Serimbetova Rufiya Saribaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida aholida qon tizimi va qon aylanishi koʻrsatkichlarining yoshga bogʻliq oʻzgaruvchanligi», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B838.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/29.12.2023.V.20.10.
Rasmiy opponentlar: Shaxmurova Gulnara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Djabbarova Gulchexra Muxammed-Karimovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida aholining qon va qon aylanish tizimi ko‘rsatkichlarining yoshga bog‘liq o‘zgarishlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba tizimli yondashuv asosida odamlarning optimal mehnat yoshiga mos keladigan ontogenez bosqichlarida qon tizimining dinamikasi kompleks aniqlangan;
organizmning adaptatsion potensialini baholash daturli funksional ko‘rsatkichlarning ahamiyatlilik darajasi yosh xususiyatlari bilan belgilanishi aniqlangan;
qon tarkibiy qismlarining holati bo‘yicha olingan natijalar (qizil qon hujayralarining morfologik va funksional xususiyatlari, ularning mikroelementli tarkibi) yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning rivojlanishi va rivojlanishining faktorial konsepsiyasini aniqlashtirgan;
Qoraqalpog‘iston sharoitida erkak va ayollarda organizmning yoshga bog‘liq fiziologik o‘zgarishlari, shuningdek, umumiy tendensiyani shakllantiruvchi yondosh omillar qondagi gemoglobin konsentratsiyasining pasayishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisida qon va qon aylanish tizimi parametrlarining yoshga bog‘liq o‘zgaruvchanligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholi hayotining turli davrlarida qon va qon aylanish tizimining funksional holatini bashorat qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 29 iyuldagi 01/18-2483-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘istonda inson organizmiga salbiy ta’sirni kamaytirish va ekologik vaziyatni yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining yoshga bog‘liq o‘zgarishlarini rivojlantirishning omiliy konsepsiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 6 avgustdagi 01/4540-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘istonning qurg‘oqchil hududlarida noqulay ekologik sharoitda aholi salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini tashkil etish imkonini bergan.