Fayzullaev Rustam Xamraevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i va nomi): “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini modulli-reyting ta’lim asosida takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped858.

Ilmiy rahbar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mullaxmetov Radik Gilazovich,  pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadibo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini o‘qitishning modul-reyting ta’lim asosida takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kasb ta’limi jarayonida o‘qitishning modul-reyting texnologiyasini joriy etish tamoyillari (ixchamlashtirish, tuzilmalashtirish, reytinglash, muntazam baholash) asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetentligining tashkil-tuzilmaviy komponentlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv, kreativ) mazmunan takomillashtirilgan;

umumkasbiy va ixtisoslik fanlari modul birliklaridagi texnik bilimlarni kompyuter texnologiyalari asosida integratsiyalash, tizimli kvantlash va kognitiv vizuallashtirish orqali modulli bilish dasturi mazmuni takomillashtirilgan;

bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini o‘qitishning modul-reyting, “Case-Problem-Method”, “Case-Incident-Method” ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik tuzilmasi ishlab chiqilgan;

bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida o‘quv-bilish kompetentligining takomillashganligi darajasini baholash mezonlari (kognitiv, faoliyatiy, motivatsion, kraetiv) va usullari (nazariy, texnik, ijodiy, modul-reyting tizimi, asssisment, kvalimetrik) muntazamlik, izchilik va bosqichma-bosqich tamoyillari asosida rivojlantirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini modulli-reyting ta’lim asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:

kasb ta’limi jarayonida o‘qitishning modul-reyting texnologiyasini joriy etish tamoyillari (ixchamlashtirish, tuzilmalashtirish, reytinglash, muntazam baholash) asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetentligining tashkiliy-tuzilmaviy komponentlarini mazmunan takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari 5111000-Kasb ta’limi (5430100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi 89-03-2729-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarda o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va pedagogik mexanizmlari takomillashtirishga xizmat qilgan;

“Case-Problem-Method”, “Case-Incident-Method” ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik modeli Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali, Buxoro muhandislik-texnologiya institutlarining kasb ta’limi yo‘nalishlarida amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi 89-03-2729-son ma’lumotnomasi). Mazkur model oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘quv-bilish kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan;.

umumkasbiy va ixtisoslik fanlari modul birliklaridagi texnik bilimlarni kompyuter texnologiyalari asosida integratsiyalash, tizimli kvantlash va kognitiv vizuallashtirish,  modulli bilish dasturi orqali bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida o‘quv-bilish kompetentligini takomillashtirishga qaratilgan  “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanining o‘quv-metodik ta’minotini hamda bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida o‘quv-bilish kompetentligini baholashning modul-reyting tizimi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi 89-03-2729-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-metodik ta’minot bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini modul-reyting tizimi  asosida tizimli va ob’ektiv baholashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish