Qudratov Inomjon Nemat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida “yashil” moliyalashtirishni jadallashtirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5421.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Bank moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari faoliyatida “yashil” moliyalashtirish amaliyotining nazariy asoslari va amaliy holatini o‘rganish, ularning moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda banklarda “yashil” kreditlashni jadallashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan oshmagan “yashil” isteʼmol kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplab berish uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya to‘lab berish taklif eilgan;
kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida beriladigan kreditlar 5 mlrd so‘mgacha bo‘lganda, asosiy qarzni to‘lash uchun 7 oygacha imtiyozli davr belgilash va xarid qilingan yashil energiya uskunalari va quyosh panellari garov evaziga kredit berish taklif etilgan;
banklarda resurslarni oqilona joylashtirishda jalb etilgan mablag‘lar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasining o‘sish sur’ati jalb etilgan mablag‘lar o‘sish sur’atidan kamida 25 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash orqali, tijorat banklarida yashil moliya portfellarini optimallashtirish taklif etilgan;
ekologik tamoyillarni o‘zining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda yashil isteʼmol kreditini olishda chegirma taqdim etish taklif etilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida “yashil” moliyalashtirishni jadallashtirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan oshmagan “yashil” isteʼmol kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplab berish uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya to‘lab berish taklifi “Garant bank” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Garant bank” AJning 2025-yil 11-noyabrdagi 10/97-sonli ma’lumotnonamasi). Natijada, foiz stavkasining bir qismini kompensatsiya qilish orqali aholi uchun energiya tejamkor texnika, ekologik toza qurilish materiallari va boshqa yashil mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatlari kengaygan;
kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida beriladigan kreditlar 5 mlrd so‘mgacha bo‘lganda, asosiy qarzni to‘lash uchun 7 oygacha imtiyozli davr belgilash va xarid qilingan yashil energiya uskunalari va quyosh panellari garov evaziga kredit berish taklifi “Garant bank” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Garant bank” AJning 2025-yil 11-noyabrdagi 10/97-sonli ma’lumotnonamasi). Natijada, imtiyozli davr bilan beriladigan yashil kreditlar kichik va oilaviy biznesning barqaror rivojlanishini ta’minlab, moliyaviy risklarni kamaytiradi va ekologik toza texnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qilgan;
banklarda resurslarni oqilona joylashtirishda jalb etilgan mablag‘lar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasining o‘sish sur’ati jalb etilgan mablag‘lar o‘sish sur’atidan kamida 25 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash orqali, tijorat banklarida yashil moliya portfellarini optimallashtirish taklifi “Garant bank” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Garant bank” AJning 2025-yil 11-noyabrdagi 10/97-sonli ma’lumotnonamasi). Natijada, foiz stavkalarining mablag‘lar o‘sishidan 25% yuqori sur’atini ta’minlash orqali tijorat banklarida yashil moliya portfellari optimallashtiriladi, moliyaviy samaradorlik oshadi va ekologik barqaror loyihalarga investisiyalar kengaygan;
ekologik tamoyillarni o‘zining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda yashil isteʼmol kreditini olishda chegirma taqdim etish taklifi “Garant bank” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Garant bank” AJning 2025-yil 11-noyabrdagi 10/97-sonli ma’lumotnonamasi). Natijada, ekologik tamoyillarni kundalik hayotga joriy etgan shaxslarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish va ularga davlat xizmatlari hamda yashil iste’mol kreditlarida chegirmalar taqdim etish orqali, aholining ekologik ongini oshirgan.