Abidova Ziyoda Askarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxsda tolerantlik fenomenining psixologik xususiyatlari” 19.00.01 – “Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi” (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/P180 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: K.B.Kadirov, psixologiya fanlari doktori, professor; O.U.Avlaev, psixologiya fanlari doktori, professor; K.A.Farfieva, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda tolerantlik fenomenining psixologik xususiyatlarini aniqlash va uni rivojlantirish modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
shaxsda tolerantlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlariga ko‘ra tushunchaviy, mohiyatan, protsessual va funksional-amaliy jihatlari nuqtai nazardan tolerantlik fenomenini tizimlashtirish asosida tolerantlikning ichki va tashqi mezonlari farqlanishi aniqlangan; 
shaxsdagi tolerantlikni psixodiagnostik baholash uchun ijtimoiy kontekstda tolerantlikning emotsional, kognitiv va xulqiy komponentlarini tabaqalashgan tarzda namoyon bo‘lishiga asoslanib  “O‘z tolerantlik darajasini aniqlash”ga qaratilgan mualliflik metodikasi ishlab chiqilgan;  
shaxs tolerantligining jinsiy, yoshga bog‘liq xususiyatlari hamda maʼlumot darajasi, oilaviy va geografik joylashuvning shaxs tolerantligining emotsional, kognitiv, xulqiy komponentlarga ko‘ra bog‘lanishi aniqlangan;    
shaxsining tuzulmaviy-funksional, vaziyatli-kommunikativ va ekzistensial xususiyatlari uning tolerantlik darajasi bilan bog‘liqligiga ko‘ra, tolerantlikning kognitiv komponentining yuqoriroq darajada, boshqa ikki yoki uch komponentlarining bir xil darajada namoyon bo‘lishiga asoslanib tolerantlik shaxs hayotining psixoijtimoiy sifatini saqlashga va jamiyatda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuviga imkon beruvchi xususiyat ekanligi aniqlangan; 
tolerantlikka motivlashtiruvchi motivatsiya-konstruktiv yondashuvli ochiq didaktik deduktiv texnologiya hamda tolerantlikni shakllantiruvchi xulqiy (faoliyatli) yo‘naltirilgan yopiq didaktik yondashuvli induktiv texnologiya ajratilgan holda shaxsda tolerantlikni rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Shaxsda tolerantlik fenomenining psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish  bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
tolerantlik fenomenining tushunchaviy, mohiyatan, protsessual va funksional-amaliy jihatlarini ta’kidlash nuqtai nazardan ishlab chiqilgan tasnifi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Shaxs psixologiyasi” modulida qo‘llanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 7 dekabrdagi PM-277-son ma’lumotnomasi). Natijada tolerantlik fenomenini tizimli ravishda o‘rganish imkoni kengaytirilib, amaliyotchi psixologlarni samarali tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yordam bergan;  
ishlab chiqilgan “O‘z tolerantlik darajasini aniqlash” mualliflik metodikasi va shaxs tolerantlik darajasini o‘rganishga yordam beradigan psixodiagnostik dasturi “Shaxs psixologiyasi” va “Psixodiagnostika” modullarda  kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 7 dekabrdagi PM-277-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda tolerantlik darajasini va uning tarkibiy qismlarini samarali tashxislashga erishilgan, hamda nizolarning sabablarini va ularni oldini olish usullarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;  
tolerantlikning hissiy, kognitiv va xulq-atvor tarkibiy qismlarining tabaqalashgan tarzda namoyon bo‘lishi, shaxs tolerantligining jinsiy va yosh xasusiyatlari, shuningdek, ma’lumot darajasi, oilaviy va geografik joylashuv o‘rtasidagi munosabatlari kabi emperik asoslangan natijalari “Shaxs psixologiyasi” modulida kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 7 dekabrdagi PM-277-son ma’lumotnomasi). Ularni amaliyotda qo‘llanilishi natijasida tolerantlik xususiyatlarini aniqlash, amaliyotchi psixologlarda tolerantlik darajasini va kasbiy mahoratni oshirish imkoni yaratilib, shu bilan qulay psixologik iqlim va samarali jamoaviy faoliyat uchun zaruriy sharoitga erishilgan;    
shaxsining tarkibiy-funksional, vaziyatli-kommunikativ va ekzistensial xususiyatlarini uning tolerantlik darajasi bilan  o‘zaro bog‘liqligi, hamda kognitiv komponentning ustivorligi, shuningdek, tolerantlikning ikki yoki uchta tarkibiy qismlarining bir xil namoyon bo‘lishi shaxsning psixosotsial hayot sifatini saqlab qolish va jamiyatda yanada muvaffaqiyatli ijtimoiylashuviga imkoniyat yaratishi kabi empirik asoslangan yangilik “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 7 dekabrdagi PM-277-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatdagi adovat, kamsitish va zidlikka qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish imkoni kengaytirilgan;
shaxsda tolerantlikni rivojlantiruvchi ochiq didaktik deduktiv texnologiyali motivatsion-konstruktiv yondashuvi va shaxsda tolerantlikni shakllantiruvchi yopiq didaktik induktiv texnologiyali xulq-atvorga (faoliyatga)-yo‘naltirilgan yondashuvi ajratib ko‘rsatilgan “Tolerantlikni rivojlantirish modeli” “Shaxs psixologiyasi” va “Psixologik trening” modullariga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 7 dekabrdagi PM-277-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarda tolerantlik darajasini oshirishga, murakkab kasbiy muammolarni konstruktiv hal qilish ko‘nikmalarini shakillantirishga yordam bergan, shuningdek, o‘zgalarni tushunish va hurmat qilishni targ‘ib qiluvchi ta’rg‘ibot va ta’lim dasturlarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish