Sobitov O‘lmasboy Tojaxmedovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan gipsli tuproqlarning xossa-xususiyatlari va ulardan samarali foydalanishning ilmiy asoslari», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/B282.
Ilmiy maslahatchi: Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isaqov Valijon Yunusovich, biologiya fanlari doktori, professor; Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan gipsli tuproqlarning xossa-xususiyatlarini aniqlash va unumdorligini baholash orqali ulardan samarali foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlardagi avtomorf, yarim gidromorf va gidromorf sug‘oriladigan tuproqlarning agrofizikaviy, agrokimyoviy, kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarining o‘zgarishi tuproqlarning gipslashganlik darajasi, gips chuqurligi va qalinligiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
sug‘oriladigan hududlarda gipslashmagan (0-5%) tuproqlardan kuchli gipslashgan (20-40%) tuproqlar tomon suvga chidamli makroagregatlar miqdori va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatining kamayishi hamda tuproq hajm og‘irligi (1,40-1,73 g/sm3) va maksimal gigroskopik namlikni ortib borishi ilmiy asoslangan;
yarimgidromorf va gidromorf tuproqlarning gipslashganlik darajasini ortishi bilan tuproq singdirish kompleksida kalsiyga nisbatan magniy kationining ulushi ortib (1,5-3,0 barobar ko‘p) borishi aniqlangan;
hududlar sug‘oriladigan gipsli tuproqlarining meliorativ holati baholangan hamda sho‘rlanishning ortishi tuproqlar tarkibidagi gipsning turli miqdorlariga bog‘liq emasligi asoslangan;
gipsli tuproqlarning gipslashganlik darajasi bilan tuproq xossalari o‘rtasida to‘g‘ri (r=0,51-0,83) hamda gipslashganlik darajasi bilan g‘o‘za ekini hosildorligi o‘rtasidagi teskari korrelyativ bog‘lanishlar mavjudligi aniqlangan;
sug‘oriladigan tuproqlardagi gips miqdori va ularda yetishtirilayotgan asosiy ekinlar hosildorligi o‘rtasidagi bog‘liqliklar asosida amaldagi gipslashganlik darajasi bo‘yicha tasnif respublikamizning bugungi tuproq sharoitiga moslashtirilgan va gipslashganlik darajasi (gipslashmagan <5%, kuchsiz gipslashgan 5-10%, o‘rtacha gipslashgan 10-20%, kuchli gipslashgan 20-40% va juda kuchli gipslashgan >40%) tasnifi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan gipsli tuproqlarning xossa-xususiyatlari va ulardan samarali foydalanishning ilmiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
«Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan gipsli tuproqlari va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar» va «Mirzaobod tumani sug‘oriladigan gipsli tuproqlari va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar» hududlarda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabragi 05/04-04-689-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tavsiyalar sug‘oriladigan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilashga, unumdorligini qayta tiklashga, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri olib borish orqali yer resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Markaziy Farg‘ona hududida joylashgan Uchko‘prik tumani F.Shamsiddinov nomli va Mirzaobod tumani G‘.Yunusov nomli massivlari uchun 1:10000 masshtabli sug‘oriladigan tuproqlarning gips qatlam boshlanish chuqurligi va gips qatlam qalinligi kartogrammalari sug‘oriladigan yer maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovayasilar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabragi 05/04-04-689-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur kartografik materiallar massivdagi yerdan foydalanuvchi sub’ektlar, agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklarida gipsli qatlam boshlanish chuqurligi va gipsli qatlam qalinligini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini tanlash va joylashtirish, sug‘orish me’yorlarini va boshqa agrotadbirlarni to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
Markaziy Farg‘ona hududida joylashgan Uchko‘prik tumani F.Shamsiddinov nomli va Mirzaobod tumani G‘.Yunusov nomli massivlar tuproqlari tarkibidagi gips miqdoridan kelib chiqib, 1:10000 masshtabli gipslashganlik darajalari bo‘yicha kartogrammalari hududlardagi sug‘oriladigan o‘tloqi saz hamda bo‘z-o‘tloqi tuproqli yer maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabragi 05/04-04-689-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur kartografik ma’lumotlari qiyin melioratsiyalanadigan tuproq xossalarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni belgilashga imkon bergan;
tadqiqot ob’ekti sug‘oriladigan o‘tloqi saz hamda bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining gipslashganlik darajalari, gipsli qatlam chuqurligi va qalinligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar natijalari asosida gipsli sug‘oriladigan tuproqlarning 3D kartasi Uchko‘prik tumanining F.Shamsiddinov nomli va Mirzaobod tumanining G‘.Yunusov nomli massivlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 15 oktyabragi 05/04-04-689-son ma’lumotnomasi). Natijada, gipsli sug‘oriladigan tuproqlarning 3D kartasi asosida yerlarni shudgorlash, chuqur yumshatish, sug‘orish kabi agrotexnik tadbirlarni belgilashga imkon bergan.