Sadirova Saodat Nasreddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qorako‘l terilariga ishlov berishda sut mahsulotlari chiqindisini qo‘llash  texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida 05.06.03 - “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha, texnika fanlari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3348 
Ilmiy rahbar: Temirova Matlab Ibodovna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.10.2021.T.101.03  raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, kimyo fanlari doktori (DSc), professor; Qazoqov Farxod Farmonovich, Buxoro davlat texnika texnika universiteti texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  qorako‘l terilarini  sut sanoati chiqindisi-sut zardobi bilan  achitish texnologiyasini ishlab chiqish hamda tayyor  mahsulotning fizik–mexanik  va kimyoviy xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sut zardobi bilan ishlov berilgan  terilarning pishish harorati va mustahkamlikka oid parametrlarning me’yoriy ko‘rsatgichlari fizik-mexanik tahlillar orqali aniqlangan;
Sut zardobining teri to‘qimasiga ta’sir etadigan asosiy komponentlari, titrlanadigan kislotaligi va titrlanadigan kislotalikning vaqt davomida o‘zgarishi tajribaviy usullar orqali aniqlangan va  mazkur parametlar asosida qorako‘l terilariga ishlov berishning texnologiyasi  ishlab chiqilgan;
Sut zardobi bilan ishlov berish  natijasida tola o‘ramlarining  elementar tolalarga bo‘linishi, derma strukturaviy komponentlari tarkibidagi mukopolisaxaridlarning hamda teri to‘qimasiga xos bo‘lgan balast oqsillarning ajralishi spektroskopik tahlillar va elektron mikroskopiya asosida aniqlangan;
Sut zardobi tarkibidagi  kislotalar ta’sirida teri to‘qimasi   o‘tkazuvchanligining oshishi va  kimyoviy  faollashishi natijasida  oshlovchi moddalar bilan  barqaror bog‘lanishlarni shakllantirishi infra-qizil spektroskopiya (FTIR) tahlillari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Qorako‘l terilarini sut sanoati chiqindisi-sut zardobi bilan achitish texnologiyasi hamda  uning strukturasida komformasion o‘zgarishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qorako‘l terilarini sut zardobi bilan achitib ishlov berishning  resurs tejamkor texnologiyasi  keng ko‘lamli tajriba-sanoat sinovlaridan o‘tkazilgan va “Mexovaya Moda” MChJ hamda “Omad Aziz” OK ishlab chiqarish korxonalarida   joriy qilingan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 24.07.2024 yil AS-7/2154-son ma’lumotnomasi). Natijada, achititish suyuqligi sifatida sut zardobi qo‘llanganda qorako‘l mo‘ynalarining yumshoqligi va elastikligini oshishiga, cho‘zilishdagi mustahkamlik ko‘rsatgichini 6,8 % ga  va maydon chiqimini  7,3 %  ga oshirishga erishilgan;
Ekologik tamoyillarga asoslangan holda sut mahsulotlari chiqindilaridan samarali foydalanib qorako‘l terilarining sifatini oshirishga qaratilgan yangi ishlov berish texnologiyasi “Mexovaya Moda” MChJ hamda “Omad Aziz” OK korxonalarining texnologik reglamentlariga  integratsiya qilingan   va ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 24.07.2024 yil AS-7/2154-son ma’lumotnomasi). Natijada, sut zardobining samarali ta’siri  achitish jarayoni davomiyligini  qisqartirishga,suv iste’moli va oqova suvlar hajmini kamaytirish va mahsulot tannarxini  pasaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish