Yunusalieva Kamola Isakdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gaz va suyuqliklarni tozalash uchun tebranish ta’sirida qatlam shaklidagi g‘ovakli o‘tkazuvchan materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T5092.
Ilmiy rahbar: Qarshiev Mamarayim, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalikulov Doniyor Baxtiyarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gaz va suyuqliklarni tozalash uchun tebranish ta’sirida qatlam shaklidagi g‘ovakli o‘tkazuvchan materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyuqlik va gazlarni chuqur tozalashga mo‘ljallangan fil`trlar olishda qolipga metall kukunlarni qavatma-qavat solish va tebranma xarakat ta’sirida fil`tr strukturasini o‘zgartirish va boshqarishning samarali usul ekanligi nazariy va amaliy jihatdan asoslangan;
tebranma harakat parametrlari ta’sirida metall kukunlarning o‘lchamlari, shakli va og‘irligiga qarab, ularning zichlanish, bo‘linish (segregatsiya) va qaynash oraliq zonalari aniqlangan va tebranma harakat parametrlari ta’sirida fil`trlarning asosiy xususiyatlarini bog‘lovchi model` yaratilgan;
qolipga metall kukunlarni qavatma-qavat solish va tebranma xarakat ta’siri orqali fil`trlar olishda tebranma harakatning optimal rejimlari, kukunlarning o‘rtacha o‘lchamlari va og‘irliklari, o‘rtacha g‘ovaklik, qatlamlar balandliklarining optimal qiymatlari aniqlangan;
suyuqlik va gazlarni chuqur tozalashga mo‘ljallangan fil`trlar olishda qolipga metall kukunlarni qavatma-qavat solish va tebranma xarakat ta’sirida yuqori ekspluatatsion xususiyatli fil`trlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gaz va suyuqliklarni chuqur tozalashga mo‘ljallangan tebranma harakat ta’sirida qatlam shaklidagi fil`trlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metall kukunlari asosidagi suyuqlik va gazlarni chuqur tozalaydigan fil`tr elementlari Farg‘ona viloyati, Quva tumani OOO “Quvamashtex” MTP korxonasi TTZ 80.11 rusumli traktorlarining dvigatellari yoqilg‘i fil`trlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/04-04-462-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan fil`tr elementlarining o‘tkazuvchanlik qobilyati an’anaviy usulda olingan fil`trlarga nisbatan 2 barobarga, ishlash muddatini 3 barobarga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan texnologiya bo‘yicha olingan fil`tr elementlari Farg‘ona viloyati, Quva tumani OOO “Quvamashtex” MTP korxonasidagi 20 ta TTZ 80.11 rusumli traktor dvigatellarining dag‘al va mayin fil`trlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/04-04-462-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish xarajatlari 20% kamayib, chuqur tozalash ko‘rsatkichi 1-3 mkm ni tashkil etish imkonini bergan.