Umurzakov Islom Ilxom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek musiqa san’ati rivojlanish tendensiyalarining falsafiy-madaniy tahlili” mavzusidagi 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyatshunoslik va madaniyat falsafasi) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fal1555
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Nishanova Ozoda Djalalitdinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent;
Rasmiy opponentlar: Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Begmatov Soyibjon Mahmudovich san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek musiqa san’ati rivojlanish tendensiyalarini falsafiy-madaniy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
musiqa madaniy fenomen, voqelikning universal modeli ekanligi, o‘z evolyusiyasida insonning ijtimoiy-madaniy tajriba prizmasi orqali rivojlanib borishi, borliqdagi o‘rni, ongning bevosita realligi sifatida sof shaklda mavjud bo‘lishi, u nafaqat estetik ifoda vositasi, balki ontologik jihatdan jamiyatning o‘zlikni anglash shakli ekanligi asoslangan;
o‘zbek musiqa san’ati madaniy meros va estetik qadriyat sifatida milliy identiklikni shakllantirish va mustahkamlashda muhim aksiologik ahamiyat kasb etishi, uning rivojlanish tendensiyalari madaniy meros va zamonaviy ijtimoiy jarayonlar o‘rtasidagi muvozanatni anglatishi falsafiy asoslangan hamda musiqaning madaniyatlararo dialog, madaniy interfeys, o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy taraqqiyot omili sifatidagi roli ochib berilgan;
jamiyatdagi estetik ehtiyoj, madaniy identiklik va ijtimoiy ongning in’ikosi sifatida musiqa san’ati har bir davrning turli ijtimoiy, ma’naviy va madaniy o‘zgarishlarini o‘zida ifoda etishi, har bir sivilizatsiya o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda musiqa san’atini o‘ziga xos tarzda boyitishi asoslangan hamda zamonaviy o‘zbek musiqasida yuz berayotgan transformatsiya jarayonlari gnoseologik yondashuv asosida tahlil qilinib, musiqaning bilish vositasi sifatidagi imkoniyatlari ochib berilgan;
o‘zbek musiqa san’atining jamiyat ma’naviy-axloqiy qiyofasiga ta’siri, yoshlar ma’naviy dunyosi, estetik didini boyitishdagi ahamiyati, ijtimoiy ong va madaniy diskurs bilan aloqasi va madaniy kommunikatsiyadagi o‘rni germenevtik yondashuv asosida ochib berilgan hamda o‘zbek musiqa san’ati nafaqat madaniy meros, balki epistemologik qadriyat sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek musiqa san’ati rivojlanish tendensiyalarining falsafiy-madaniy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
musiqa madaniy fenomen, voqelikning universal modeli ekanligi, o‘z evolyusiyasida insonning ijtimoiy-madaniy tajriba prizmasi orqali rivojlanib borishi, borliqdagi o‘rni, ongning bevosita realligi sifatida sof shaklda mavjud bo‘lishi, u nafaqat estetik ifoda vositasi, balki ontologik jihatdan jamiyatning o‘zlikni anglash shakli ekanligiga oid ilmiy g‘oyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Umr daftari” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 02-16/204-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘rsatuvni ilmiy faktlar bilan boyishiga xizmat qilgan;
o‘zbek musiqa san’ati madaniy meros va estetik qadriyat sifatida milliy identiklikni shakllantirish va mustahkamlashda muhim aksiologik ahamiyat kasb etishi, uning rivojlanish tendensiyalari madaniy meros va zamonaviy ijtimoiy jarayonlar o‘rtasidagi muvozanatni anglatishi hamda musiqaning madaniyatlararo dialog, madaniy interfeys, o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy taraqqiyot omili sifatidagi roliga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi yillik ish rejasining I bob 5-bandi hamda II bob 13-bandi ijrosida foydalanilgan (O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi davlat muassasasining 2024-yil 21-oktyabrdagi 01-12/564-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yillik ish reja ijrosi samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
jamiyatdagi estetik ehtiyoj, madaniy identiklik va ijtimoiy ongning in’ikosi sifatida musiqa san’ati har bir davrning turli ijtimoiy, ma’naviy va madaniy o‘zgarishlarini o‘zida ifoda etishi hamda har bir sivilizatsiya o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda musiqa san’atini o‘ziga xos tarzda boyitishi, zamonaviy o‘zbek musiqasida yuz berayotgan transformatsiya jarayonlari, musiqaning bilish vositasi sifatidagi imkoniyatlariga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida, jumladan, Jizzax viloyati Zomin shahrida II xalqaro Maqom san’ati anjumani doirasida o‘tkazilgan konferensiyada, shuningdek, Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 15-oktyabrdagi 03-12-20-/01-6195-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalari o‘tkazilgan tadbirlarni yangi ilmiy faktik ma’lumotlar bilan boyishi hamda yuqori saviyada o‘tishiga xizmat qilgan;
o‘zbek musiqa san’atining jamiyat ma’naviy-axloqiy qiyofasiga ta’siri, yoshlar ma’naviy dunyosi, estetik didini boyitishdagi ahamiyati, ijtimoiy ong va madaniy diskurs bilan aloqasi va madaniy kommunikatsiyadagi o‘rni, o‘zbek musiqa san’ati nafaqat madaniy meros, balki epistemologik qadriyat ekanligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, jumladan agentlikni 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 2.2-bob 21-bandi “O‘quvchilar va talabalar o‘rtasida madaniyat va san’at sohasida “Yoshlar ovozi” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish” hamda 2022-2023 yillarda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan “Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” tanlovining Toshkent shahar va respublika bosqichlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 27-sentyabrdagi 1-15-21-5087-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar mazkur yo‘nalishdagi yillik ish reja ijrosini sifatli ta’minlash hamda madaniyat sohasidagi natijalar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.