Jumabekov Bobur Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Harakatlanuvchi tarkibga ehtiyoj va ishonchlilikni hisoblash asosida yuk tashish samaradorligini ta’minlash usullarini ishlab chiqish” 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish” va 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4743
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Mansurov Yulbarsxon Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kadirbekova Kutpinisa Karimovna – texnika fanlari doktori, dotsent; Radjibaev Davran Oktambaevich– texnika fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston iqtisodiyotining yuk vagonlariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash, detallar va konstruksiyalarning xizmat muddatini uzaytirishni ta’minlovchi texnik va texnologik echimlarni ishlab chiqish, shuningdek, harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishning iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ekspluatatsiya ko‘rsatkichlari dinamikasi, tashish hajmining o‘zgaruvchanligi va harakatlanuvchi tarkibning texnik holati omillarini kompleks hisobga olgan holda, vagonlar parkiga bo‘lgan ehtiyojni yuqori aniqlikda bashorat qilish imkonini beradigan analitik model ishlab chiqilgan;
harakatlanuvchi tarkib ishonchlilik ko‘rsatkichlarini yuk vagonlari asosiy uzellarining ishdan chiqishi va ularni tiklash jarayonlarini inobatga olgan holda bashorat qilish imkonini beruvchi ehtimoliy-statistik modellashga asoslangan algoritm ishlab chiqilgan;
plazma-elektrolitik oksidlash texnologiyasi ilk bor po‘lat qotishmalar uchun sinovdan o‘tkazilib, harakatlanuvchi tarkib detallari sirtini qoplashga mo‘ljallangan texnologik ishlov berish rejimlari ishlab chiqilgan;
po‘lat asosli konstruksion materiallar yuzasiga qo‘llangan PTFE-kompozision qoplamalarning ishqalanishga, mexanik ta’sir va korroziya muhitlariga nisbatan barqarorlik ko‘rsatkichlarini kompleks baholash asosida harakatlanuvchi tarkib detallari xizmat muddatini oshirish rejimlari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Harakatlanuvchi tarkibga ehtiyoj va ishonchlilikni hisoblash asosida yuk tashish samaradorligini ta’minlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
harakatlanuvchi tarkib ishonchliligini hisoblash imkonini beruvchi algoritm “O‘zvagonta’mir” AJ tasarrufidagi yuk vagonlarini ta’mirlash korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 10 iyundagi № 4/E805 ma’lumotnomasi asosida). Natijada yuk vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash jarayonlarida detallarning texnik holatini oldindan baholash, ehtimoliy nosozliklarni barvaqt aniqlash orqali butlovchi qismlarni o‘z vaqtida almashtirish imkonini bergan;
harakatlanuvchi tarkib detallarining mexanik xususiyatlarini oshirish va korroziyadan himoya qilishning takomillashtirilgan usuli “O‘zvagonta’mir” AJ tasarrufidagi yuk vagonlarini ta’mirlash korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 10 iyundagi № 4/E805 ma’lumotnomasi asosida). Natijada harakatlanuvchi tarkib detallarining xizmat muddatini 15 foizga oshirish imkonini bergan;
harakatlanuvchi tarkib detallari sirtini qoplashga mo‘ljallangan plazma-elektrolitik oksidlash texnologik ishlov berish rejimlari “O‘zvagonta’mir” AJ tasarrufidagi yuk vagonlarini ta’mirlash korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 10 iyundagi № 4/E805 ma’lumotnomasi asosida). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradolik 519 mln so‘mni tashkil etgan.