Dinmuxammadiev Nurlan Aktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV bilan zararlangan bolalarda bronx-o‘pka patologiyasining xususiyatlari», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1908.
Ilmiy rahbar: Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV infeksiyasi bilan kasallangan bolalarda bronx-o‘pka patologiyaning xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
OIV-infeksiyali bolalarda bronxo-o‘pka patologiyasini klinik namoyon bo‘lishi 40%, hamda tashqi nafas funksiyasini baholash orqali aniqlangan surunkali o‘pka kasalligining 18,4% tashkil qilinishi aniqlangan; 
OIV-infeksiyali bolalarda surunkali o‘pka kasalligi mavjud va mavjud bo‘lmagan holatlardagi OIV bilan bog‘liq kasalliklarning anamnezidagi uchrash darajasi ishonarli darajada farqi bo‘lmaganligi, ammo anamnezida qizamiq o‘tkazgan va surunkali o‘pka kasalligi mavjudligi bilan bog‘liqligi asoslangan;
OIV-infeksiyali bolalarda surunkali o‘pka kasalligi mavjud va mavjud bo‘lmagan holatlardagi OIV infeksiyasining 3 va 4 klinik bosqichdagi bolalar uchrash darajasida farq bo‘lmaganligi, surunkali o‘pka kasalligi mavjud OIV-infeksiyali bolalarda CD4+limfotsitlar sonining ≤200 xuj/mkl hamda virus yuklamasining ≥ 1000 nusxa/ml ko‘proq uchrashi, CD4+limfotsitlar sonining dinamikada (1,5 yil) kamayishi isbotlangan;
OIV-infeksiyali bolalarda surunkali o‘pka kasalligi bilan yoshiga mos vaznning < 80%, ayol jinsi, OIV tasdiqlanganidan so‘ng retrovirusga qarshi davoni ≥ 1 yilda boshlanishi, retrovirusga qarshi davo sxemasida abakavir va/yoki tenofovir bo‘lishi, anamnezida qon yoki qon preparatlari quyilganligi ko‘proq uchrashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 maydagi 17-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: OIV-infeksiyali bolalarda bronxo-o‘pka patologiyasini klinik namoyon bo‘lishi 40%, hamda tashqi nafas funksiyasini baholash orqali aniqlangan surunkali o‘pka kasalligining 18,4% tashkil qilinishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya yuqumli va parazitar kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashda 01.05.2024 yil №1 n-r/44-son bilan tasdiqlangan «OIV-infeksiyali bolalarda bronx-o‘pka patologiyasining tashxisotini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bo‘yicha 15.05.2024 yildagi 47-P-son hamda Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bo‘yicha 18.05.2024 yildagi 26-son bo‘yruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 7-maydagi №17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: OIV infeksiyali bolalarda tashqi nafas olish funksiyasi buzilishi (surunkali bronx o‘pka patologiyasi) o‘z vaqtida tashxislash kasallikning surunkali bo‘lishining oldini olish va profilaktika choralarini o‘z vaqtida ko‘rish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tashqi nafas olish funksiyasi buzilishini (surunkali bronx o‘pka patologiyasi) erta tashxislash statsionar davolanayotgan OIV infeksiyali har bir bola uchun yotoq urin kunlarini va oziq-ovqat xarajatlarini tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: OIV-infeksiyali bolalarda surunkali o‘pka kasalligi mavjud va mavjud bo‘lmagan holatlardagi OIV bilan bog‘liq kasalliklarning anamnezidagi uchrash darajasi ishonarli darajada farqi bo‘lmaganligi, ammo anamnezida qizamiq o‘tkazgan va surunkali o‘pka kasalligi mavjudligi bilan bog‘liqligi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya yuqumli va parazitar kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashda 01.05.2024 yil №1 n-r/44-son bilan tasdiqlangan «OIV-infeksiyali bolalarda bronx-o‘pka patologiyasining tashxisotini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bo‘yicha 15.05.2024 yildagi 47-P-son hamda Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bo‘yicha 18.05.2024 yildagi 26-son bo‘yruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 7-maydagi №17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: OIV infeksiyali bolalarda tashqi nafas olish funksiyasi buzilishini (surunkali bronx o‘pka patologiyasi) anamnez tahlili asosida o‘z vaqtida tashxislash, kasallikning surunkali bo‘lishining oldini olish va profilaktika choralarini o‘z vaqtida ko‘rish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tashqi nafas olish funksiyasi buzilishini (surunkali bronx o‘pka patologiyasi) erta tashxislash statsionar davolanayotgan OIV infeksiyali har bir bola uchun yotoq urin kunlarini va oziq-ovqat xarajatlarini tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: OIV-infeksiyali bolalarda surunkali o‘pka kasalligi mavjud va mavjud bo‘lmagan holatlardagi OIV infeksiyasining 3 va 4 klinik bosqichdagi (KB) bolalar uchrash darajasida farq bo‘lmaganligi, surunkali o‘pka kasalligi mavjud OIV-infeksiyali bolalarda CD4+limfotsitlar sonining ≤200 xuj/mkl hamda virus yuklamasining ≥ 1000 nusxa/ml ko‘proq uchrashi, CD4+limfotsitlar sonining dinamikada (1,5 yil) kamayishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya yuqumli va parazitar kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashda 01.05.2024 yil №1 n-r/44-son bilan tasdiqlangan «OIV-infeksiyali bolalarda bronx-o‘pka patologiyasining tashxisotini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bo‘yicha 15.05.2024 yildagi 47-P-son hamda Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bo‘yicha 18.05.2024 yildagi 26-son bo‘yruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 7-maydagi №17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: OIV infeksiyali bolalarda tashqi nafas olish funksiyasi buzilishi (surunkali bronx o‘pka patologiyasi) CD4+ limfotsitlar sonini dinamikada kuzatish orqali o‘z vaqtida tashxislash, kasallikning surunkali bo‘lishining oldini olish va profilaktika choralarini o‘z vaqtida ko‘rish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tashqi nafas olish funksiyasi buzilishini (surunkali bronx o‘pka patologiyasi) erta tashxislash, statsionar davolanayotgan OIV infeksiyali har bir bola uchun yotoq urin kunlarini va oziq-ovqat xarajatlarini tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: OIV-infeksiyali bolalarda surunkali o‘pka kasalligi bilan yoshiga mos vaznning < 80%, ayol jinsi, OIV tasdiqlanganidan so‘ng RVQD ni ≥ 1 yilda boshlanishi, RVQD sxemasida abakavir va/yoki tenofovir bo‘lishi, anamnezida qon yoki qon preparatlari quyilganligi ko‘proq uchrashi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya yuqumli va parazitar kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ekspert kengashda 01.05.2024 yil №1 n-r/44-son bilan tasdiqlangan «OIV-infeksiyali bolalarda bronx-o‘pka patologiyasining tashxisotini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bo‘yicha 15.05.2024 yildagi 47-P-son hamda Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bo‘yicha 18.05.2024 yildagi 26-son bo‘yruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 7-maydagi №17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: OIV infeksiyali bolalarda tashqi nafas olish funksiyasi buzilishini (surunkali bronx o‘pka patologiyasi) RQVD boshlash vaqtini hamda sxemasini tahlili asosida o‘z vaqtida tashxislash, kasallikning surunkali bo‘lishining oldini olish va profilaktika choralarini o‘z vaqtida ko‘rish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tashqi nafas olish funksiyasi buzilishini (surunkali bronx o‘pka patologiyasi) erta tashxislash statsionar davolanayotgan OIV infeksiyali har bir bola uchun yotoq urin kunlarini va oziq-ovqat xarajatlarini tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish