Barakaev Faxriddin Najmiddinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4665
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Texnika fanlari doktori, dotsent, Xoliqulov U.K.
Texnika fanlari doktori, dotsent, Xudayarov S.R.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zanglamas po‘latlardan quyma usulida olinadigan mashinasozlik detallarining eyilishbardoshligini oshirish va termik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyma detallarni ta’mirlash jarayonida ularning eyilishga bardoshligini oshirish uchun ishlatiladigan materiallarning optimal tarkibi ta’mirlanayotgan zonadagi materialning kimyoviy tarkibi bilan ishlatilayotgan material orasida yuqori haroratlarda kechayotgan kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladigan birikmalarning eyilishbardoshlik xossalari asosida ishlab chiqilgan;
zanglamas po‘lat detallariga pechdan tashqari termik ishlov berish meʼyorlari, ishlov berilayotgan detallarni termik pechlarga yuklash jarayonida texnologik uzlyuksizlikni taʼminlash, struktura shakllanishini barqaror boshqarish va issiqlik siklning samaradorligini oshirish asosida ishlab chiqilgan;
zanglamas po‘latlardan olinadigan detallarni tiklanayotgan qism va ishlov berish materiali o‘rtasida hosil bo‘ladigan kimyoviy birikmalarning fizik-kimyoviy xossalari, ularning barqarorligi va o‘zaro taʼsir mexanizmlari asosida ishlab chiqilgan;
zanglamas po‘latlarni induksion pechlarda suyuqlantirishning energetejamkor rejimi pech ichida qoldiriladigan suyuq metalning haroratini barqaror saqlab turish rejimiga qo‘yiladigan texnologik talablarni meʼyorlash asosida, issiqlik yo‘qotishini minimallashtiruvchi va elektr quvvati sarfini optimallashtiruvchi parametrlari asosida ishlab chiqilgan;
zanglamas po‘latlarni induksion pechida ushlab turish rejimi suyuq qotishmaning harorati, pechdagi hajmi va issiqlik yo‘qotish koeffisientining pech futerovkasi materialiga bog‘liqligi asosida, ular o‘rtasidagi o‘zaro termodinamik va teplofizik munosabatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. quyma detallarning ta’mirlash jarayonida ularning eyilishga bardoshligini oshirish uchun ishlatiladigan materiallarning tarkibi “Nasos ta’mirlash” MChJ ga joriy qilingin («O‘zR suv xo‘jaligi Vazirligining Amu-Buxoro Mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi»ning 2023 yil 18 apreldagi №03-721-son ma’lumotnomasi). Natijada detallarning eyilishbardoshligi 8-10% ga oshgan;
zanglamas po‘lat detallariga pechdan tashqari termik ishlov berish me’yorlari “Nasos ta’mirlash” MChJ ga joriy qilingin («O‘zR suv xo‘jaligi Vazirligining Amu-Buxoro Mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi»ning 2023 yil 18 apreldagi №03-721-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berishdagi energiyatejamkorlik 11-13% ga oshgan;
zanglamas po‘latlardan olinadigan detallarni tiklashning yangi texnologiyasi “Nasos ta’mirlash” MChJ ga joriy qilingan (“O‘zR suv xo‘jaligi Vazirligining Amu-Buxoro Mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi”ning 2023 yil 18 apreldagi №03-721-son ma’lumotnomasi). Natijada detallarning xizmat muddati 7-8%ga oshgan.