Ishankulova Nilufar Feruzjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bez va bachadon tugunlarining klinik va diagnostik jihatlari, xavf omillari», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib3121.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Muratova Shaxlo Taxirjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Shamansuorova Zulayxo Miralimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon bez va bachadonda tugun hosil bo‘lishining birgalikda uchrashi holatlarini gormonal, morfologik va biomarker ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilish orqali xavf prediktorlarini aniqlash hamda klinik boshqaruvni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy patogenetik mexanizmlari, jumladan, autoimmun yallig‘lanishning faollashishi, gormonal nomutanosiblik, angiogenezning kuchayishi, tizimli yallig‘lanish reaksiyasi va metabolik buzilishlar asosida qalqonsimon bez va bachadonda tugun hosil bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan;
demografik, antropometrik, ultratovush (TIRADS, FIGO), gormonal (TTG, qalqonsimon bez va jinsiy gormonlar, autoantitanachalar), biomarker (VEGF-D, TNF-α, C-reaktiv oqsil) va korrelyasiya parametrlari birlashtirilgan bo‘lib, qalqonsimon bez va bachadon tugunlarining birikishi xavfini miqdoriy baholash asosida keng qamrovli prognostik algoritmi takomillashtirilgan; 
qo‘shma patologiyasi bo‘lgan bemorlarda kasallikning chastotasi tugunli patologiyaning izolyasiya qilingan shakllariga qaraganda 2-3 baravar yuqori bo‘lib, qo‘shma tugunli patologiyaning mustaqil patologik statusini tasdiqlaydigan tireoid va reproduktiv buzilishlar bilan yaqolroq tavsiflanishi isbotlangan;
qo‘shma tugunli patologiya rivojlanishining muhim klinik va diagnostik bashorat qiluvchi – yoshi ≥45 yosh, tana massasi indeksi ≥30 kg/m², VEGF-D >500 pg/ml, TNF-α >1,5 pg/ml, C-reaktiv oqsil >15 mg/l, estradiol darajasi >700 pmol/l va TPO antitanachalari >80 mME/l kabi prognostik omillar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qalqonsimon bez va bachadon tugunli hosilalari bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: umumiy patogenetik mexanizmlari, jumladan, autoimmun yallig‘lanishning faollashishi, gormonal nomutanosiblik, angiogenezning kuchayishi, tizimli yallig‘lanish reaksiyasi va metabolik buzilishlar asosida qalqonsimon bez va bachadonda tugun hosil bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 10 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez va bachadon tugunlarini erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIIATME bo‘yicha 10.07.2024 yildagi 195-son, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 04.07.2024 yildagi 79-u-son va Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 03.07.2024 yildagi 95/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/40-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ayollarda qalqonsimon bez va bachadon tugunli hosilalarini erta tashxislash vazifasi bilan skrining dasturlarini o‘tkazish orqali hududlarda ularni kelgusida takrorlanishi bo‘yicha tegishli amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorligi: klinik, vizualizatsion va gormonal ko‘rsatkichlarni tahlil qilish orqali faol skrining yo‘li bilan ayollarda qalqonsimon bez va bachadon tugunli hosilalarining mavjudligini erta bosqichlarda maqsadli izlash ushbu patologiyaning boshqa asoratlari o‘sishini kamaytirish tufayli bemorlarni erta bosqichida ambulatoriya sharoitida davolanishi natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanishi uchun sarflanadigan mablag‘ 3-5 barobar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: demografik, antropometrik, ultratovush (TIRADS, FIGO), gormonal (TTG, qalqonsimon bez va jinsiy gormonlar, autoantitanachalar), biomarker (VEGF-D, TNF-α, C-reaktiv oqsil) va korrelyasiya parametrlari birlashtirilgan bo‘lib, qalqonsimon bez va bachadon tugunlarining birikishi xavfini miqdoriy baholash asosida keng qamrovli prognostik algoritmi takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 10 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez va bachadon tugunlarini erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIIATME bo‘yicha 10.07.2024 yildagi 195-son, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 04.07.2024 yildagi 79-u-son va Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 03.07.2024 yildagi 95/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/40-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bezda, bachadonda assotsiatsiyalangan tugun hosil bo‘lish holatlarini aniqlash tufayli bemorlarda o‘ziga xos gormonal o‘zgarishlar aniqlandi va endokrin buzilishlar rivojlanish xavfini bashorat qilishning tegishli usullari ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘ziga xos gormonal o‘zgarishlarni aniqlash va ularning turli xil endokrinopatiyalar bilan bog‘liqligi endokrin buzilishlar rivojlanish xavfini bashorat qilishning tegishli usullarini ishlab chiqish orqali neyroendokrin asoratlarni oldini olish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanishi uchun sarflanadigan mablag‘ 2-4 barobar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: qo‘shma patologiyasi bo‘lgan bemorlarda kasallikning chastotasi tugunli patologiyaning izolyasiya qilingan shakllariga qaraganda 2-3 baravar yuqori bo‘lib, qo‘shma tugunli patologiyaning mustaqil patologik statusini tasdiqlaydigan tireoid va reproduktiv buzilishlar bilan yaqolroq tavsiflanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 10 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez va bachadon tugunlarini erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIIATME bo‘yicha 10.07.2024 yildagi 195-son, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 04.07.2024 yildagi 79-u-son va Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 03.07.2024 yildagi 95/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/40-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik, gormonal va MRT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida endokrin asoratlarni erta tashxislash algoritmini ishlab chiqish orqali uni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish zarurati isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: klinik, gormonal va boshqa ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan asoratlarni erta tashxislash algoritmi endokrinopatiya ma’lumotlarini samarali tashxislash va kompensatsiya qilish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishi orqali o‘sish gormoni etishmovchiligini oldini olish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanishi uchun sarflanadigan mablag‘ 7 barobar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qo‘shma tugunli patologiya rivojlanishining muhim klinik va diagnostik bashorat qiluvchi – yoshi ≥45 yosh, tana massasi indeksi ≥30 kg/m², VEGF-D >500 pg/ml, TNF-α >1,5 pg/ml, C-reaktiv oqsil >15 mg/l, estradiol darajasi >700 pmol/l va TPO antitanachalari >80 mME/l kabi prognostik omillar aniqlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 10 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Qalqonsimon bez va bachadon tugunlarini erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIIATME bo‘yicha 10.07.2024 yildagi 195-son, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 04.07.2024 yildagi 79-u-son va Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 03.07.2024 yildagi 95/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/40-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bez va bachadonda assotsiatsiyalangan tugun hosil bo‘lishi rivojlanishining xavf omillarini baholash tufayli biz ushbu uslubiy tavsiyalarni sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini darajasida keng joriy etish uchun ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mamlakatimizda erta endokrin buzilishlarni aniqlash bo‘yicha yangi innovatsion texnologiyalardan keng va doimiy foydalanish gipotalamo-gipofizar-periferik o‘qning yetakchi ko‘rsatkichlarini monitoring qilish natijalarining imkoniyatlari va samaradorligi sezilarli darajada oshirishi orqali. qalqonsimon bez va bachadon tugunli hosilalarining erta va kechki bosqichlarida gormonal buzilishlarni oldini olish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanishi uchun sarflanadigan mablag‘ 7 barobar iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish