Suletbaeva Ella Serikbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpoq yoshlarini oilaviy hayotga ijtimoiy-psixologik tayyorlashni takomillashtirish», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/P188.
Ilmiy maslahatchi: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlar doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shamsiev O‘ktam Baxriddinovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Dalimova Nilufar Melibaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qoraqalpoq oilasining ijtimoiy-psixologik muammolarini o‘rganish va jamiyatning zamonaviy talablarini inobatga olib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy “rollarni taqqoslash maydoncha”ning deformatsiyasida, qadriyatli yo‘nalishlarning parchalanishida va avlodlararo oilaviy meʼyorlarni meros bo‘lib o‘tishlik darajasini pasayishida namoyon bo‘ladigan qoraqalpoq yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdagi ijtimoiy-psixologik muammolar aniqlangan;
qoraqalpoq yoshlarda nikoh va oilaviy hayotni idrok etilishi emotsional etuklik, ijtimoiy oilaviy rollar va qadriyatli yo‘nalishlarning majmuaviy o‘zaro harakati bilan asoslangan yosh, gender va ijtimoiy-madaniy xususiyatlar bilan tavsiflanishi isbotlangan;
oila psixologiyasiga an’anaviy yondashuvlarni (tizimli, tuzilmaviy, gumanistik, biologik) etnik va madaniy omillarning oilaviy munosabatlarga, rolli modellarga va qadriyatlar tizimiga ta’sirini inobatga olishga imkon beruvchi etnopsixologik yondashuv bilan boyitish ilmiy asoslangan;
qoraqalpoq yoshlar o‘rtasida nikoh motivatsiyalari tuzilmasida va bo‘lajak umr yo‘ldoshi haqida tasavvurlarda namoyon bo‘lgan gender farqlar mavjudligi isbotlandi: erkaklar asosan tashqi va xulqiy tavsiflarga (takalluflik, yon berishlik, ota-onaga hurmat, jismoniy jozibadorlik) yo‘naltirilgan va ratsional-vositali hamda fiziologik motivlar dominantasini namoyon qiladi, ayollar esa, affektiv-qadriyatli va meʼyoriy-ijtimoiy ustanovkalar ustuvorligini aks etib, eʼtiborni ichki va psixologik xislatlarga (intellekt, ishonchlilik, emotsional quvvatlash, hurmat bilan munosabat) qaratilgan;
an’anaviy qadriyatlar, nikohga etuklikning psixologik mexanizmlari va o‘zaro harakatning innovatsion shakllari (treninglar, storitelling, raqamli platformalar va forum texnologiyalari) integratsiyasiga asoslangan qoraqalpoq yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning modeli ishlab chiqilgan va nazariy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qoraqalpoq yoshlarining oilaviy hayotga ijtimoiy-psixologik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
an’anaviy “rollarni taqqoslash maydoncha”ning deformatsiyasida, qadriyatli yo‘nalishlarning parchalanishida va avlodlararo oilaviy meʼyorlarni meros bo‘lib o‘tishlik darajasini pasayishida namoyon bo‘ladigan qoraqalpoq yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdagi ijtimoiy-psixologik muammolar aniqlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-361-son buyrug‘iga asosan "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-361-a-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq yoshlarini oilaviy hayotga tayyorlashdagi ijtimoiy-psixologik muammolarni aniqlashga erishilgan;
qoraqalpoq yoshlarda nikoh va oilaviy hayotni idrok etilishi emotsional etuklik, ijtimoiy oilaviy rollar va qadriyatli yo‘nalishlarning majmuaviy o‘zaro harakatiga bo‘gliq yosh, gender va ijtimoiy-madaniy xususiyatlar bilan tavsiflanishi isbotlanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik natijalari O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-361-son buyrug‘iga asosan "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-361-a-son ma’lumotnomasi) Natijada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorligining yosh va gender xususiyatlarini aniqlashga erishilgan;
oila psixologiyasiga an’anaviy yondashuvlarni (tizimli, tuzilmaviy, gumanistik, biologik) etnik va madaniy omillarning oilaviy munosabatlarga, rolli modellarga va qadriyatlar tizimiga ta’sirini inobatga olishga imkon beruvchi etnopsixologik yondashuv bilan boyitilganligi ilmiy asoslanganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar bo‘yicha chiqarilgan xulosalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-361-son buyrug‘iga asosan "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-361-a-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda milliy an’analarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlashga erishilgan;
qoraqalpoq yoshlar o‘rtasida nikoh motivatsiyalari tuzilmasida va bo‘lajak umr yo‘ldoshi haqida tasavvurlarda namoyon bo‘ladigan gender farqlar mavjudligi isbotlandi: erkaklar asosan tashqi va xulqiy tavsiflarga (takalluflik, yon berishlik, ota-onaga hurmat, jismoniy jozibadorlik) yo‘naltirilgan va ratsional-vositali hamda fiziologik motivlar dominantasini namoyon qiladi, ayollar esa, affektiv-qadriyatli va meʼyoriy-ijtimoiy ustanovkalar ustuvorligini aks etib, eʼtiborni ichki va psixologik xislatlarga (intellekt, ishonchlilik, emotsional quvvatlash, hurmat bilan munosabat) qaratilganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik natijalari O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-361-son buyrug‘iga asosan "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-361-a-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq yoshlarida bo‘lajak oilaviy hayot haqida ijtimoiy-psixologik tasavvurlari xususiyatlarini hamda nikohdan o‘tish motivatsiyasini aniqlashga sharoit yaratilgan;
an’anaviy qadriyatlar, nikohga etuklikning psixologik mexanizmlari va o‘zaro harakatning innovatsion shakllari (treninglar, storitelling, raqamli platformalar va forum texnologiyalari) integratsiyasiga asoslangan qoraqalpoq yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning modeli ishlab chiqilgan va nazariy asoslanganligi asosida olingan ilmiy ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-361-son buyrug‘iga asosan "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-361-a-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqilgan.