Qurbonboev Azimbek Nazirboy o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli yosh davrlarida o‘zini-o‘zi faollashtirishning psixologik asoslari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/P243.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qabulov Qosimboy Pirjonovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli yosh davrlarida o‘zini-o‘zi faollashtirishning psixologik asoslarini tadqiq etish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli yosh davrlaridagi shaxslarda o‘zini o‘zi faollashtirishning ontogenez bosqichlari kesimida ifodalanishiga muvofiq, ilk o‘spirin va o‘spirinlarga nisbatan etuklik davrida insonning hozirgi raytda yashayotgan lahzalariga asosiy e’tiborni qaratishi, barqaror asos sifatida talqin qilinishi mumkin bo‘lgan samimiy va ijobiy shaxslararo munosabatlar, o‘z hayotining farovonligini ta’minlaydigan omillarni bilishga harakat qilish, ichki istak va ehtiyojlariga sezgirlik holatlari yuqori darajada namoyon bo‘lishi natijasida ularda «vaqtni mo‘ljalga olish», «inson tabiatiga nazar», «bilish ehtiyojlari», «o‘zini o‘zi anglash» komponentlari ko‘proq rivojlanganligi isbotlangan;
o‘zini o‘zi faollashtirish fenomeni ehtiyojlarni qondirish darajasi va emotsional sohaga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, yashirin qobiliyatlarni boshqalar oldida namoyon eta bilish, belgilangan maqsadlarga erishishga yordam beradigan kuch va vositalardan foydalanishni istash, hayotga nisbatan optimistik kayfiyat hamda ijobiy his-tuyg‘ularning faol ifodalanishi sababli turli yosh davrlaridagi shaxslarda ichki imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishda «ijtimoiy ehtiyojlar», «o‘zini o‘zi faollashtirish ehtiyoji», stenik hissiyotlar yetakchi o‘rin tutishi dalillangan;
hayotdan qoniqqanlik indeksi va shaxs subektiv farovonligining o‘zini o‘zi faollashtirishga ta’siri natijasida, o‘z umriga entuziazmni his qilish, maqsadga erishish yo‘lidagi barqarorlik, hayotning voqeaviy-mazmunan boyligi, ichki subektiv olamdan mamnun bo‘lish xususiyatlarining faol insonga aylanish sifatlariga to‘g‘ri proporsional bog‘lanishi tufayli turli yosh davrlaridagi shaxslarda yashirin individual xislatlarning «hayotga bo‘lgan qiziqish», «maqsadlarga erishishdagi izchillik», «ekzistensial-faoliyatli farovonlik», «Ego-farovonlik» komponentlari bilan ustuvor bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligi asoslanilgan;
o‘zini o‘zi faollashtirishning hayotiy mazmun yo‘nalganligiga aloqador ravishda ifodalanishiga binoan, subektning kelajagida ekzistensial qiymati, yo‘nalishi va vaqt istiqbolini belgilab beradigan maqsadlarning mavjudligi, o‘tgan umr lahzalari qanchalik samarali va mazmunli bo‘lganligini his qilish, o‘zini turli jarayonlarni boshqarish uchun etarli tanlov erkinligiga ega bo‘lgan kuchli shaxs sifatida idrok etish holatlarining ustuvor yuzaga kelishi sababli turli yosh davrlaridagi insonlarda ichki imkoniyatlarni namoyon qilish jihatlari «hayotiy maqsadlar», «hayotiy samaradorlik», «nazorat lokusi – Men» bilan o‘zaro uyg‘un rivojlanishi isbotlangan;
turli yosh davrlaridagi shaxslarda o‘zini o‘zi faollashtirish xususiyatlarini konstruktiv rivojlantirish imkoniyatlariga muvofiq, pozitiv fikrlash, ijobiy hissiyotlar, ehtiyoj, motiv va maqsadlarning anglanishi, ichki imkoniyatlarning amalga oshirilishidagi qat’iyatlilik, mustaqillikka intilish singari sifatlarning ustun kelishiga asoslanib «kognitiv», «emotsional», «motivatsion», «irodaviy» sohalar va «shaxsiy sifatlar» kabi mexanizmlarga intensiv ta’sir o‘tkazilishi orqali o‘zini o‘zi faollashtirishning kuchaytirilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli yosh davrlarida o‘zini o‘zi faollashtirishning psixologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari  natijalari asosida:
turli yosh davrlaridagi shaxslarda o‘zini o‘zi faollashtirishning ontogenez bosqichlari kesimida ifodalanishiga muvofiq, ilk o‘spirin va o‘spirinlarga nisbatan etuklik davrida insonning hozirgi raytda yashayotgan lahzalariga asosiy e’tiborni qaratishi, barqaror asos sifatida talqin qilinishi mumkin bo‘lgan samimiy va ijobiy shaxslararo munosabatlar, o‘z hayotining farovonligini ta’minlaydigan omillarni bilishga harakat qilish, ichki istak va ehtiyojlariga sezgirlik holatlari yuqori darajada namoyon bo‘lishi natijasida ularda «vaqtni mo‘ljalga olish», «inson tabiatiga nazar», «bilish ehtiyojlari», «o‘zini o‘zi anglash» komponentlari ko‘proq rivojlanganligi isbotlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-371-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya», «Psixokorreksiya» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-371 a-son ma’lumotnomasi). Natijada ilk o‘spirinlik, o‘spirinlik va etuklik davrida o‘zini o‘zi faollashtirish xususiyati namoyon bo‘lishining tafovutli jihatlarini aniqlash imkoniyatlari yaratilgan.
o‘zini o‘zi faollashtirish fenomeni ehtiyojlarni qondirish darajasi va emotsional sohaga bog‘liq holda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, yashirin qobiliyatlarni boshqalar oldida namoyon eta bilish, belgilangan maqsadlarga erishishga yordam beradigan kuch va vositalardan foydalanishni istash, hayotga nisbatan optimistik kayfiyat hamda ijobiy his-tuyg‘ularning faol ifodalanishi orqali turli yosh davrlaridagi shaxslarda ichki imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishda «ijtimoiy ehtiyojlar», «o‘zini o‘zi faollashtirish ehtiyoji», stenik hissiyotlar yetakchi o‘rin tutishi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-371-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya», «Psixokorreksiya» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-371 a-son ma’lumotnomasi). Natijada turli yosh davrlarida ehtiyojlarni qondirish darajasi va emotsional sohaning shaxs o‘zini o‘zi faollashtirishi bilan bog‘liqligi ochib berilgan.
hayotdan qoniqqanlik indeksi va shaxs subektiv farovonligining o‘zini o‘zi faollashtirishga ta’siri natijasida, o‘z umriga entuziazmni his qilish, maqsadga erishish yo‘lidagi barqarorlik, hayotning voqeaviy-mazmunan boyligi, ichki subektiv olamdan mamnun bo‘lish xususiyatlarining faol insonga aylanish sifatlariga to‘g‘ri proporsional bog‘lanishi tufayli turli yosh davrlaridagi shaxslarda yashirin individual xislatlarning «hayotga bo‘lgan qiziqish», «maqsadlarga erishishdagi izchillik», «ekzistensial-faoliyatli farovonlik», «Ego-farovonlik»  komponentlari bilan ustuvor bog‘liqlik xarakteriga ega ekanligi asoslanilgan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-371-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya», «Psixokorreksiya» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-371 a-son ma’lumotnomasi). Natijada turli yosh davrlarida o‘zini o‘zi faollashtirishning hayotdan qoniqqanlik indeksi va shaxs subektiv farovonligi bilan aloqadorlik jihatlari asoslangan.
o‘zini o‘zi faollashtirishning hayotiy mazmun yo‘nalganligiga aloqador ravishda ifodalanishiga binoan, subektning kelajagida ekzistensial qiymati, yo‘nalishi va vaqt istiqbolini belgilab beradigan maqsadlarning mavjudligi, o‘tgan umr lahzalari qanchalik samarali va mazmunli bo‘lganligini his qilish, o‘zini turli jarayonlarni boshqarish uchun etarli tanlov erkinligiga ega bo‘lgan kuchli shaxs sifatida idrok etish holatlarining ustuvor yuzaga kelishi sababli turli yosh davrlaridagi insonlarda ichki imkoniyatlarni namoyon qilish jihatlari «hayotiy maqsadlar», «hayotiy samaradorlik», «nazorat lokusi – Men» bilan o‘zaro uyg‘un rivojlanishi isbotlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-371-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya», «Psixokorreksiya» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-371 a-son ma’lumotnomasi). Natijada turli yosh davrlarida shaxs o‘zini o‘zi faollashtirishiga hayotiy mazmun yo‘nalganligining ta’siri tahlil qilingan.
turli yosh davrlaridagi shaxslarda o‘zini o‘zi faollashtirish xususiyatlarini rivojlantirishning psixokorreksion imkoniyatlariga muvofiq, pozitiv fikrlash, ijobiy hissiyotlar, ehtiyoj, motiv va maqsadlarning anglanishi, ichki imkoniyatlarning amalga oshirilishidagi qat’iyatlilik, mustaqillikka intilish singari sifatlarning ustun kelishiga ko‘ra «kognitiv», «emotsional», «motivatsion», «irodaviy» sohalar va «shaxsiy sifatlar» kabi mexanizmlarga intensiv ta’sir o‘tkazilishi orqali o‘zini o‘zi faollashtirishning kuchaytirilishi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-371-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya», «Psixokorreksiya» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-371 a-son ma’lumotnomasi). Natijada turli yosh davrlaridagi shaxslarda o‘zini o‘zi faollashtirish xususiyatini rivojlantirish bo‘yicha psixokorreksion dastur ishlab chiqilib, samaradorligini baholashning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish