Mavlanov Adxamjan Axmadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Asinxron tortuv motorli elektr harakat tarkiblari yarim o‘tkazgichli tizimlarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini takomillashtirish; 05.08.05 – “Temir yo’llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/T5739
Ilmiy rahbar: Radjibaev Davran Oktambaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Otabek Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor;
Mirsaitov Mirziyod Mirozodovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi asinxron tortuv dvigateliga ega elektr harakat tarkibining yarimo‘tkazgichli tizimlarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zgartirgichning IGBT-modullari tok qiymatlari tortuv rejimidagi elektr jarayonlarining matematik modeli tuzatish koeffisientlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
IGBT-modul paketi ichidagi yarimo‘tkazgichli elementlar o‘rtasidagi o‘z-o‘zidan qizishning harorat sikllari va o‘zaro issiqlik aloqalarini aniqlash asosida kristallardagi issiqlik jarayonlarini prognozlash usuli tabiiy konveksiyani hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
tortish o‘zgartirgichida qo‘llaniladigan IGBT-modullardagi yarim o‘tkazgich kristallarining suyuqlik bilan sovitish tizimiga issiqlik uzatishni hisobga olgan holda maksimal qizish haroratlarini aniqlovchi modeli ishlab chiqilgan;
IGBT-modullar ishlash resursining issiqlik, elektr va vaqt ko‘rsatkichlarini, ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda, ekspluatatsion ishonchliligini oshirish imkonini beruvchi elektrovozning tortuv rejimini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asinxron tortuv dvigatelli elektr harakat tarkiblari yarimo‘tkazgichli tizimlarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida, turli rejimlarda yarimo‘tkazgichli tizimning IGBT-modullaridagi harorat jarayonlarning matematik modeli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi “O‘zbekiston” va “Qo‘qon” lokomotiv depolarida tortuv o‘zgartirgichning holatini bashorat qilish uchun amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-noyabrdagi №4/E1594 son ma’lumotnomasi). Natijada, poezdlarning harakatlanish grafigini buzish holatlari kamaytirilishiga erishilgan.
yarimo‘tkazgichli tizimlarning real ekspluatatsion sharoitlarni hamda mavsumiy faktorlarni inobatga oluvchi prediktiv dasturiy ta’minot “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi “O‘zbekiston” va “Qo‘qon” lokomotiv depolarida elektrovozning tortuv rejimlarini va poezd massasini tanlash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 5-noyabrdagi №4/E1594 son ma’lumotnomasi). Natijada, prediktiv diagnostika algoritmi elektrovozlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, rejadan tashqari nosozliklar sonini kamaytirishga hamda lokomotivning har bir seksiyasi bo‘yicha yiliga 42 million so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan.