Kidirbaev Baxram Yuldashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Globallashuv va urbanizasiya sharoitida turar-joy va jamoat binolarining milliy arxitekturasini shakllantirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/A32.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.07.2024.A.20.11 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultanova Dilshoda Namazovna, arxitektura fanlari doktori, professor; Shoisoev Izatullo Kenjaevich, arxitektura fanlari doktori, dotsent; Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma'mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy an’analar, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni, shuningdek, zamonaviy globallashuv va urbanizasiya jarayonlarining ta'sirini inobatga olgan holda turar-joy, aholi yashaydigan hududlar va jamoat binolarini me'moriy loyihalashning uslubiy asoslarini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston uy-joylarining takomillashuvi qadimgi davrdan so‘nggi o‘rta asrlargacha to‘rtta asosiy rivojlanish bosqichida bo‘lganligi asoslanib, qadimgi davr (sinchli uylar, yarim erto‘lali uylar), antik davr (“dalon” (yoʻlak)ning paydo bo‘lishi), o‘rta asrlar (markaziy yoʻlak, ikkinchi qavat va markazlashgan reja), so‘nggi o‘rta asrlar (yarim erto‘ladan er usti qurilishiga o‘tish jarayoni) davrlarining o‘ziga xos konstruktiv-rejalashtirish xususiyatlari aniqlangan;
jamoat binolari arxitekturasining evolyusiyasi qadimgi va ilk o‘rta asrlar (ibodat maskanlari, bozor maydonlari, himoya devorlarning shakllanishi), o‘rta asrlar, xonliklar va Rossiya imperiyasi davri (madrasalar, jome masjidlari, xon saroylari, ma'muriy binolar qurilishi), sovet davriga (madaniy saroylar, teatrlar, klublar, maktablar, shifoxonalar, ma'muriy binolar, yirik savdo do‘konlari) ajratilib, har bir davr uchun yetakchi bo‘lgan binolar turlari va ularning asosiy me'moriy xususiyatlari aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston turar-joy binolari arxitekturasida milliy an’analarni saqlab qolish imkonini beruvchi an’anaviy qurilish materiallaridan foydalanish, ichki hovli kabi an’anaviy rejalarni hamda konstruksiyalarni qo‘llash muhim yoʻnalishlar sifatida asoslangan;
qulay va barqaror shahar muhitini yaratishga qaratilgan komplekslilik va ko‘p funksiyalilik (inklyuziv dizayn), infratuzilma, madaniy o‘ziga xoslik, moslashuvchanlik, jamoatchilik ishtiroki va shahar muhiti sifati kabi asosiy tamoyillar belgilangan;
Qoraqalpog‘istonning tabiiy-iqlim sharoitlari (mahalliy tuproqning sho‘rlanganligi) hisobga olingan holda, landshaft dizaynining sun’iy maysazorlar yaratish, “modulli bog‘lar”ni shakllantirish, yashil parterlarga “topiar san’ati” shakllarini berish, zamonaviy “fito-plastika” va “artlandshaftlar”ning badiiy-texnik elementlarini qo‘llash kabi zamonaviy usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv va urbanizasiya sharoitida turar-joy va jamoat binolarining milliy arxitekturasini shakllantirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida) buyicha olib borilgan natijalar asosida:
Qoraqalpog‘istonda uy-joy qurilishining eng qadimgi davrlardan to so‘nggi o‘rta asrlargacha rivojlanishi to‘rt bosqichda: qadimgi (karkasli uylar, yarim erto‘lalar), antik ("dolon"ning paydo bo‘lishi), o‘rta asrlar (markaziy yoʻlak, ikkinchi qavat, markazlashgan reja) va so‘nggi o‘rta asrlar (er usti qurilishiga o‘tish) bosqichlarida kechganligi asoslangan tadqiqot natijalari, shuningdek qadimgi davrdagi ibodatxonalar, bozor maydonlari va mudofaa devorlaridan tortib, xonliklar davridagi madrasalar, masjidlar, saroylar va ma'muriy binolar, sovet davridagi madaniy-ma'rifiy va jamoat inshootlari me'morchiligi evolyusiyasini aks ettiruvchi materiallar Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublika boshqarmasining 2025 yil 4-noyabrdagi 01-03/04-717-son ma'lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston turar-joy qurilishining qadimgi davrdan so‘nggi o‘rta asrlargacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlarini asoslash va jamoat binolari arxitekturasining evolyusiyasini aniqlash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston turar-joy binolari arxitekturasida milliy an’analarni saqlab qolishning muhim yoʻnalishi sifatida an’anaviy qurilish materiallari, rejalashtirish va konstruksiyalardan foydalanishni asoslash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari, shuningdek, zamonaviy shahar muhitini shakllantirish tamoyillari - komplekslilik, ko‘p funksiyalilik, madaniy o‘ziga xoslik, moslashuvchanlik, jamoatchilik ishtiroki va qulay va barqaror makonni yaratishga qaratilgan muhit sifatini oshirish, shahar muhitining ekologik barqarorligi va estetik ifodasini ta'minlaydigan landshaft dizaynining zamonaviy usullari: sun’iy maysazorlar, modulli bog‘lar, topiar shakllar, fitoplastika va art-landshaftlar xususidagi takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan hamda hududning turar-joy va jamoat binolarini loyihalash, rekonstruksiya qilish va obodonlashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 24-oktyabrdagi 04-07/01-3650-son ma'lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston arxitekturasida milliy an’analarni saqlashga, an’anaviy materiallar va rejalashtirish, shuningdek, landshaft dizaynining zamonaviy usullaridan foydalanish, qulay va barqaror shahar muhitini yaratishga qaratilgan ilmiy asoslangan yondashuvlarni joriy etish imkonini bergan;
mahalliy iqlim va ekologik sharoitdan kelib chiqib, landshaft dizaynida “modulli bog‘lar” tizimi, fitoplastika va artlandshaft elementlaridan foydalanish kabi ishlab chiqilgan innovasion usullar Nukus shahrining «Boz Auil» MFY hududida qurilishi rejalashtirilgan “Yangi Oʻzbekiston bog‘i” loyihasida milliy naqshlardan foydalanish, aholining urbanistik odatlarini hisobga olish va zamonaviy me'moriy echimlarni uyg‘unlashtirishda, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi shaharsozligida zamonaviy landshaft arxitekturasi va milliy an’analarni uyg‘unlashtirish uchun ilmiy-amaliy asos sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 24-oktyabrdagi 04-07/01-3650-son ma'lumotnomasi; “O‘zshaharsolik LITI” Davlat muassasasi Qoraqalpog‘iston filialining 2025 yil 16-oktyabrdagi 01-01/09-son dalolatnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi shaharsozligi amaliyotida milliy an’analar va zamonaviy landshaft arxitekturasi yondashuvlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan me'moriy echimlar shakllantirildi hamda ular ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston turar-joy binolari arxitekturasida milliy an’analarni saqlab qolish imkonini beruvchi an’anaviy qurilish materiallaridan foydalanish, ichki hovli kabi an’anaviy rejalar va konstruksiya echimlarini joriy etish, shu bilan birga, qulay va barqaror shahar muhitini yaratishga qaratilgan komplekslilik, ko‘p funksiyalilik (inklyuziv dizayn), infratuzilma, madaniy o‘ziga xoslik, moslashuvchanlik va jamoatchilik ishtiroki kabi tamoyillar asosida shahar va turar-joy muhitining zamonaviy modellari ishlab chiqilganligiga oid takliflar Nukus shahri markaziy A.Dosnazarov ko‘chalaridagi turar-joy binolarini amaliy loyihalash jarayonida “Arxanglegroup” MChJ faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 24-oktyabrdagi 04-07/01-3650-son ma'lumotnomasi; “Arxanglegroup” MChJning 2025 yil 20-sentyabrdagi 252/1-son dalolatnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida milliy arxitekturani zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish, shahar muhitining estetik, madaniy va funksional sifatini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy natijalarga erishilgan.