Hazratqulov Sardor Furqat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Professional basketbolchilarda irodaviy sifatlar  namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh pedagogik psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P554.
Ilmiy rahbar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdulla Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Egamberdiev Farhod To‘xtaevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: professional basketbolchilarda irodaviy sifatlarning namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional basketbolchilarning irodaviy sifatlari iroda kuchining mashg‘ulotlarda individual maxorat xususiyati orqali motiv kuchini «g‘olib bo‘lish», «sovrinli o‘rinni egallash» ehtiyoji ta’sirida rivojlanishiga ko‘ra sportchidagi o‘ziga bo‘lgan ishonchni musobaqa jarayonida taktik qaror qabul qilish ko‘nikmasiga bog‘liq lokus nazorat vektori asosida namoyon bo‘lishi dalillangan;
professional basketbolchilarda irodaviy sifatlarning namoyon bo‘lishi shaxsning o‘ziga beradigan bahosini guruhiy faoliyatda differensial ifodalanishi tufayli sportchining «mas’uliyatlilik», «intizomlilik», «prinsipiallik», «matonatli», «g‘ayratli» hamda «vazminlik» sifatlarini “jamoani individuallashtirish”ga asoslangan integral ta’siriga bog‘liq ekanligi isbotlangan; 
professional basketbolchilarning irodaviy sifatlari musobaqa jarayonida hujum bilan bog‘liq sensomotor reaksiyalarning tezkorligini himoyaga tayyorlanishdagi vaqtni aniq idrok qilish va diqqatni jamlashda differensial kuchni safarbar etishga integrativ namoyon bo‘lishiga ko‘ra shaxsning xulq-atvorini tartibga solish asosida «rejalashtirish», «o‘zini-o‘zi boshqarish» sifatlarining yuzaga chiqishi dalillangan;
professional basketbolchilarning irodaviy sifatlarini namoyon bo‘lishi musobaqa jarayonida axborotlarni qayta ishlash tezligi, harakatlanayotgan ob’ektga nisbatan javob reaksiyasining intensivligi, ijtimoiy dadillik, intizomlilikning xujum va himoyaga taktik tayyorgarlikdagi dinamik xususiyatiga ko‘ra emotsional barqarorlikning refleksiv xususiyatlar orqali o‘yinchi ampluasida yuzaga kelishiga identiv kechishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Professional basketbolchilarni tayyorlashda irodaviy sifatlarning ahamiyatini tadqiq etish asosida:
professional basketbolchilarning irodaviy sifatlari iroda kuchining mashg‘ulotlarda individual maxorat xususiyati orqali motiv kuchini «g‘olib bo‘lish», «sovrinli o‘rinni egallash» ehtiyoji ta’sirida rivojlanishiga ko‘ra sportchidagi o‘ziga bo‘lgan ishonchni musobaqa jarayonida taktik qaror qabul qilish ko‘nikmasiga bog‘liq lokus nazorat vektori asosida namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 446-son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 446- a son ma’lumotnomasi). Natijada professional basketbolchilarning irodaviy sifatlarining iroda kuchi bilan bog‘liq jihatlari ijobiy bo‘lishiga erishilgan;
professional basketbolchilarda irodaviy sifatlarning namoyon bo‘lishi shaxsning o‘ziga beradigan bahosini guruhiy faoliyatda differensial ifodalanishi tufayli sportchining «mas’uliyatlilik», «intizomlilik», «prinsipiallik», «matonatli», «g‘ayratli» hamda «vazminlik» sifatlarini “jamoani individuallashtirish”ga asoslangan integral ta’siriga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid ilmiy natija va tavsiyalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 446-son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 446- a son ma’lumotnomasi).  Natijada professional basketbolchilarda irodaviy sifatlar o‘zini-o‘zi baholash xususiyatlari darajasining ijobiy jihatdan namoyon bo‘lishiga erishilgan; 
professional basketbolchilarning irodaviy sifatlari musobaqa jarayonida hujum bilan bog‘liq sensomotor reaksiyalarning tezkorligini himoyaga tayyorlanishdagi vaqtni aniq idrok qilish va diqqatni jamlashda differensial kuchni safarbar etishga integrativ namoyon bo‘lishiga ko‘ra shaxsning xulq-atvorini tartibga solish asosida «rejalashtirish», «o‘zini-o‘zi boshqarish» sifatlarining yuzaga chiqishi dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar va tavsiyalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 446-son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 446- a son ma’lumotnomasi).  Natijada professional basketbolchilarda irodaviy sifatlarning namoyon bo‘lishi xulq-atvorni tartibga solish ahamiyatini oshishiga erishilgan;
professional basketbolchilarning irodaviy sifatlarini namoyon bo‘lishi musobaqa jarayonida axborotlarni qayta ishlash tezligi, harakatlanayotgan ob’ektga nisbatan javob reaksiyasining intensivligi, ijtimoiy dadillik, intizomlilikning xujum va himoyaga taktik tayyorgarlikdagi dinamik xususiyatiga ko‘ra emotsional barqarorlikning refleksiv xususiyatlar orqali o‘yinchi ampluasida yuzaga kelishiga identiv kechishi dalillangan xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 446-son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 446- a son ma’lumotnomasi). Natijada professional basketbolchilarning sport faoliyatini rejalashtirish ko‘nikmalari irodaviy sifatlarini namoyon bo‘lishi asosida takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish