Xasanov Kamoliddin Akmal o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pikabur korpusi detalini shtamplash uskunasi yordamida radial siqish usuli bilan ishlab chiqarishni tadqiqot qilish va texnologik jarayonini ishlab chiqish”, 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3914
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Allanazarov Akmal Abdulxaqovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pikabur korpusi tipidagi detallarni issiq holatda radial siqib chiqarish (hajmiy shtamplash) usulini joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish va energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zagotovka hajmiga bog‘liq kuchlanishlar taqsimotini tahlil qilish natijasida silindrik zagotovkalardan flanesli pokovkalar olish uchun mo‘ljallangan siqib chiqarishli shtamplashning takomillashtirilgan texnologik jarayoni ishlab chiqilgan;
metal bilan shtamp orasidagi ishqalanish ko‘rsatkichlarini hisobga olish asosida jarayonning kuch-quvvat parametrlarini aniqlovchi deformatsiya kuchi, oquvchanlik kuchlanishi, shakl o‘zgarish ishi va tezligi ifodalari ishlab chiqilgan;
radial siqish jarayonida kuchlanish va deformatsiya taqsimotlarini tahlil qilish natijalari asosida jarayonning aniqligi va barqarorligini ta’minlovchi eksperimental shtamp uskunasi loyihalangan;
shtamplash jarayonida harorat o‘zgarishi, metall oqimi va deformatsiya jarayonlarini tahlil qilish asosida nuqsonlarni aniqlash va ularni oldini olish imkonini beruvchi natijalar chekli elementlar usuli bilan olib borilgan raqamli modellashtirish natijasida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Flanesga ega bo‘lgan o’qsimmetrik shakldagi detallarni kombinatsiyalangan siqib chiqarishli shtamplash texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va tadqiqot qilish bo’yicha olingan natijalar asosida:
issiq holatda hajmiy shtamplashning radial siqib chiqarish usuli “Geoburtexnika” MChJda joriy qilingan. (“Geoburtexnika” MChJ korxonasining 20.02.2025 yildagi 25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 1 ta detal tayyorlash uchun ketadigan metall sarfi 20-22 % ga kamaygan;
QForm dasturida “Pikabur korpusi” detalining kompyuter modeli “Geoburtexnika” MChJda joriy qilingan. (“Geoburtexnika” MChJ korxonasining 20.02.2025 yildagi 25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shtamplash jarayonida vujudga keladigan nuqsonlarni aniqlash darajasi 10-12% ga oshgan;
chiqindisiz ikki tomonlama deformatsiyalovchi radial siqib chiqarish texnologiyasi “Geoburtexnika” MChJda joriy qilingan. (“Geoburtexnika” MChJ korxonasining 20.02.2025 yildagi 25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mavjud operatsiyalar soni 4 tadan 1 taga kamaygan;
shtamplash uskunasining konstruksiyasi “Geoburtexnika” MChJda joriy qilingan. (“Geoburtexnika” MChJ korxonasining 20.02.2025 yildagi 25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 1 partiya detallarini olish uchun sarflanadigan vaqt 1,3-1,4 martaga kamaygan.