 7 yanvarda buyrug‘i 2T-son, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Beruniy tumani bulimi 2025 yil 6 yanvarda buyrug‘i 1-son bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy‑texnik kengashining 07 oktyabr` 2025 yil №26/4-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rezistent shtammlarni aniqlash maqsadida standartlashtirilgan diagnostik usullarni qo‘llash va amaliyotga joriy etish test natijalarining ishonchliligi va takrorlanishini oshirishga imkon berdi, diagnostikada xatolar ulushini kamaytirishga, epidemiologik ahamiyatga ega bo‘lgan shtammlarni o‘z vaqtida aniqlash va tarqalishini cheklashga, shuningdek, antimikrob vositalarni o‘z vaqtida va aniq tanlash orqali klinik qarorlar sifatini yaxshilashga imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: rezistent shtammlar bilan kasallangan bemorlarni davolashning o‘rtacha xarajati 3210369 so‘mni, sezgir shtammlar bilan kasallangan bemorlarniki esa 2055237 so‘mni tashkil etgan holda, har bir bemorga to‘g‘ri keladigan byudjet xarajatlarini 1155132 so‘mga kamaytirish tejash imkonini bergan. Bu orqali ortiqcha antimikrob vositalarni samarasiz qo‘llashning oldi olindi va kasalxonada yotish muddati qisqartirii imkonini bergan. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor bemorlardan ajratib olingan Klebsiella pneumoniae shtammlarining karbapenemlar sinfiga mansub antimikrob vositalarga chidamliligi (30,2%) yuqori darajada ekanligi sababli empirik davoda ushbu vositalarni qo‘llamaslik asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublikasi Sanitariya‑epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan 2024 yil 24 sentyabrda 02248496-son bilan tasdiqlangan «Mikroorganizmlarning mikroblarga qarshi dori vositaliriga chidamliligini epidemiologik nazorat qilish bo‘yicha WHONET (ma’lumotlar bazasi) dasturini joriy qilish» «Mikroorganizmlarni mikroblarga qarshi preparatlarga sezgirligini disk-diffuziya usuli bilan aniqlashning minimal standartlari» tavsiyanomalarda aks ettirilgan. Mazkur takliflar Qashqadaryo viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy‑amaliy tibbiyot markazi filiali 2025 yil 7 yanvarda buyrug‘i 2T-son, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Beruniy tumani bulimi 2025 yil 6 yanvarda buyrug‘i 1-son bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy‑texnik kengashining 07 oktyabr` 2025 yil №26/4-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi. Standartlashtirilgan diagnostik usullarni joriy etish test natijalarini ishonchli va takrorlanadigan qildi, xatolar ulushini kamaytirdi. Bu epidemiologik ahamiyatga ega shtammlarni o‘z vaqtida aniqlash va antimikrob preparatlarni to‘g‘ri tanlash orqali klinik qaror sifatiga ijobiy ta’sir qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Rezistent shtammli bemorni davolash o‘rtacha 3210369 so‘m, sezgir shtammli bemorniki 2055237 so‘m. Har bir bemor uchun 1155132 so‘m miqdorida tejash imkonini bergan, ortiqcha preparatlar qo‘llanilishi va gospitalizatsiya muddati qisqardi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor nafas yo‘llari infeksiyalari bilan kasalangan bolalardan ajratilgan Staphylococcus aureus shtammlarini ERY/CLI kombinatsiyasiga yuqori rezistentligi (84%) empirik davoda makrolidlarni ko‘p qo‘llash sababli uchrashi asoslanganligi axborot raqamli texnologiyalaridan foydalanish bilan birgalikda bo‘yicha takliflar Respublikasi Sanitariya‑epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan 2024 yil 24 sentyabrda 02248496-son bilan tasdiqlangan «Mikroorganizmlarning mikroblarga qarshi dori vositaliriga chidamliligini epidemiologik nazorat qilish bo‘yicha WHONET (ma’lumotlar bazasi) dasturini joriy qilish» tavsiyanomalarda aks ettirilgan. Mazkur takliflar Qashqadaryo viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy‑amaliy tibbiyot markazi filiali 2025 yil 7 yanvarda buyrug‘i 2T-son, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Beruniy tumani bulimi 2025 yil 6 yanvarda buyrug‘i 1-son bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy‑texnik kengashining 07 oktyabr` 2025 yil №26/4-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Rezistent shtammlarni aniqlash uchun standartlashtirilgan diagnostik usullarni joriy etish natijasida test natijalari ishonchliligi oshdi, diagnostik xatolar kamaydi va epidemiologik ahamiyatga ega shtammlarni o‘z vaqtida aniqlash imkoni yaratildi. Bu klinik qarorlarning aniqligini va antimikrob vositalarni tanlash samaradorligini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: WHONET dasturini joriy etish oqilona antibakterial terapiyani belgilashda aniqlikni oshirib, davolash xarajatlari va statsionarda qolish muddatini qisqartirdi. Har bir bemorni davolash kursi uchun o‘rtacha 726000 so‘mni tejash imkonini bergan. 
beshinchi ilmiy yangilik: davolash-profilaktika muassasalarida lokal antibiotikogrammalar va empirik antibiotikoterapiyani tanlash bo‘yicha personallashtirilgan tavsiyalarning klinik ahamiyatga ega mikroorganizmlarni antibiotiklarga chidamlilikni ortishini kamaytirish uchun muhimligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika Sanitariya‑epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan 2024 yil 24 sentyabrda 02248496-son bilan tasdiqlangan «Mikroorganizmlarning mikroblarga qarshi dori vositaliriga chidamliligini epidemiologik nazorat qilish bo‘yicha WHONET (ma’lumotlar bazasi) dasturini joriy qilish» tavsiyanomalarda aks ettirilgan. Mazkur takliflar Qashqadaryo viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy‑amaliy tibbiyot markazi filiali 2025 yil 7 yanvarda buyrug‘i 2T-son, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Beruniy tumani bulimi 2025 yil 6 yanvarda buyrug‘i 1-son bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy‑texnik kengashining № xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mahalliy antibiotikogrammalar E. coli, K. pneumoniae, S. aureus uchun mikroorganizmlar, biologik material va tibbiyot muassasasiga qarab ishlab chiqilgan bo‘lib, antimikrob terapiyani asosli ravishda belgilash, davolash samaradorligini oshirish, mikroorganizmlarning sezgirligini monitoring qilish va infeksiya nazorat tizimini mustahkamlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Lokal antibiotikogrammalarni joriy etish bir bemorni davolash xarajatlarini 1155132 so‘mga kamaytirish imkonini berdi, bu esa rezerv antibiotiklarini asoslangan qo‘llash orqali bemor va statsionar uchun moliyaviy yo‘qotishlarni qisqartish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish