Sadullaeva Jamilaxon Ibodilla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayollarda migratsiya motivi namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P717.
Ilmiy rahbar: Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Dustqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdullajanova Dilnozaxon Sultanbekovna, psixologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollarda migratsiya motivini namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini empirik tadqiq etish orqali migrant ayollarga psixologik yordam hamda qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotin-qizlarda mehnat migratsiyasi shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ichki hamda tashqi migratsiya faoliyati differensiatsiyasiga ko‘ra ma’lumot darajasi, migrantlik muddati, turmush staji asnosida qadriyatlar orientatsiyasi hamda hayot mazmuni yo‘nalganligi omili natijasida integral ravishda identiv namoyon bo‘lishi aniqlangan;
xotin-qizlarda mehnat migratsiyasi motivini vujudga keltiruvchi ijtimoiy-psixologik predikatlarga “natijalarniñ ahamiyati”, “hayot nazorati”, “ichki samaradorlik”, “sermazmun hayot” kirishi tufayli muvaffaqiyatga intilish hamda muvaffaqiyasizlikdan qochish motivatsiyasining stigmatik ko‘rinish olishi natijasida mehnat migratsiyasining hayot maromi indeksida psixologik identifikator bo‘lishiga diffuz ta’sir etishi dalillangan;
mehnat migranti bo‘lgan va mehnat migranti bo‘lmagan ayollarda hayot mazmuni yo‘nalganligi differensial farqlarga ega bo‘lmagani sababli, ma’lumot, etnomadaniy omil ta’siri natijasida ustuvor motivatsion birlik sifatida “hayotiy natijaviylik”, “ziyraklik”, terminal va instrumental qadriyatlarning situatsiyaviy ta’siri ostida dinamik ko‘rinishda integratsionallashuvi isbotlangan;
xotin-qizlarda mehnat migratsiyasi shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga “moddiy ta’minlanish”, “o‘ziga ishonchni mustahkamlash”, “kuchli iradoviy regulyasiya”, “yuqori talablar va ijtimoiy kutushlar” kirishi tufayli aktiv hayot, rivojlanish istagining simulyativ ta’siri natijasida mustaqillik va tafakkur flyuidligi o‘z imkoniyatlarini realistlik prognozlash hamda natijalar namunasi shakllantirishiga “psixologik akkumulyator” bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Ayollarda migratsiya motivi namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
xotin-qizlarda mehnat migratsiyasi shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ichki hamda tashqi migratsiya faoliyati differensiatsiyasiga ko‘ra ma’lumot darajasi, migrantlik muddati, turmush staji asnosida qadriyatlar orientatsiyasi hamda hayot mazmuni yo‘nalganligi omili natijasida integral ravishda identiv namoyon bo‘lishi aniqlangan ilmiy natijalar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-4-sonli “Xotin-qizlar migratsiyasining sabab va oqibatlari: Turkiya misolida” loyihasida foydalanildi. «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot institutining (2025-yil 20-maydagi 01-09/2698-son ma’lumotnomasi). Natijada ayollar mehnat migratsiyasining kelib chiqish sabablari, omillari va oqibatlarini yoritishda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
xotin-qizlarda mehnat migratsiyasi motivini vujudga keltiruvchi ijtimoiy-psixologik predikatlarga “natijalarniñ ahamiyati”, “hayot nazorati”, “ichki samaradorlik”, “sermazmun hayot” kirishi tufayli muvaffaqiyatga intilish hamda muvaffaqiyasizlikdan qochish motivatsiyasining stigmatik ko‘rinish olishi natijasida mehnat migratsiyasining hayot maromi indeksida psixologik identifikator bo‘lishiga diffuz ta’sir etishi dalillangan ilmiy natijalar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining “Xotin-qizlar migratsiyasining sabab va oqibatlari: Turkiya misolida” loyihasida foydalanildi. «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot institutining (2025-yil 20-maydagi 01-09/2698-son ma’lumotnomasi). Natijada ayollar migratsiyasining oila instituti deformatsiyasiga ta’sirini tahlil qilish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar olishda foydalanilgan. 
mehnat migranti bo‘lgan va mehnat migranti bo‘lmagan ayollarda hayot mazmuni yo‘nalganligi differensial farqlarga ega bo‘lmagani sababli, ma’lumot, etnomadaniy omil ta’siri natijasida ustuvor motivatsion birlik sifatida “hayotiy natijaviylik”, “ziyraklik”, terminal va instrumental qadriyatlarning situatsiyaviy ta’siri ostida dinamik ko‘rinishda integratsionallashuvi isbotlangan ilmiy natijalar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining “Xotin-qizlar migratsiyasining sabab va oqibatlari: Turkiya misolida” loyihasida foydalanildi. «Oila va gender»  ilmiy-tadqiqot institutining (2025-yil 20-maydagi 01-09/2698-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan qaytgan ayol mehnat migrantlarini reintegratsiya qilishda keng foydalanilgan.
xotin-qizlarda mehnat migratsiyasi shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga “moddiy ta’minlanish”, “o‘ziga ishonchni mustahkamlash”, “kuchli iradoviy regulyasiya”, “yuqori talablar va ijtimoiy kutushlar” kirishi tufayli aktiv hayot, rivojlanish istagining simulyativ ta’siri natijasida mustaqillik va tafakkur flyuidligi o‘z imkoniyatlarini realistlik prognozlash hamda natijalar namunasi shakllantirishiga “psixologik akkumulyator” bo‘lishi dalillangan ilmiy natijalar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining “Xotin-qizlar migratsiyasining sabab va oqibatlari: Turkiya misolida” loyihasida foydalanildi. «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot institutining (2025-yil 20-maydagi 01-09/2698-son ma’lumotnomasi). Natijada ayollar migratsiyasining oila instituti deformatsiyasiga ta’sirini tahlil qilish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar olishda foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish