Turdieva Gulayda Omirbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kredit qobiliyati tahlilining nazariy va tashkiliy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt298.
Ilmiy rahbar: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Ismanov Ibrohim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Urazov Komil Baxromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kredit qobiliyatini tahlil qilish va baholashning kompleks metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit va ularning foizini o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun hisob siyosatida uzoq muddatli kreditorlik qarzlarning joriy muddatli kreditorlik qarzlarga o‘tkazilgan qismi to‘g‘risida ma’lumotlar, kredit bo‘yicha asosiy va foiz xarajatlar summasini aniq ko‘rsatish taklif etilgan;
kreditlarning samarali foydalanilishi va ularning o‘z vaqtida foizi bilan qaytarilishini ta’minlash, bank risk darajasini o‘z vaqtida aniqlashda kredit monitoringini tizimli tashkil etish taklif etilgan;
kredit qobiliyatini tahlil qilish uchun zarur bo‘ladigan moliyaviy va nomoliyaviy ma’lumotlariga muvofiq miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tizimi va ularni kredit qobiliyatini tahlil qilish bosqichlarida qo‘llash taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit qobiliyatini baholash, shuningdek, bank kredit siyosatida kreditlash jarayonida mijozning kredit qobiliyatini aniqlashga mo‘ljallangan kredit qobiliyatini baholash uslubi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kredit qobiliyati tahlilining nazariy va tashkiliy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kredit qobiliyati tahlilida kredit va ularni foizining o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun hisob siyosatida uzoq muddatli kreditorlik qarzlarning joriy muddatli kreditorlik qarzlarga o‘tkazilgan qismi to‘g‘risida ma’lumotlarni, kredit bo‘yicha asosiy va foiz xarajatlar summasini aniq ko‘rsatish bo‘yicha taklifi «Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi» tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi»ning 2018 yil 26 dekabrdagi 01/02-886-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, jami olingan kreditlarning o‘z vaqtida va foizi bilan qaytarilishiga, shuningdek hisob ma’lumotlaridan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun aniq va ishonchli xulosalar qabul qilishga samarali xizmat qilgan;
kreditlarning samarali foydalanilishi va ularning o‘z vaqtida foizi bilan qaytarilishini ta’minlash, bank risk darajasini o‘z vaqtida aniqlashda kredit monitoringini tizimli tashkil etish bo‘yicha taklifi «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali tomonidan amaliyotiga joriy qilingan («Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filialining 2018 yil 23 noyabrdagi 2936-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan olingan kredit mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tizimli ravishda nazorat qilish hamda kreditning qaytaruvchanlik darajasini oshirish bo‘yicha zarur tadbirlar ishlab chiqish, muddati kelgan kreditorlik qarzlarni o‘z vaqtida aniqlash, muammoli kreditlarning oldini olish, shu bilan birga bank risk darajasini o‘z vaqtida aniqlash imkonini bergan;
kredit qobiliyatini tahlil qilish uchun zarur bo‘ladigan moliyaviy va nomoliyaviy ma’lumotlarga muvofiq miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tizimi ularni kredit qobiliyatini tahlil qilish bosqichlarida qo‘llash bo‘yicha taklifi «Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi tomonidan amaliyotga joriy qilingan («Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi»ning 2018 yil 26 dekabrdagi 01/02-886-son ma’lumotnomasi). Natijada, kredit oluvchi fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida to‘plangan har qanday ma’lumotlarning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini shakllantirish, fermer xo‘jaliklarini zarur axborotlar, ma’lumotlar bilan ta’minlash, shuningdek, kompleks xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit qobiliyatini baholash, shuningdek, bank kredit siyosatida kreditlash jarayonida mijozning kredit qobiliyatini aniqlashga mo‘ljallangan kredit qobiliyatini baholash uslubi bo‘yicha taklifi «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bank tomonidan amaliyotga joriy qilingan («Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 23 noyabrdagi 12-12/180-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit qobiliyatini baholash va kredit qobiliyatini skoring tahlil qilish samaradorligini oshirishga erishilgan.