G‘aybulloev Baxtishod Baxshulo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va rivojlanish tarixi”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/San138.
Ilmiy rahbar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nigora G‘anievna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Abduvohidov Faxriddin Meligalievich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va rivojlanish tarixini ijtimoiy, madaniy-tarixiy, nazariy hamda metodologik omillar kesimida yoritib, ushbu jarayonning asosiy bosqichlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro amirligi davrida an’anaviy teatr shakllari – masxarabozlik, qo‘g‘irchoqbozlik, sozandalik, xonandalik va qissaxonlik kabi xalq ijrochilik madaniyatining rivojlangani natijasida XX asrning boshlarida Buxoroda ilk professional drama truppasi tashkil topib, keyinchalik Buxoro viloyati musiqali drama teatriga aylangani aniqlangan;
XX asr boshlarida Buxoro teatri tarkibida faoliyat yuritgan yahudiy truppaning o‘zbek jamoasi bilan o‘zaro ijodiy ta’siri asosida teatrning sahna madaniyati, dramaturgiyasi hamda aktyorlik ijro uslubida yangi realistik obraz yaratish usullari, sahna nutqi madaniyatiga e’tiborning kuchayishi, mizanssena va sahna harakatini zamonaviylashtirish, dramaturgik konfliktni teran ifodalash hamda personaj psixologiyasini ochishga yo‘naltirilgan ijro uslubi kabi yangi badiiy tendensiyalar shakllanib, Buxoro teatri milliy sahna san’atining rivojlanishida muhim bosqichni tashkil etgani isbotlangan;
Buxoro teatri sahna asarlarini yaratishda mahalliy xalq og‘zaki ijodi – latifabozlik, badihago‘ylik, hikmat va maqollar, shuningdek, urf-odatlar, kuy-qo‘shiqlar va mahalliy shevaning ifodaviy imkoniyatlaridan foydalanish natijasida Buxoro teatri sahna nutqi, obrazlar tizimi va sahna ifodasida o‘ziga xos mahalliy kolorit va milliy uslub shakllangani dalillangan;
Homid Mahmudov tojik teatrning ilk jamoasini shakllantirib, uning faoliyati orqali tojik teatrida o‘zbek sahna san’atiga xos ijro uslubi, sahna nutqi va mizanssena madaniyatini mustahkamlagani, shuningdek, o‘zbek teatrini tojik dramaturgiyasidagi lirik-psixologik obraz yaratish va maishiy sahna ifodasi borasidagi tajriba bilan boyitishga erishgani natijasida ikki xalq teatr san’atining badiiy uslub va ifoda vositalari yaqinlashgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va rivojlanish tarixi tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro teatri sahna asarlarini yaratishda mahalliy xalq og‘zaki ijodi – latifabozlik, badihago‘ylik, hikmat va maqollar, shuningdek, urf-odatlar, kuy-qo‘shiqlar va mahalliy shevaning ifodaviy imkoniyatlaridan foydalanish natijasida Buxoro teatri sahna nutqi, obrazlar tizimi va sahna ifodasida o‘ziga xos mahalliy kolorit va milliy uslub shakllangani dalillangan bo‘lib, ushbu yondashuv 2025-yilda sahnalashtirilgan “Buxoroga sayohat” spektaklini badiiy va g‘oyaviy jihatdan takomillashtirishda samarali qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 30-otkabrdagi 02-12-17-6324-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Buxoro viloyati musiqali drama teatri repertuarining ijodiy va g‘oyaviy asosini mustahkamlashda va umuman o‘zbek teatri amaliyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, sahna ijodkorlarida mahalliy xalq og‘zaki ijodi, urf-odatlar, kuy-qo‘shiqlar va shevaning ifodaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgan;
Homid Mahmudov tojik teatrning ilk jamoasini shakllantirib, uning faoliyati orqali tojik teatrida o‘zbek sahna san’atiga xos ijro uslubi, sahna nutqi va mizanssena madaniyatini mustahkamlagani, shuningdek, o‘zbek teatrini tojik dramaturgiyasidagi lirik-psixologik obraz yaratish va maishiy sahna ifodasi borasidagi tajriba bilan boyitishga erishgani natijasida ikki xalq teatr san’atining badiiy uslub va ifoda vositalari yaqinlashgani aniqlangani O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tomonidan 2025-yil 25-sentyabrda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Fayzullo Karomatlining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ilmiy jihatdan asoslab berilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 01-04/69-190-con ma’lumotnomasi). Natijada professor Fayzullo Karomatlining ijodiy yo‘nalishi bilan uyg‘un bo‘lib, o‘zbek va tojik san’ati o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va tadqiqotchining ilmiy izlanishlari ma’naviy jihatdan e’tirof etilgan;
Buxoro amirligi davrida an’anaviy teatr shakllari – masxarabozlik, qo‘g‘irchoqbozlik, sozandalik, xonandalik va qissaxonlik kabi xalq ijrochilik madaniyatining rivojlangani natijasida XX asrning boshlarida Buxoroda ilk professional drama truppasi tashkil topib, keyinchalik Buxoro viloyati musiqali drama teatriga aylangani aniqlangani va XX asr boshlarida Buxoro teatri tarkibida faoliyat yuritgan yahudiy truppaning o‘zbek jamoasi bilan o‘zaro ijodiy ta’siri asosida teatrning sahna madaniyati, dramaturgiyasi hamda aktyorlik ijro uslubida yangi realistik obraz yaratish usullari, sahna nutqi madaniyatiga e’tiborning kuchayishi, mizanssena va sahna harakatini zamonaviylashtirish, dramaturgik konfliktni teran ifodalash hamda personaj psixologiyasini ochishga yo‘naltirilgan ijro uslubi kabi yangi badiiy tendensiyalar shakllanib, Buxoro teatri milliy sahna san’atining rivojlanishida muhim bosqichni tashkil etgani isbotlanganini asoslovchi ilmiy xulosalarlan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Tarix maydoni” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 28-oktyabrdagi 01-33/810-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlar tomoshabinda Buxoro teatri tarixi haqida aniq tasavvur hosil qilishga hamda estetik qarashlarini shakllantirishga xizmat qilgan.