Karimov Rizomat Adashvoevichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarixiy geografiya fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10078.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Namozov Jurabek Abduazizovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Furqat Turakulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Yarmatov Raximboy Baxromovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tarixiy geografiya fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tarixiy geografiya fanining uslubiy-didaktik ta’minoti – fan mazmuni, o‘quv maqsadlari, ta’limiy vazifalari hamda mashg‘ulot shakllari kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida yangilangan hamda o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan uslubiy materiallar va texnologiyalar tizimi mazmunan takomillashtirilgan;
tarixiy geografiya fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning didaktik modeli maqsad, mazmuniy-metodologik, texnologik-jarayonli, baholash-monitoring va natijaviy komponentlar uzviyligida, kompetensiyaviylik, fanlararo integratsiya, vizuallashtirish, tarixiylik va davriylik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
tarixiy geografiya fanini o‘qitish metodikasi dars mashg‘ulotlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – elektron xaritalar, interaktiv platformalar, GAT (geografik axborot tizimlari) texnologiyalari, virtual laboratoriyalar kabi raqamli vositalardan samarali foydalanish hamda “Idrok xaritasi”, “Keys”, “Loyiha asosida o‘qitish”, “Klaster” kabi zamonaviy pedagogik va interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tarixiy geografiya fanini o‘zlashtirishda metodik model va o‘qitish metodikasini tajriba-sinov mashg‘ulotlariga tatbiq etish orqali ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan natijalar asosida o‘quv-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
tarixiy geografiya fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tarixiy geografiya fanining uslubiy-didaktik ta’minoti – fan mazmuni, o‘quv maqsadlari, ta’limiy vazifalari hamda mashg‘ulot shakllari kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida yangilangan hamda o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan uslubiy materiallar va texnologiyalar tizimini takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik texnologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 6-martdagi 491-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan №491249-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, o‘quv topshiriqlari va baholash vositalarini integratsiyalashgan holda tatbiq etish orqali ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga erishilgan.
tashkiliy-funksional elementlarni maqsad, mazmuniy-metodologik, texnologik-jarayonli, baholash - monitoring va natijaviy komponentlar uzviyligida, kompetensiyaviylik, fanlararo integratsiya, vizuallashtirish, tarixiylik va davriylik tamoyillari orqali tarixiy geografiya fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o‘qitish tizimini texnologiyalashtirishga doir takliflar OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021y) mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihadagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (Jizzax politexnika institutining 2021-yil 3-dekabrdagi 02-2000-2005-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda nafaqat nazariy bilimlar, balki tarixiy-makondagi ko‘nikmalar, mustaqil fikrlash va izlanish madaniyatini shakllanishiga erishilgan. 
tarixiy geografiya fanini o‘qitish metodikasi dars mashg‘ulotlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – elektron xaritalar, interaktiv platformalar, GAT (geografik axborot tizimlari) texnologiyalari, virtual laboratoriyalar kabi raqamli vositalardan samarali foydalanish hamda “Idrok xaritasi”, “Keys”, “Loyiha asosida o‘qitish”, “Klaster” kabi zamonaviy pedagogik va interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga integratsiyalash bo‘yicha takliflar “Pedagogik texnologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 6-martdagi 491-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan №491249-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Tarixiy geografiya” fanining mazmunini zamonaviy, interaktiv va kasbiy yo‘naltirilgan metodik materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan.
Tarixiy geografiya fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasiga oid olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari, ularning ilmiy-amaliy ishlanmalari hamda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, yosh avlodda ma’naviy-axloqiy tarbiya, milliy va tarixiy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirishga doir ilmiy xulosalar Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilayotgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 29-avgustdagi 342-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy-geografik bilimlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish