Abidova Dildora Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipofiz adenomalarida bo‘sh turk egari sindromi : klinik -gormonal jixatlari va bemorlar hayot sifat darajasini baholash», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib4455.
Ilmiy rahbar: Xolikova Adliya Omonullaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Gulnara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamansurova Zulayxo Muralimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipofiz adenomasi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi bo‘sh turk egari sindromining (iBTES) klinik, gormonal va yallig‘lanish xususiyatlarini kompleks tavsiflash hamda gipopituitarizm va olib borilgan o‘rinbosar gormonal terapiya fonida bemorlarning hayot sifati darajasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor iBTES bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning turli bosqichlarida gormonal etishmovchilik xavfini aniqroq prognozlash imkonini beradigan gipofiz bezining balandligi va trop gormonlar darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning aniqlanishi gipopituitarizmni erta aniqlash uchun vizualizatsion usullarining (MRT, KT) diagnostik ahamiyatini ta’kidlashi isbotlangan;
yuqori prognoz aniqligini namoyon etadigan (AUC=0,873) va gipopituitarizmni rivojlanish xavfini miqdoriy baholash imkonini beradigan pangipopituitarizmni prognoz qilish uchun morfometrik, klinik, laboratoriya va yallig‘lanish belgilarini o‘z ichiga olgan multifaktorial modeli ishlab chiqilgan;
TNF-α va IL-6 yallig‘lanish sitokinlari darajasining oshishi bilan surunkali yallig‘lanishning gipofiz bezi barcha gormonlari kamayishida patomorfologik roli aniqlangan;
iIlk bor iBTES bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifat darajasi va olib borilgan davo samaradorligini ob’ektiv baholash uchun tasdiqlangan QoL-AGHDA so‘rovnomasidan foydalanish bemorlarning holatini kuzatish va davolashni korreksiya qilish imkoniyatlarini kengaytirishi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipofiz adenomalarida bo‘sh turk egari sindromi: klinik-gormonal jixatlari va bemorlar hayot sifat darajasini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor iBTES bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning turli bosqichlarida gormonal etishmovchilik xavfini aniqroq prognozlash imkonini beradigan gipofiz bezining balandligi va trop gormonlar darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning aniqlanishi gipopituitarizmni erta aniqlash uchun vizualizatsion usullarining (MRT, KT) diagnostik ahamiyatini ta’kidlashi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 4 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Ikkilamchi «bo‘sh» turk egari sindromi bo‘lgan bemorlarda hayot sifatini baholashda xalqaro QoL-AGHDA so‘rovnomasini joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi 79-T-son va Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi 22-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kompleks ravishda gipofiz adenomasi turi, gipofiz o‘lchami, kasallik davomiyligi va olinayotgan davolashga qarab BTES rivojlanish mexanizmlari va shakllanish xususiyatlarini kompleks baholash mazkur kasallikni har tomonlama qamrab olishga xizmat qiladi. Bu esa bemorlarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan kuzatish va davolashning yangi usullariga bo‘lgan imkoniyatlarini oshirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 7,5 mln so‘m byudjet mablag‘lari iBTES bo‘lgan bemorlarni to‘g‘ri yuritish orqali statsionar davolanishga ehtiyoj bo‘lmasligi hamda ular ambulator sharoitda kuzatilishi natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yuqori prognoz aniqligini namoyon etadigan (AUC=0,873) va gipopituitarizmni rivojlanish xavfini miqdoriy baholash imkonini beradigan pangipopituitarizmni prognoz qilish uchun morfometrik, klinik, laboratoriya va yallig‘lanish belgilarini o‘z ichiga olgan multifaktorial modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 4 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Ikkilamchi «bo‘sh» turk egari sindromi bo‘lgan bemorlarda hayot sifatini baholashda xalqaro QoL-AGHDA so‘rovnomasini joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi 79-T-son va Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi 22-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan ko‘p omilli model bemorlarning klinik-gormonal profili va yallig‘lanish faolligi darajasini hisobga olgan holda individual yondashuvni amalga oshirish imkonini beradi. Bu yuqori xavf guruhlarini erta aniqlash, o‘rnini bosuvchi gormonal terapiyani boshlash muddatlarini optimallashtirish va ifodalangan pangipopituitarizmning oldini olishga xizmat qiladi. Ushbu modelni amaliyotga joriy etish klinik natijalarni yaxshilaydi, davolash samaradorligini oshiradi va og‘ir endokrin etishmovchilik namoyon bo‘lishining oldini olish orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan yiliga o‘rtacha 2,5-5,0 mln so‘m byudjet mablag‘lari klinik-laborator va yallig‘lanish markerlari kombinatsiyasi asosida ishlab chiqilgan pangipopituitarizmni prognozlash bo‘yicha ko‘p omilli model individual gormon etishmovchiligi rivojlanish xavfini miqdoriy baholash, tashxis va davolash samaradorligini oshirish, og‘ir asoratlar sonini kamaytirish hamda iBTES bo‘lgan bemorlarni iqtisodiy jihatdan maqbul boshqarish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: TNF-α va IL-6 yallig‘lanish sitokinlari darajasining oshishi bilan surunkali yallig‘lanishning gipofiz bezi barcha gormonlari kamayishida patomorfologik roli aniqlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 4 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Ikkilamchi «bo‘sh» turk egari sindromi bo‘lgan bemorlarda hayot sifatini baholashda xalqaro QoL-AGHDA so‘rovnomasini joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi 79-T-son va Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi 22-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: iBTES bo‘lgan bemorlarda TNF-α va IL-6 darajalarini aniqlash va miqdori o‘zgarishini kuzatish yallig‘lanish orqali yuzaga keladigan gipopituitarizm rivojlanishini ertaroq aniqlash imkonini beradi, bu esa o‘z vaqtida yallig‘lanishga qarshi va o‘rin bosuvchi gormonal terapiyani tayinlashga yordam beradi. Bu gormonal buzilishlarning og‘irligini kamaytirish, umumiy holatni yaxshilash, kognitiv funksiyalarni tiklash va bemorlar hayot sifatini yaxshilashni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan yiliga o‘rtacha 1,8-4,2 mln so‘m byudjet mablag‘lari iBTES bo‘lgan bemorlarda gipofiz bezi faoliyatini pasaytirishda asosiy omil sifatida surunkali yallig‘lanishning va TNF-α hamda IL-6 darajasining ortishi roli aniqlanishi orqali erta davo muolajalarini tavsiya qilish, asoratlarning oldini olish, davolash samaradorligini oshirish hamda tibbiy va ijtimoiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor iBTES bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifat darajasi va olib borilgan davo samaradorligini ob’ektiv baholash uchun tasdiqlangan QoL-AGHDA so‘rovnomasidan foydalanish bemorlarning holatini kuzatish va davolashni korreksiya qilish imkoniyatlarini kengaytirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 4 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Ikkilamchi «bo‘sh» turk egari sindromi bo‘lgan bemorlarda hayot sifatini baholashda xalqaro QoL-AGHDA so‘rovnomasini joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.H.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi 79-T-son va Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 12.05.2025 yildagi 22-U-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: iBTES bo‘lgan va STG etishmovchiligi aniqlangan bemorlarda gen-injeneriya orqali ishlab chiqarilgan o‘sish gormonini o‘z vaqtida tayinlash katta amaliyot ahamiyatiga ega. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 7 mln so‘m byudjet mablag‘lari gipofiz adenomasi va STG etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda QoL-AGHDA xalqaro so‘rovnomasi orqali baholash va tekshirish iBTES asoratlarini dastlabki bosqichlarda aniqlash natijasida iqtisod qilinadi.