Xudayarova Dilnoza Shavkatovnaning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Komil Xorazmiy she’riyatining janrlari poetikasi 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4815
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Boltaeva Gulchehra Shokirovna, filologiya fanlari doktori (DSc); Saidjanova Zebo Komilovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Komil Xorazmiy ijodida lirik janrlarning tutgan o‘rni, asosiy xususiyatlari, yangilanishi va badiiy takomili qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Komil Xorazmiy she’riyatining janriy xossalari belgilanib, mumtoz adabiyotning o‘n uch janrida ijod qilgani, g‘azal, qasida, masnaviy,  musammat, mustazod, muammo, ta’rix va ruboiy kabi janrlarning kanonik xususiyatlarini saqlagan holda poetik mazmun va shaklni yangilagani dalillangan;
ijodkor lirik merosining mavzu doirasi adabiy-estetik mezonlar asosida ishqiy, ijtimoiy va ma’rifiy she’rlar tarzida tasniflanib, nazmiy asarlarida mumtoz adabiy an’analar bilan bir qatorda yangicha ma’rifatparvarlik g‘oyalari badiiy sintez qilingani isbotlangan; 
shoir g‘azalni shakliy jihatdan yangilagani, jumladan, aksar g‘azallarini matla’dan maqta’gacha takrir, talmeh, savol-u javob kabi yagona san’at asosiga qurgani, ayniqsa, kitobat san’atining nodir namunasini yaratgani, bu orqali hayot falsafasini badiiy kashfiyot darajasida ifodalagani ochib berilgan; 
Komil Xorazmiyning qasida, masnaviy, musammat va mustazodlari hamda kichik janrlardagi she’rlarida lafziy, ma’naviy va mushtarak san’atlar mahorat bilan qo‘llangani, qasidalarida davrning ijtimoiy muammolari ham aks etgani, “So‘yla manga, ey sanam, kimni sevar yorisan?” ifodasi Komildan keyin Xorazm adabiy muhitida turkum she’rlar yaratilishiga ijodiy ta’sir ko‘rsatgani asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyadagi Komil Xorazmiy she’riyatining janriy xossalari belgilanib, mumtoz adabiyotning o‘n uch janrida ijod qilgani, g‘azal, qasida, masnaviy,  musammat, mustazod, muammo, ta’rix va ruboiy kabi janrlarning kanonik xususiyatlarini saqlagan holda poetik mazmun va shaklni yangilagani dalillangani; ijodkor lirik merosining mavzu doirasi adabiy-estetik mezonlar asosida ishqiy, ijtimoiy va ma’rifiy she’rlar tarzida tasniflanib, nazmiy asarlarida mumtoz adabiy an’analar bilan bir qatorda yangicha ma’rifatparvarlik g‘oyalari badiiy sintez qilingani isbotlangani bilan bog‘liq xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida amalga oshirilgan AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qo‘qon universitetining 2025-yil 12-apreldagi 01-03\55-sonli ma’lumotnomasi). Natijada veb-sayt va elektron platforma yangi nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.
shoir g‘azalni shakliy jihatdan yangilagani, jumladan, aksar g‘azallarini matla’dan maqta’gacha takrir, talmeh, savol-u javob kabi yagona san’at asosiga qurgani, ayniqsa, kitobat san’atining nodir namunasini yaratgani, bu orqali hayot falsafasini badiiy kashfiyot darajasida ifodalagani ochib berilganiga doir xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan FA-A1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 14-apreldagi 59/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi tahliliy qarashlar asosida takomillashtirilgan. 
  Komil Xorazmiyning qasida, masnaviy, musammat va mustazodlari hamda kichik janrlardagi she’rlarida lafziy, ma’naviy va mushtarak san’atlar mahorat bilan qo‘llangani, qasidalarida davrning ijtimoiy muammolari ham aks etgani, “So‘yla manga, ey sanam, kimni sevar yorisan?” ifodasi Komildan keyin Xorazm adabiy muhitida turkum she’rlar yaratilishiga ijodiy ta’sir ko‘rsatgani asoslanganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan “Xorazm” teleradiokanali DM tomonidan tayyorlangan “Adabiy muhit”, “Assalom, Xorazm” nomli dasturlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan hamda mavzu tadqiqotchi bilan bevosita suhbat asosida yoritilgan (“Xorazm” teleradiokanali DMning 2025-yil 16-apreldagi 112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar adabiy-ma’rifiy jihatdan yuqori saviyada bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish