Yusupov To‘lanboy Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jamoaviy munosabatlarda emotsional intellektning psixologik jihatlari (futbol jamoasi misolida)», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1186.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Gulhumor Rahmonjonovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Gazieva Zuxra Ergashovna, psixologiya fanlari doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: futbol jamoasida birdamlikni namoyon bo‘lishida  emotsional intellektning rolini tadqiq etish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
futbol jamoalarida emotsional intellektning namoyon bo‘lishining tarkibiy komponentlariga ko‘ra o‘zini anglash, introspeksiya, o‘z-o‘zini boshqarish, kognitiv rebreyming, empatiya, affektiv sezgirlik, ichki motivasiya, maqsadga yo‘nalganlik, ijtimoiy ko‘nikmalar va kommunikativ kompetentlilik omillari tufayli jamoa a’zolari o‘rtasida ishonch orqali konstruktiv hamkorlikning yuzaga kelishi asosida umumiy maqsadga yo‘naltirilgan birlashgan faoliyatning ta’minlanishi dalillangan;
futbolchilarning jamoaviy munosabatlar tizimida emotsional-regulyativ kompetentligiga ko‘ra o‘z emotsional holatini anglash va baholash, affektiv holatlarni boshqarish, o‘z hissiyotini tartibga solish, impulsiv reaksiyalarni nazorat qilish, empatiya, konstruktiv muloqot, jamoaviy maqsadga sodiqlik mexanizmlari guruhiy faoliyatdagi Self ko‘nikmalarni fasilitativlik xususiyati asosida rivojlanishi dalillangan;
futbolchilardagi stressga barqarorlik darajasi kognitiv rebreyming, adaptiv strategiyalar, emotsional regulyasiya, empatik faoliyat, assertativ muloqot, hamkorlik kabi shaxsiy regulyasiya mexanizmlariga ko‘ra guruhiy jipslikni emotsional tolerantlikning ta’sir vektori orqali ta’minlovchi omil ekanligi dalillangan;
sportchilar faoliyatida jamoaviy munosabatlarni barqarorlashtirishda o‘zini anglash, emotsional regulyasiya, empatik sezgirlik, ijtimoiy kompetentlilik va ichki motivasiyaning integrasiyasiga ko‘ra jamoada hamkorlikni emotsional intellekt darajasi asosida rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Jamoaviy munosabatlarda emotsional intellektning psixologik jihatlari (futbol jamoasi misolida)ni tadqiq etish asosida:
futbol jamoalarida emotsional intellektning namoyon bo‘lishining tarkibiy komponentlariga ko‘ra o‘zini anglash, introspeksiya, o‘z-o‘zini boshqarish, kognitiv rebreyming, empatiya, affektiv sezgirlik, ichki motivasiya, maqsadga yo‘nalganlik, ijtimoiy ko‘nikmalar va kommunikativ kompetentlilik omillari tufayli jamoa a’zolari o‘rtasida ishonch orqali konstruktiv hamkorlikning yuzaga kelishiga oid ilmiy ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-445-son buyrug‘iga asosan «ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-445-a son ma’lumotnomasi). Natijada futbolchilarda umumiy maqsadga yo‘naltirilgan birlashgan faoliyatning ta’minlanishiga erishildi;
futbolchilarning jamoaviy munosabatlar tizimida emotsional-regulyativ kompetentligiga ko‘ra o‘z emotsional holatini anglash va baholash, affektiv holatlarni boshqarish, o‘z hissiyotini tartibga solish, impulsiv reaksiyalarni nazorat qilish, empatiya, konstruktiv muloqot, jamoaviy maqsadga sodiqlik mexanizmlari Nizomiy nomidagi O‘zbekiston pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-445-son buyrug‘iga asosan «ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-445-a son ma’lumotnomasi). Natijada guruhiy faoliyatdagi Self ko‘nikmalarni fasilitativlik xususiyati asosida rivojlanishiga erishilgan.
futbolchilardagi stressga barqarorlik darajasi kognitiv rebreyming, adaptiv strategiyalar, emotsional regulyasiya, empatik faoliyat, assertativ muloqot, hamkorlik kabi shaxsiy regulyasiya mexanizmlari o‘rganilib, bu ko‘rsatkichlarning sport jamoasidagi o‘zaro munosabatlarga sabab bo‘luvchi omillariga oid ilmiy ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-445-son buyrug‘iga asosan «ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-445-a son ma’lumotnomasi). Natijada guruhiy jipslik emotsional tolerantlikning ta’sir vektori orqali ta’minlovchi omil  ekanligini asoslashga erishildi; 
sportchilar faoliyatida jamoaviy munosabatlarni barqarorlashtirishda o‘zini anglash, emotsional regulyasiya, empatik sezgirlik, ijtimoiy kompetentlilik va ichki motivasiyaning integrasiyasiga iod ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-445-son buyrug‘iga asosan «ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-445-a son ma’lumotnomasi). Natijada jamoada hamkorlikni emotsional intellekt darajasi asosida rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik modeli ishlab chiqildi hamda uning funksional samaradorligiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish