Xoshimov Murodjon Solijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalq o‘yinlari orqali kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik usullari” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/Ped3207
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02
Rasmiy opponentlar:
Qurbonova Baxtixon Quchqarbaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Artikova Muhayyo Botiralievna pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot:Namangan davlat pedagogika instituti
II.Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalq o‘yinlari orqali kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xalq o‘yinlarining kognitiv (o‘rgatish, munosabatga kiritish, shakllantirish, baholash, ishontirish kabi) metokognitiv (shakliy, tarkibiy, imkoniyatli) omillari aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning amaldagi pedagogik shart-sharoitlari xalq o‘yinlariga asoslangan pedagogik jarayonning motivatsion, evristik, refleksiv bosqichlarida taklif etilgan interfaol ta’lim metodlarini ta’lim oluvchilarning rivojlanish vektoriga ularning individual ta’lim traektoriyasini aniqlash orqali moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalq o‘yinlari orqali kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modeli tushuntirish, hikoya, subat, kitob bilan ishlash, namoyish, tasvirlash, ekskursiya, na’muna, o‘yin, rag‘batlantirish kabi metodlarning xalq o‘yinlariga modifikatsion tarzda loyihalash va produktogenlik darajasi intensifikatsiyasini boyitish mantiqini belgilash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning kognitiv omillari real vaqt rejimida muloqotga kirishishning so‘z tanlash va qo‘llash, til va nutq madaniyati kabi lingvodidaktik usullarini xalq o‘yinlariga asoslangan ta’limiy-didaktik texnologiyalar tamoyillariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq o‘yinlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xalq o‘yinlarining kognitiv (o‘rgatish, munosabatga kiritish, shakllantirish, baholash, ishontirish kabi) metokognitiv (shakliy, tarkibiy, imkoniyatli) omillari aniqlashtirishga doir tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil
27 dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan № 297442 sonli nashr guvohnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning amaldagi pedagogik shart-sharoitlari xalq o‘yinlariga asoslangan pedagogik jarayonning motivatsion, evristik, refleksiv bosqichlarida taklif etilgan interfaol ta’lim metodlarini ta’lim oluvchilarning rivojlanish vektoriga ularning individual ta’lim traektoriyasini aniqlash orqali moslashtirish asosida rivojlantirish masalalari boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan № 297442 sonli nashr guvohnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning amaldagi pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalq o‘yinlari orqali kommunikativ kompetentligini takomillashtirish modeli tushuntirish, hikoya, subat, kitob bilan ishlash, namoyish, tasvirlash, ekskursiya, na’muna, o‘yin, rag‘batlantirish kabi metodlarning xalq o‘yinlariga modifikatsion tarzda loyihalash va produktogenlik darajasi intensifikatsiyasini boyitish mantiqini belgilash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar 2022-2023 yillarda II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish
va malaka oshirish markazi 2025-yil 02-dekabrdagi 1455-sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlari, bu boradagi o‘qituvchining faoliyat funksiyalarini aniqlashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning kognitiv omillari real vaqt rejimida muloqotga kirishishning so‘z tanlash va qo‘llash, til va nutq madaniyati kabi lingvodidaktik usullarini xalq o‘yinlariga asoslangan ta’limiy-didaktik texnologiyalar tamoyillariga integratsiyalash asosida rivojlantirishga doir tavsiyalardan Yoshlar telekanali — “Bolalar jamoasi” ko‘rsatuvi, Aqlvoy telekanali — “O‘yinlar bilan o‘rganamiz” ko‘rsatuvi, “Madaniyat va Ma’rifat” – xalq o‘yinlari, milliy qadriyatlar, tarbiya masalalariga oid ko‘rsatuvlari, “Sport” telekanali – bolalar uchun harakatli o‘yinlar va sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan bloklarda hamda “Bolajon” telekanali – boshlang‘ich yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yin-tarbiyaviy ko‘rsatuvlarda eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda (2022-2024-yillar) foydalanilgan.(O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining
2025-yil 22-yanvardagi 02-13-1874-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirish kognitiv omillarini tadqiq etishga erishilgan.