Burxanova Mavjuda Bekbutaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilada ota-ona va farzandlar munosabatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/1255.
Ilmiy rahbar: Salamova Guli Shodimuradovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: U.D.Qodirov psixologiya fanlari doktori, (DSc) professor; N.X.Lutfullaeva, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada ota-ona va farzandlar munosabatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tasniflash asnosida zarur amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
verbalizasiya, g‘amxo‘rlik, hissiy anglash, bolaning faolligini rivojlantirishga intilish bilan bog‘liq qadriyatli munosabatlarning dominatligiga ko‘ra oilalarda farzandlarni yordam so‘rashi, qayg‘u va xursandchilikni bo‘lishishi, sirini aytishi, maslahat olishi singari murakkab vaziyatlarda adekvat va teng taqsimlangan funksional rollarni idrok qilishi asosida ota-ona, do‘stlar, o‘qituvchi, siblinglarga munosabatlarning ijtimoiy faollik bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi aniqlangan;
o‘smirda infantilizmning namoyon bo‘lishi ota-ona tarbiyasining ishonchsizligi, er-xotin nizolarining bola tarbiyasiga ta’sir etishi, bolani yo‘qotish fobiyasi, oilada talabning, ta’qiqning, jazoning ko‘pligi tufayli onaning mustaqilligini yo‘qligi bilan aloqador ekanligi isbotlangan;
erkak va ayolning farzandga munosabatidagi differensial farqlarga ko‘ra oila tipi va tarbiyaga nisbatan qadriyatli munosabatning ta’siriga asoslanib otalarda og‘zaki ko‘rinishdagi rag‘batlantirish, suhbat, bolaning faolligini rivojlantirishga, onalarda esa hamkorlikka o‘zaro teng munosabatlarga intilishning yuqoriligi aniqlangan;
oilaning psixologik farovonligini ta’minlovchi model ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi bola erkinligiga yo‘naltirilgan munosabatlarni ifodalovchi qadriyatlarga muvofiq “muloqotga ochiq bo‘lish”, “birgalikda vaqt o‘tkazish”, “muomala jarayonidagi emosional barqarorlik”, “ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch” kabi jihatlarni ota-ona bola diadasidagi integrasiyasini faollashtiruvchi kompleks komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi Burxanova Mavjuda Bekbutaevna “Oilada ota-ona va farzandlar munosabatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusida 19.00.05 Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligidan Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi natijalarini joriy etilishi;
oilada ota-ona va farzandlar munosabatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ta’sir etuvchi, ijtimoiy, madaniy omillar o‘rganilganligiga oid natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2025-yil 7-iyundagi 04/108-sonli ma’lumotnomasiga asosan “Markazga murojaat qilgan
ijtimoiy moslashuvda qiyinchilikga uchrayotgan alohida ta’lim ehtiyoji bor o‘quvchilarga ijtimoiy, psixologik xizmat ko‘rsatish” ish rejasiga kiritildi (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2025-yil 7-iyundagi 04/108-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oilada ota-ona va farzandlar munosabatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar ota-onalar turli yoshdagi farzandlariga, jumladan 3-10 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 11-15 yoshdagi o‘smir bolalariga emotsional munosabatlarni ta’minlash orqali ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyati kengayadi;
oilada qadriyatlarga qaratilgan, zamonaviy va bola erkinligiga yo‘naltirilgan munosabarlar oila a’zolarining ijobiy xususiyatlariga ta’sir etuvchi omil sifatida aniqlashga oid takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2025-yil 7-iyundagi 04/108-sonli ma’lumotnomasiga asosan Markaz va uning filiallari faoliyatiga tatbiq etilishi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishi keltirilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2025-yil 7-iyundagi 04/108-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qadriyatli munosabatlar: verbalizatsiya, g‘amxo‘rlik, hissiy anglash, bolaning faolligini rivojlantirish kabi sifatlar dominatlik qilgan oilalarda farzandlar yordam so‘rash, qayg‘u va xursandchilikni bo‘lishish, sirini aytish, maslahat olish singari murakkab vaziyatlarda adekvat va teng taqsimlangan funksional rollarni idrok qilish asosida ota-onasiga, do‘stlariga, o‘qituvchisiga, aka-opalari bilan munosabat qurishi ularning oilaviy qadriyatlarga yo‘naltirilibgina qolmasdan, ijtimoiy faol, o‘z do‘stlarga ega bo‘lgan, o‘qituvchisi bilan ijobiy munosabatga erishishda muhim xislatlarni ochib berishga xizmat qilgan;
oilada muomala jarayonida ota-onalarning emotsional barqarorligi bolaning psixologik rivojlanishiga va farzandlar tarbiyasiga ta’siri dalillanganligiga oid takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2025-yil 7-iyundagi 04/108-sonli ma’lumotnomasiga asosan Markaz va uning filiallari faoliyatiga tatbiq etilishi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishi keltirilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2025-yil 7-iyundagi 04/108-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o’smirda go‘daklik fazilatlari ustunligi-infantilizm, ota-ona tarbiyasining ishonchsizligi, er-xotin nizolarining bola tarbiyasiga ta’sir etishi, bolani yoqotish fobiyasi, oilada talabning, ta’qiqning, jazoning ko‘pligi kabi holatlar onaning mustaqilligi yo‘qligi, nizolar, asabiylashish bilan aloqadorlikni ko‘rsatgan va markaz psixolog mutaxassislarining psixodiagnostik tekshiruvlar asosida shakllantirilgan sifatli psixologik tavsifnomalarni tuzishga xizmat qilgan;
oilada ota-ona va farzandlar o‘rtasida sog‘lom va samarali munosabatlarni shakllantirishga yordam beradigan, ota-ona va farzandlar munosabatlarini takomillashtirishga undaydigan, kelgusidagi farzandlarni faoliyatida o‘z hayotiy strategiyalarini tanlashda qo‘llashiga ko‘maklashuvchi “Oilada ota-ona va farzandlarning munosabatini rivojlantirishni ta’minlash” modelini ishlab chiqiqilgan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) 2025-yil 7-iyundagi 04/108-sonli ma’lumotnomasiga asosan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va filiallari faoliyatiga tatbiq etish ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni jamiyatga uyg'unlashtirishi va samarali ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini ta’minlashi ko‘rsatilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2025-yil 7-iyundagi 04/108-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oilada ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi qadriyatga asoslangan, zamonaviy, bola erkinligiga yo‘naltirilgan munosabatlar asosida, ota-ona va farzandlar xususiyatlarini takomillashtirishga undaydigan, kelgusidagi farzandlarni faoliyatida o‘z hayotiy strategiyalarini tanlashda qo‘llashiga ko‘maklashuvchi, “Muloqotga ochiq bo‘lish”, “Birgalikda vaqt o‘tkazish”, “Muomala jarayonidagi emotsional barqarorlik”, “Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch” kabi oilaning psixologik farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi va metodik ta’minlanganlik darajasini yaxshilash imkonini berdi.