Chorieva Sharofat Turaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus tilini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanib o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish texnologiyasi”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.4.PhD/Ped4219
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, O‘zbekiston Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti,  Ilmiy kengash raqami: PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent - Berdieva Shaxnoza Nabidjonovna - filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
ikkinchi opponent – Abdullaeva Shaxnozaxon Abdullaevna O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti chet tillari fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi rus tilini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish, samaradorligini nazariy jihatdan asoslash va tajriba-sinov yo‘li bilan tekshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rus tilini o‘qitish jarayoniga grafik organayzerlarni integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning metodik asoslarini optimallashtirishning ilmiy ahamiyati aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda grafik organayzerlardan samarali foydalanishga asoslangan hamda nutq faoliyatining barcha turlarini (eshitib tushunish, o‘qish, gapirish va yozish) kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi modeli takomillashtirilgan;
rus tilini o‘qitishda grafik organayzerlar orqali o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani samarali shakllantirish  va rivojlantirishga qaratilgan, shuningdek, monologik va dialogik muloqot intensivligini oshirishning metodik tizimi takomillashtirilgan;
rus tilini o‘qitishda grafik organayzerlar asosida o‘quvchilarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish samaradorligi, ularning fikrlash jarayonini faollashtirish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ta’siri eksperimental tadqiqotlar orqali asoslangan hamda ulardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mazkur dissertatsiya doirasida olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
rus tilini o‘qitish jarayoniga grafik organayzerlarni integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning metodik asoslarini optimallashtirishning ilmiy ahamiyati ta’lim jarayonida aniqlashtirildi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 11-noyabrdagi 01/11-6-944-sonli ma’lumotnoma). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari 9-10-sinf o‘quvchilarining rus tilini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish notiqlik madaniyati, kreativ fikrlashni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qildi;
o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda organayzerlardan samarali foydalanishga asoslangan hamda nutq faoliyatining barcha turlarini (eshitib tushunish, o‘qish, gapirish va yozish) kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi modeli takomillashtirildi. Undan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi RZ-202004165-raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, 2025-yil 3-iyun,    01/4-2271-sonli ma’lumotnoma). Natijada,  rus tilini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish texnologiyasi mexanizmlarini takomillashtirishning tizimlashtirilgani hamda ushbu pedagogik hodisa o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, nutqi, voqea -hodisalarni tahlil qila olish kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ilmiy-metodik nuqtai nazaridan asoslandi;
rus tilini o‘qitishda grafik organayzerlar orqali o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani samarali shakllantirish  va rivojlantirishga qaratilgan, shuningdek, monologik va dialogik muloqot intensivligini oshirishning metodik tizimi takomillashtirildi. Uning o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi natijasida o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish samaradorligi oshdi; nutqiy faoliyat jarayonida fikrni izchil bayon qilish, asoslash va tahlil qilish ko‘nikmalari mustahkamlandi; og‘zaki va yozma nutqda faol qatnashish, muloqot vaziyatlariga moslashuvchan yondashuv ko‘nikmalari rivojlandi; o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri, mustaqil fikrlash va nutqiy faoliyatda erkinlik darajasi sezilarli darajada oshdi.  “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Til va jamiyat”, “Bolalar va biz” kabi dasturlar uchun ushbu dissertatsiyada berilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida senariylarni ishlab chiqishda (2024-2025- yillarda) foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi  “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasi 2025 yil 11 iyuldagi № 05-09-1121 –sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nutqiy vaziyatlarni modellashtirish orqali ularning og‘zaki va yozma nutq kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlari ishlab chiqildi, undagi grafik organayzerlar rus tilini o‘qitishda metodik vosita sifatida o‘zini oqladi va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning samarali texnologiyasi sifatida tavsiya etildi;
rus tilini o‘qitishda grafik organayzerlar asosida o‘quvchilarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish samaradorligi, ularning fikrlash jarayonini faollashtirish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ta’siri eksperimental tadqiqotlar orqali asoslandi hamda ulardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Tajriba-sinov natijalari, qo‘llash bo‘yicha pedagoglar uchun tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun” kabi dasturlarda o‘z aksini topdi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi  “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasi 2025 yil 11 iyuldagi № 05-09-1121 –sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Yangi O‘zbekistonni 2022-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son qarori 42-maqsadiga muvofiq o‘qituvchilar uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar va mobil ilovalar yaratishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish