Ibrohimov Boburjon Ravshanbek o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T3904
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Tursunbaev Sarvar Anvarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Texnika fanlari doktori, professor, Dunyashin N.S.; texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, Begatov J.M.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarbiy yuklanish ostida ishlaydigan cho‘yandan ishlab chiqiladigan mashinasozlik detallarining zarbiy qovushqoqligini oshirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolg‘alanuvchan cho‘yan qotishmasi tarkibiga kiritilgan nikel elementining cho‘yandagi kimyoviy elementlar bilan reaksiya aktivligining o‘zgarishi asosida bolg‘alanuvchi cho‘yanni modifikatsiyalash texnologiyasi shlab chiqilgan;
oq cho‘yanni induksion pechda suyuq holatda pech ichida ishlov berish texnologiyasi nikelning temir bilan ta’sirlanishi asosida olingan bolg‘alanuvchan cho‘yan quyish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
bolg‘alanuvchan cho‘yanni qum-gilli qolipga quyishning bimetall usuli cho‘yanni ikki bosqichli quyishda hosil bo‘ladigan issiqlik almashinuvdagi haroratlar farqi asosida ishlab chiqilgan;
bolg‘alanuvchan cho‘yandan olingan quyma mahsulotlarga past haroratda termik ishlov berishning austenizatsiyalash texnologiyasi ushbu haroratda austenite hosil qilish shartlarining chegaraviy qiymatlari asosida ishlab chiqilgan;
bolg‘alanuvchan cho‘yandan olingan quyma mahsulotlarning zarbiy qovushqoqligini ta’minlaydigan termik ishlov berish texnologiyasi zarbiy qovushqoqlikning qiymatiga ishlov berish haroratining yuza qattiqligiga ta’sir qilishga bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolg‘alanuvchan cho‘yanni induksion pechida modifikatsiyalash texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChB ga joriy qilingan (NKMK AJning 2025 yil 29 apreldagi 23/01-01-07/325-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida qotishmaning zarbiy qovushqoqligi 7-8% ga ortgan;
Bolg‘alanuvchan cho‘yanni qum-gilli qolipga quyishning bimetall usuli “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChB ga joriy qilingan (NKMK AJning 2025 yil 29 apreldagi 23/01-01-07/325-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida cho‘yanning qattiqligi 7-9% ga ortgan;
Bolg‘alanuvchan cho‘yandan olingan quyma mahsulotlarga past haroratda termik ishlov berishning austenizatsiyalash texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChB ga joriy qilingan (NKMK AJning 2025 yil 29 apreldagi 23/01-01-07/325-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida cho‘yanning cho‘zishdagi mustahkamligi 4-6% ga ortgan.