Allabergenov Nurbek Mo‘min o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda tovar-pul munosabatlari”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1975
Ilmiy rahbar: G‘aybulla Bollievich Boboyorov, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: O‘zRFA Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor, Bobojonov Baxtiyor Miraimovich va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) tarix kafedrasi professori,  tarix fanlari doktori, Ataxo‘jaev Azimxo‘ja Muzaffarovich
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyodagi tovar-pul munosabatlarini tahlil qilish orqali mintaqa xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va etnomadaniy tarixining muhim jihatlarini yoritish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
VI–VIII asrlarga tegishli O‘rta Osiyo tangalarining paleografiyasi (pahlaviycha yozuv), titulaturasi (“hoqon”), ikonografiyasi (yon tomonga qaragan tojdor hukmdor) va simvolikasi (otashdon, totem hayvonlar tasviri)ning numizmatik tahliliga ko‘ra Choch, Farg‘ona va Sug‘d tarixiy-geografik hududlarining G‘arbiy Turk xoqonligi boshqaruv markazi bo‘lgan Suyob (Ettisuv)ga geografik jihatdan yaqin bo‘lgani sababli ushbu hududlarda zarb qilingan tangalar qadimgi turk madaniyati ta’sirida, To‘xoriston, Buxoro va Xorazm tangalarining esa Sosoniylar Eroniga geografik jihatdan yaqin bo‘lgani uchun ko‘proq Eron madaniyati ta’sirida zarb qilingani isbotlangan;
G‘arbiy Turk xoqonligi davrida (568–740-yillar) Choch vohasida xoqonlik tomonidan tanga zarb qilinishi bilan birga, ayni vaqtning o‘zida ushbu vohada c’cynk xwβ “Choch hukmdori”, c’cynk tk’yn “Choch tegini”, c’cynk tδwn “Choch tuduni” kabi sulolalar tangalari muomalada bo‘lgani va buning negizida bu erda har bir boshqaruvchi sulola o‘z hokimiyati legitimliligini ifodalash uchun tanga zarb qildirgani, shuningdek, hududda tovar-pul munosabatlari faollashgani omili yotishi aniqlangan;
Ayrim tadqiqotchilar tomonidan prn βγy z’m shaklida o‘qilib, Zomin tangalari deb qaralgan sug‘diy yozuvli tangalarning o‘nlab nusxalari taqqoslanib, bunday tangalar turkumida “Zomin” toponimining uchramasligi, bu tip tangalarda ba’zi izlanuvchilar urg‘u berganidek, prn βγy pny “Ilohiy qut (egasining) tangasi” so‘zlari o‘rin olgani dalillangan;
G‘arbiy Turk xoqonligiga aloqador VI asr oxiri – VII asr boshlariga tegishli Sug‘d vohasida zarb etilgan  ko‘rinishdagi tamg‘a o‘rin olgan uzun sochli hukmdor tasvirli tangalarning bitta turida sug‘diy yozuvda xwβ twrnyn ’rp x’γ’n “Turon hukmdori Alp-xoqon” so‘zlari uchrashi isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda tanga-pul munosabatlari mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
VI–VIII asrlarga tegishli O‘rta Osiyo tangalarining paleografiyasi (pahlaviycha yozuv), titulaturasi (“xoqon”), ikonografiyasi (yon tomonga qaragan tojdor hukmdor) va simvolikasi (otashdon, totem hayvonlar tasviri)ning numizmatik tahliliga ko‘ra Choch, Farg‘ona va Sug‘d tarixiy-geografik hududlarining G‘arbiy Turk xoqonligi boshqaruv markazi bo‘lgan Suyob (Ettisuv)ga geografik jihatdan yaqin bo‘lgani sababli ushbu hududlarda zarb qilingan tangalar qadimgi turk madaniyati ta’sirida, To‘xoriston, Buxoro va Xorazm tangalarining esa Sosoniylar Eroniga geografik jihatdan yaqin bo‘lgani uchun ko‘proq Eron madaniyati ta’sirida zarb qilinganligi, ayrim tadqiqotchilar tomonidan prn βγy z’m shaklida o‘qilib, Zomin tangalari deb qaralgan sug‘diy yozuvli tangalarning o‘nlab nusxalari taqqoslanib, bunday tangalar turkumida “Zomin” toponimining uchramasligi, bu tip tangalarda ba’zi izlanuvchilar urg‘u berganidek, prn βγy pny “Ilohiy qut (egasining) tangasi” so‘zlari o‘rin olgani haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasi “Taqdimot” kursatuvining 2024-yil 17-apreldagi 02-31-519-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur dasturda keltirilgan Choch, Farg‘ona va Sug‘d vohalarining G‘arbiy Turk xoqonligi boshqaruv markazi bo‘lgan Suyob (Ettisuv)ga geografik jihatdan yaqin bo‘lgani sababli ushbu vohalarda zarb qilingan tangalar qadimgi turk madaniyati ta’sirida, To‘xoriston, Buxoro va Xorazm tangalarining esa Sosoniylar Eroniga geografik jihatdan yaqin bo‘lgani uchun ko‘proq Eron madaniyati ta’sirida zarb qilinganligi, shuningdek, Zomin tangalari deb qaralgan sug‘diy yozuvli tangalar turkumida “Zomin” toponimining uchramasligi kabi ma’lumotlar ko‘rsatuvni ilmiy dalillar bilan boyitish va uning ommabopligini ta’minlash bilan birga, mamlakatimiz tarixining yangi qirralarini xalqimizga etkazish, O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar davri tanga-pul munosabatlari to‘g‘risida yangi ma’lumotlar beradi.
G‘arbiy Turk xoqonligi davri (568–740-yillar)da Chochda xoqonlik tomonidan tanga zarb qilinishi bilan birga, ayni vaqtning o‘zida vohada c’cynk xwβ “Choch hukmdori”, c’cynk tk’yn “Choch tegini”, c’cynk tδwn “Choch tuduni” kabi sulolalar tangalari muomalada bo‘lgani va buning negizida ushbu hukmdorlikda tovar-pul munosabatlari faollashgani omili yotishi hamda G‘arbiy Turk xoqonligining VI asr oxiri – VII asr boshlariga tegishli Sug‘d vohasida zarb etilgan  ko‘rinishdagi tamg‘a o‘rin olgan uzun sochli hukmdor tasvirli tangalarning bitta turida sug‘diy yozuvda xwβ twrnyn ’rp x’γ’n “Turon hukmdori Alp-xoqon” so‘zlari o‘rin olgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi ma’lumotlar bazasini kengaytirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2024-yil 16-dekabrdagi 01-07/03-1094-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar turistik salohiyatni oshirishga, tarixiy obidalardan topilayotgan tangalarni aniq tahlil qilishda va shu orqali turizmning arxeologik yo‘nalish marshrutlarini ishlab chiqish dasturida foydalanishda qo‘l keladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish