Nisanova Simbat Nurkenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekologik jihatdan noqulay hududning salbiy ta’siri ostida bolalarning o‘sishi va rivojlanishini tartibga solishni o‘rganish (Janubiy Orolbo‘yi hududi misolida)», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1119.
Ilmiy rahbar: Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/29.12.2023.V.20.10.
Rasmiy opponentlar: Ruziev Yunus Samandarovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent; Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi prepubertal yoshdagi o‘smirlarning o‘sish-rivojlanish xususiyatlari va organizm funksional imkoniyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antropo-somotometrik ko‘rsatkichlari tahlili asosida, Orolbo‘yi hududida (Mo‘ynoq va Nukus shahri) yashovchi o‘smirlarda prepubertal fiziologik yosh davrida (11-13 yosh) o‘sish-rivojlanish darajasi ekologik iqlim sharoitlariga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
birinchi marta Orolbo‘yi hududida o‘smirlarda (11-13 yosh) ichki organlar (jigar, oshqozon osti bezi, taloq, qalqonsimon bez) hajmi va konstitutsiya (somatotip) o‘rtasida “endomorf”>“mezomorf”>“ektomorf” tavsifida bog‘liqlik  asosida dinamik o‘sish mavjudligi aniqlangan;
birinchi marta Orolbo‘yi hududida o‘smirlarda prepubertal fiziologik yosh davrida (11-13 yosh) qonning kislorod hajmi va eritrotsitlar konsentratsiyasi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
o‘smirlarda qon plazmasidagi insulinga o‘xshash o‘sish omili-1 (IGF-1) konsentratsiyasining fiziologik yosh va gender rakursda yaqqol farqlanish mavjud emasligi, EDning anti-IGF-1 ta’siri yo‘qligi aniqlangan;
Orolbo‘yi hududida (Mo‘ynoq va Nukus shaharlari) o‘smirlarida jismoniy chidamlilik va tana massasi indeksi (MKI) ko‘rsatkichlarining ekologik omillarga bog‘liqligi aniqlangan. Ushbu holat mintaqadagi noqulay ekologik omillar, xususan qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan xlororganik pestisidlarning salbiy ta’siri natijasida gematopoez tizimining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orolbo‘yi hududida turli ekologik iqlim sharoitlarida (Mo‘ynoq va Nukus shahri) yashovchi prepubertal yoshdagi (11-13 yosh) o‘smirlarning o‘sish-rivojlanishi xususiyatlari va organizm funksional imkoniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orolbo‘yi hududida o‘smirlarda (11-13 yosh) ichki organlar (jigar, oshqozon osti bezi, taloq, qalqonsimon bez) hajmi va konstitutsiya (somatotip) o‘rtasida “endomorf”>“mezomorf”>“ektomorf” tavsifida bog‘liqlik  asosida dinamik o‘sish mavjudligi, shuningdek o‘smirlarda jismoniy chidamliligi va MKI qiymatlari ekologik sharoitga bog‘liqligi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga hududda o‘smirlar salomatligini saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 7 yanvardagi 112-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida yashovchi o‘smirlarning salomatligini saqlashda ichki organlar hajmi va konstitutsiya, jismoniy chidamlilik va MKI qiymatlarini inobatga olgan holda, tegishli dasturlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Orolbo‘yi hududida (Mo‘ynoq va Nukus shahri) o‘smirlarda jismoniy chidamliligi va MKI qiymatlari ekologik sharoitga bog‘liqligi aniqlangan, bu holat mintaqadagi noqulay ekologik omillarning (jumladan, qishloq xo‘jaligida yuqori darajada salbiy ta’sirga ega xlororganik pestisidlardan foydalanish va boshq.) gematopoezga salbiy ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida aholi salomatligini saqlashga tegishli dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 8 yanvardagi 01/18-2-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, prepubertal yoshdagi o‘smirlarda jismoniy chidamliligi va MKI qiymatlari ekologik sharoitga bog‘liqligini inobatga olgan holda, tegishli dasturlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish