Jalolova Dilafruz Sobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarbiyachilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P909.
Ilmiy rahbar: Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD 03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sattarova Gulnora Ikromovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak tarbiyachilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarning reproduktiv madaniyati sog‘lom turmush tarzi haqidagi bilimlar o‘zlikni anglash, oilaviy hayot bilan bog‘liq vaziyatni konstruktiv idrok qilishni, salomatlikka oid qadriyatlar esa dunyoqarashning kengayishiga hamda farovon turmush motivasiyasini kuchayishiga ta’sir etishiga asoslanib reproduktiv xulq-atvorga identiv rivojlantirilishi isbotlangan; 
bo‘lajak tarbiyachilarning reproduktiv madaniyatini rivojlantirishda oilaviy hayot, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish haqidagi bilimlar, salomatlikka oid qadriyatlar shaxslarning o‘zaro bir-biriga dahldorligi, o‘zaro munosabatlarda emosional yaqinlik bilan bog‘liq nazorat va tavakkalchilikni kuchli namoyon bo‘lishini ta’minlaganligi tufayli hayotiy turg‘unlik darajasi muhim omil ekanligi dalillangan;
bo‘lajak tarbiyachilarning reproduktiv madaniyati oilaviy hayot, nasl qoldirishga oid bilimlar shaxsning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va faolligini oshirganligi, reproduktiv qadriyatlar esa kayfiyatning barqarorlashuvini, xavotirlanishning kamayishini ta’minlaganligi bois shaxsning o‘z emosional holatini baholash darajasiga bog‘liq rivojlanishi asoslangan;
bo‘lajak tarbiyachilarning reproduktiv madaniyatini rivojlantirishda shaxsning o‘z salomatligiga nisbatan sog‘lom munosabatda bo‘lishini ta’minlovchi psixik holatlarni o‘zida mujassamlashtirgan reproduktiv o‘zini anglash va sog‘lom nasl qoldirish uchun ota-onalikka tayyorlanish orqali xavotirlanish, agressivlik darajasini pasaytirish zarurligiga asoslanib psixologik salomatlik muhim indikator vazifasini bajarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Bo‘lajak tarbiyachilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarning reproduktiv madaniyati sog‘lom turmush tarzi haqidagi bilimlar o‘zlikni anglash, oilaviy hayot bilan bog‘liq vaziyatni konstruktiv idrok qilishni, salomatlikka oid qadriyatlar esa dunyoqarashning kengayishiga hamda farovon turmush motivasiyasini kuchayishiga ta’sir etishiga asoslanib reproduktiv xulq-atvorga identiv rivojlantirilishi isbotlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-390 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiysi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-390 a -son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tariyachilarning reproduktiv madaniyatini reproduktiv xulq bilan bog‘liq jihatlarini asoslash imkoniyati yaratilgan; 
bo‘lajak tarbiyachilarning reproduktiv madaniyatini rivojlantirishda oilaviy hayot, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish haqidagi bilimlar, salomatlikka oid qadriyatlar shaxslarning o‘zaro bir-biriga dahldorligi, o‘zaro munosabatlarda emosional yaqinlik bilan bog‘liq nazorat va tavakkalchilikni kuchli namoyon bo‘lishini ta’minlaganligi tufayli hayotiy turg‘unlik darajasi muhim omil ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-390 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiysi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-390 a -son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tariyachilarning reproduktiv madaniyatini rivojlantirishda hayotiy turg‘unlik darajasining ahamiyatini ochib berish imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning reproduktiv madaniyati oilaviy hayot, nasl qoldirishga oid bilimlar shaxsning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va faolligini oshirganligi, reproduktiv qadriyatlar esa kayfiyatning barqarorlashuvini, xavotirlanishning kamayishini ta’minlaganligi bois shaxsning o‘z emosional holatini baholash darajasiga bog‘liq rivojlanishi asoslangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-390 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiysi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-390 a -son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tariyachilarning reproduktiv madaniyatini rivojlantirishda emosional holatlarning ahamiyati ochib berilgan; 
bo‘lajak tarbiyachilarning reproduktiv madaniyatini rivojlantirishda shaxsning o‘z salomatligiga nisbatan sog‘lom munosabatda bo‘lishini ta’minlovchi psixik holatlarni o‘zida mujassamlashtirgan reproduktiv o‘zini anglash va sog‘lom nasl qoldirish uchun ota-onalikka tayyorlanish orqali xavotirlanish, agressivlik darajasini pasaytirish zarurligiga asoslanib psixologik salomatlik muhim indikator vazifasini bajarishi isbotlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-390 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiysi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-390 a -son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tariyachilarning reproduktiv madaniyatini rivojlantirishda psixologik salomatlikning o‘rni asoslab berilgan va reproduktiv madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish