Alimov Bexzodxodja Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida kompozision olovbardosh materiallarning tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T2570.
Ilmiy rahbar: Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Tulyaganova Vasila Sunnatillaevna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Negmatov Jaxongir Nosir o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida kompozision olovbardosh materiallarning tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozision olovbardosh materiallar olish uchun tanlangan organo-noorganik ingredientlarning kimyoviy-mineralogik tarkibi va asosiy fizik-kimyoviy, mexanik va texnologik xossalari aniqlangan;
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilari asosida kompozision olovbardosh materiallarning ratsional tarkibi ishlab chiqilgan;
yuqori olovbardosh, fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan kompozision olovbardosh materiallarning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
vermikulit, serpentinit va mikrokremnezem asosidagi qoplamalar odatdagi olovbardosh qoplamalarga nisbatan deyarli 2 barobar kichik hajm og‘irligiga, 4 barobar kichik issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisientiga va natijada 1,2 barobar yuqori olovbardoshlikka ega ekanligi aniqlangan;
sanoatning qurilish sohasida qo‘llash uchun kompozision olovbardosh materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan kompozision olovbardosh materiallar tannarxi mavjudlariga nisbatan 2 barobar arzonlashgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida kompozision olovbardosh materiallar tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozision olovbardosh materiallar olishning ishlab chiqilgan texnologiyasi “Bekobod Ogneupor” qo‘shma korxonasi sexida sinovdan o‘tkazilgan va amaliyotga joriy etilgan (“O‘zqurilishmateriallari” AJning 2025 yil 22 maydagi 02/15-1685-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalari yaxshilangan kompozision olovbardosh materiallarni olish hamda ularning tannarxini 2 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
qurilish-texnik tavsiflari yaxshilangan vermikulit va serpentinit tog‘ jinslarining tabiiy slyudali minerallari asosida ishlab chiqilgan kompozision olovbardosh materiallarning maqbul tarkiblari “Bekobod Ogneupor” qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zqurilishmateriallari” AJning 2025 yil 22 maydagi 02/15-1685-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish materiallari va konstruksiyalarining chidamliligini 2 barobarga oshirish imkonini bergan.