Yuldasheva Nafisaxon Kabilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda qiziqishlarini aniqlashning ijtimoiy-psixologik omillari (7-sinf o‘quvchilari misolida)», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P56.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Gulxumorxon Rahmonjonovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Dustqobilovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xolyigitova Nasibaxon Xabibullaevna psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda qiziqishlarni aniqlashning ijtimioy-psixologik omillarini o‘rganish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda ijtimoiy-psixologik determinantlariga ko‘ra oila qadriyatlarining sosializasiyaviy ta’siri, gender stereotiplarning normativ-regulyativ roli va madaniy kutilmalarni interiorizasiya qilish mexanizmlariga asoslanib kasbiy-adaptiv salohiyatning shakllanishida gender tafovutlarini differensiasiyasi intellektual hislar orqali dalillangan;
o‘quvchilarda kasbiy qiziqishlarning shakllanishida oilaviy kasbiy sosializasiya, jamiyatda zamonaviy kasblarning prestiji va kasbiy orientasiya bo‘yicha axborot muhitining jozibadorligiga asoslanib kasbiy ma’lumotlilik darajasining kasbiy-ijtimoiy kontekstual omillariga ko‘ra oshishi qiziqishning barqarorlashuvini ta’minlaydigan motivasion xususiyat ekanligi dalillangan;
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda simulyativ-modellashtirilgan tajribalar orqali virtual kasb muhitini loyihalashga ko‘ra kasb tanlashga oid qarorlarning shakllanishi individual ichki motivlarni ijtimoiy kutilmalarga eksterorizasiyalanishi yuzaga kelishi dalillangan.
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda kasbiy motivasiya turlariga ko‘ra moddiy, ijtimoiy, shaxsiy rivojlanish, status va prestij, kasbiy xavfsizlik, ma’naviy va akseologik motivlarning tarkib topishi tufayli ijtimoiy ta’sir, normativ kutilmalar, kasbga oid ijtimoiy identifikasiya va mehnat faoliyati bilan bog‘liq kognitiv baholash jarayonlari shaxsning maqsadlar sari yo‘naltiruvchi determinant sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda qiziqishlarini aniqlashning ijtimoiy-psixologik omillari (7-sinf o‘quvchilari misolida)ni aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda ijtimoiy-psixologik determinantlariga ko‘ra oila qadriyatlarining sosializasiyaviy ta’siri, gender stereotiplarning normativ-regulyativ roli va madaniy kutilmalarni interiorizasiya qilish mexanizmlariga asoslanib kasbiy-adaptiv salohiyatning shakllanishida gender tafovutlarini differensiasiyasi intellektual hislar orqali dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 447-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 447- a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayoni shaxsning kasbiy-adaptiv salohiyati, gender tafovutlarini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omilli ekanligini tasdiqlashga imkon yaratilgan;
o‘quvchilarda kasbiy qiziqishlarning shakllanishida oilaviy kasbiy sotsializatsiya, jamiyatda zamonaviy kasblarning prestiji va kasbiy orientatsiya bo‘yicha axborot muhitining jozibadorligiga asoslanib kasbiy ma’lumotlilik darajasining kasbiy-ijtimoiy kontekstual omillariga ko‘ra oshishi qiziqishning barqarorlashuvini ta’minlaydigan motivatsion xususiyat ekanligi dalillangan oid xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 447-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 447- a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda kasbiy qiziqishlarning shakllanishida oilaviy kasbiy sotsializatsiyasini tadqiq qilish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda simulyativ-modellashtirilgan tajribalar orqali virtual kasb muhitini loyihalashga ko‘ra kasb tanlashga oid qarorlarning shakllanishi individual ichki motivlarni ijtimoiy kutilmalarga eksterorizasiyalanishi yuzaga kelishi dalillangan xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 447-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 447- a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida simulyativ va modellashtirilgan tajribalar asosida virtual kasb muhitini yaratish ularning kasb tanlashga oid qarorlarini shakllantirishni aniqlash ko‘lami kengaytirilgan;
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda kasbiy motivatsiya turlariga ko‘ra moddiy, ijtimoiy, shaxsiy rivojlanish, status va prestij, kasbiy xavfsizlik, ma’naviy va akseologik motivlarning tarkib topishi tufayli ijtimoiy ta’sir, normativ kutilmalar, kasbga oid ijtimoiy identifikatsiya va mehnat faoliyati bilan bog‘liq kognitiv baholash jarayonlari shaxsning maqsadlar sari yo‘naltiruvchi determinant sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 447-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 447- a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda kasbiy motivlarning tarkib topishi tufayli ijtimoiy ta’sir, ijtimoiy identifikatsiya va kognitiv baholash jarayonlari kasbga yo‘naltiruvchi determinant sifatida namoyon bo‘lishini aniqlash ko‘lami kengaytirilgan.