Bekbolaev Javlonbek Jumanazar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda ijtimoiy munosabatlar muvofiqligi namoyon bo‘lishining psixologik omillari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P1252.
Ilmiy rahbar: Xolnazarova Matluba Xolbo‘taevna, psixologiya fanlari nomzodi,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Lutfulaeva Nigora Xalimboevna psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: talabalar shaxsida ijtimoiy munosabatlar muvofiqligining psixologik omillarini aniqlash, ularning namoyon bo‘lish darajasini o‘rganish, ushbu omillarning o‘zaro bog‘liqligini empirik tarzda tahlil qilish hamda ijtimoiy munosabatlar muvofiqligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi psixologik yo‘nalishlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar shaxsining motivatsion-ehtiyoj sohasiga ko‘ra harakatga yo‘naltirilganlik, natijaga intilish, prosotsial yordam berishga moyillik va ego-yo‘naltirilgan kabi dinamik indikatorlarga asoslanib ijtimoiy-psixologik munosabatlar tizimida gender differensial farqlar aniqlangan;
talabalarda ijtimoiy munosabatlar muvofiqligining shakllanish dinamikasi mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, jur’atlilik, e’tiborlilik, matonatlilik va maqsadga intiluvchanlik kabi shaxsiy-differensial sifatlarning namoyon bo‘lishiga ko‘ra iroda aktining motivatsion komponenti shaxslararo munosabatlarning regulativligiga bog‘liq ekanligi dallillangan;
talabalarda ijtimoiy munosabatlar muvofiqligini shakllanishining ijtimoiy-funksional boshqaruv mexanizmlariga ko‘ra o‘quv faoliyatida vaqtni ratsional taqsimlash, kelajakka qaratilgan faoliyatni rejalashtirish, muloqot va o‘zaro hamkorlik bilan bog‘liq jarayonlarni xulq-atvorda adekvat kuchaytirishga intilish tufayli subekt-subnekt diadasidagi motivatsion va irodaviy omillarning refleksiv differensiatsiyasi dallillangan; 
talabalarda ijtimoiy munosabatlar muvofiqligining namoyon bo‘lishida axloqiy hislar va ijtimoiy ma’qullanish motivatsiyasining iroviy xususiyatlar bilan integrativ rivojlanishiga bog‘liqligi va emotsional o‘zini o‘zi nazorat qilish hamda ijtimoiylashuvda shaxsiy ustanovkalarning shakllanishi tufayli sotsio-emotsional regulativ xususiyatlarni maqsadli rivojlantirish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ijtimoiy munosabatlar muvofiqligini namoyon bo‘lishining psixologik omillarini o‘rganish asosida:
talabalar xulq-atvorigning motivatsiya-ehtiyoj sohasiga ko‘ra shaxsning harakatga,natijaga,o‘zgalarga yordamga,o‘z manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yishga  yo‘nalganlikni dinamik-differensiatsiyasi tufayli ijtimoiy-psixologik ustanov-kalarning namoyon bo‘lishida gender tafovutlarni mavjudligi dalillangan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 455-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 455- a son ma’lumotnomasi). Natijada,  talabalar bilan guruhiy ishlashda, ijtimoiy munosabat muvofiqligini namoyon etishda  samarali xizmat qilgan;
talabalarda ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirishning dinamik xususiyatlariga ko‘ra  mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, jur’atlilik, e’tiborlilik, matonatlilik, maqsadga intiluvchanlik sifatlarining shaxs differensial xususiyatlari kontekstida shakllanishi tufayli iroda aktining motivatsion komponentini ustuvor rivojlanishi isbotlanganligi dalillangan ilmiy yangilik  O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 455-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 455- a son ma’lumotnomasi). Natijada,talabalarda ijtimoiy munosabatlarni  dinamik  xususiyatlarini shakllantirishga samarali  xizmat qilgan; 
  talabalarda ijtimoiy ustanovkalarni  shakllanishi o‘quv faoliyatidagi vaqtni ratsional boshqarish, kelajakdagi faoliyat, muloqot va boshqa shaxslar bilan bog‘liq refleksiv jarayonlarni xulq-atvorda adekvat kuchaytirish orqali ta’minlanishi tufayli pedagogik-psixologik (motivatsion, irodaviy) omillarning ta’siri ustuvor xarakterga ega  ekanligi asoslangan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 455-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 455- a son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy munosabatlar muvofialigini  boshqarishda xizmat qilgan;
talabalarda ijtimoiy munosabatlarni  shakllantirishda axloqiy hislar va ijtimoiy ma’qullanish motivatsiyasini irodaviy xususiyatlar bilan integrativ rivojlanishi muhimligiga ko‘ra “emotsional o‘zini o‘zi nazorat qilish”, “ijtimoiylashuvda ustanovkalarni  shakllantirish” xususiyatlarini rivojlantirish muhim ekanligi dalillangan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 23-avgustdagi PM 455-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 455- a son ma’lumotnomasi). Natijada,talabalarda ijtimoiy munosabatlar muvofiqligi namoyon bo‘lishida axloqiy hislar va ijtimoiy ma’qullanish motivatsiyasini irodaviy xususiyatlar bilan integrativ rivojlanishi muhimligiga samarali qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish