Bazarov Zakir Xonqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy sug‘urtani rivojlantirishning konseptual asoslari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.2.DSc/Iqt693
Ilmiy maslahatchi: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Haydarov Nizamiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy sug‘urtani rivojlantirishning konseptual asoslariga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
shaxsiy sugʻurta sohasida faoliyat yuritayotgan sugʻurta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda soligʻi boʻyicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytirish taklif etilgan;
jismoniy shaxslarning sug‘urta mukofotlarini oshirish maqsadida “Mehmonxonada yashayotgan shaxslarni (turistlarni) baxsiz hodisalardan sug‘urtalash” yangi shaxsiy sug‘urta mahsulotini joriy etish orqali sug‘urta mukofotlarini 15-20 foizlarga o‘sishga erishish taklif qilingan;
jismoniy shaxslarni baxsiz hodisalardan oilaviy kompleks sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mahsulotlarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali “Baxtli oila” sug‘urta polisini onlayn jismoniy shaxslarga sotish taklif qilingan;
shaxsiy sug‘urtaning afzalliklari, zamonaviy shaxsiy sug‘urta xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni, sug‘urta shartnomalarini tuzish va sug‘urta qoplamalarini (sug‘urta to‘lovlari) to‘lash tartibini, sug‘urta xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olganda sug‘urta to‘lovlari 10 foizgacha o‘sishi taklif qilingan.
sug‘urta agentlarini jalb qilgan holda, yangi va zamonaviy sotuv instrumentlari hisoblangan sug‘urta polislarini chakana sotish va polis sotib olgan mijozlarga
2–5% miqdorida cashback (naqd yoki bonus ball) orqali shaxsiy sug‘urta mahsulotlarini sotish kanallarini kengaytirish taklif etilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy sug‘urtani rivojlantirishning konseptual asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxsiy sugʻurta sohasida faoliyat yuritayotgan sugʻurta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda soligʻi boʻyicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytirish taklifi “Kafil sug‘urta” AJ tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (“Kafil sug‘urta” AJ ning 2025 yil 28 maygi №16/61-son ma’lumotnomasi). Natijada, sugʻurta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi oshadi, ularning investisiya salohiyati kengayadi hamda aholining shaxsiy sugʻurtaga bo‘lgan qiziqishi ortgan;
jismoniy shaxslarning sug‘urta mukofotlarini oshirish maqsadida “Mehmonxonada yashayotgan shaxslarni (turistlarni) baxsiz hodisalardan sug‘urtalash” yangi shaxsiy sug‘urta mahsulotini joriy etish orqali sug‘urta mukofotlarini 15-20 foizlarga o‘sishga erishish taklifi “Kafil sug‘urta” AJ tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan (“Kafil sug‘urta” AJ ning 2025 yil 28 maygi №16/61-son ma’lumotnomasi). Natijada 2024 yilda 1-klass bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urta, (umumiy sug‘urta sohasi) umumiy sug‘urta mukofotlari 219,5 mln, so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yilga mos davriga nisbatan +145,1 foizga oshgan;
jismoniy shaxslarni baxsiz hodisalardan oilaviy kompleks sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mahsulotlarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali “Baxtli oila” sug‘urta polisini onlayn jismoniy shaxslarga sotish taklifi “Kafil sug‘urta” AJ tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan (“Kafil sug‘urta” AJ ning
2025 yil 28 maygi №16/61-son ma’lumotnomasi). 2024 yilda 1-klasslar bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urta, (umumiy sug‘urta sohasi) umumiy sug‘urta majburiyatlari
330,0 mlrd, so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yilga mos davriga nisbatan 3,5 barobarga oshgan;
shaxsiy sug‘urtaning afzalliklari, zamonaviy shaxsiy sug‘urta xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni, sug‘urta shartnomalarini tuzish va sug‘urta qoplamalarini (sug‘urta to‘lovlari) to‘lash tartibini, sug‘urta xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olganda sug‘urta to‘lovlari 10 foizgacha o‘sish usullarni yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2021-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining hayot sug‘urtasi sohasini hamda shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilar uyushmasining 2025 yil 9 iyundagi №63-son ma’lumotnomasi). Natijada 2024 yilda 1,2 va 18 klasslar bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urta, (umumiy sug‘urta sohasi) umumiy sug‘urta to‘lovlari 50 901 mln, so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yilga mos davriga nisbatan +151,2 foizga oshgan;
sug‘urta agentlarini jalb qilgan holda, yangi va zamonaviy sotuv instrumentlari hisoblangan sug‘urta polislarini chakana sotish va polis sotib olgan mijozlarga
2–5% miqdorida cashback (naqd yoki bonus ball) orqali shaxsiy sug‘urta mahsulotlarini sotish kanallarini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2021-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining hayot sug‘urtasi sohasini hamda shaxsiy
sug‘urta turlarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilar uyushmasining 2025 yil 9 iyundagi №63-son ma’lumotnomasi). Natijada 2023 yilda 1,2 va 18 klasslar bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urta, (umumiy sug‘urta sohasi) umumiy sug‘urta mukofotlari 189 757 mln,so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yilga mos davriga nisbatan +148,4 foizga oshgan.