Xaitov Abdukosim Abdulakim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik pozisiyani rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2023.2.PhD/Ped4908
Ilmiy rahbar: Ismailov Murodulla Kaxramonovich, Termiz davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti,  Ilmiy kengash raqami: PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent - Turamuratov Ulug‘bek Urakovich - Termiz davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
ikkinchi opponent – Muxsieva Aziza Shamsiddinovna - O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori DSc.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik pozisiyani rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
talabalarda akmeologik pozisiyaning akmeologik bilim va xulq kabi pedagogik xususiyatlari faoliyatni identifikatsiyalash, istiqbolni belgilash, rivojlantirish, baholash funksiyalariga ustuvorlik berish bilan subektiv omillar ta’sir darajasini oshirish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik pozisiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik modelning jarayonli va natijaviy komponentlari mazmuni faoliyat bosqichlari va baholash mezonlarining o‘quv materiallari bilan o‘zaro ichki aloqadorligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda akmeologik pozisiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi faoliyatni tashkil etish tamoyillari, shakllari (individual o‘qish, mustaqil ish, guruhda ishlash, ijtimoiy hamkorlik), o‘quv topshiriqlari mazmunini belgilash (bilishga doir, korreksion-rivojlantiruvchi) hamda diagnostik vositalarning didaktogen imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiluvchi modulli texnologiyani ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik pozisiya xususiyatlarini rivojlantirish samaradorligi intensiv dastur hamda differensial yondashuv asosida ishlab chiqilgan o‘quv-amaliy topshiriqlarning nazorat-baholash imkoniyatlarini oshirish, shuningdek diagnostik vositalarning validligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik pozisiyani rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
akmeologik faoliyatning identifikatsiyalash, tartibga solish, qayta aloqani taminlash, istiqbolni belgilash, rivojlantirish, baholash funksiyalariga ustuvorlik berish hamda subektiv omillar ta’sir darajasini tahlil qilish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik pozisiyani rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini (akmeologik motivatsiya, akmeologik bilim, akmeologik xulq, refleksiv baholash) aniqlashtirishga oid takliflar “60110500-Boshlang‘ich ta’lim” bakalavriat yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 11-iyundagi 02/01-01-217-son ma’lumotnomasi)  Natijada, mazkur tushuncha kasb standarti va fanlar bo‘yicha malaka talablarini mazmunan boyitib, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy–metodik tayyorgarligini zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik pozisiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik modelning jarayonli va natijaviy komponentlari mazmuni faoliyat bosqichlari va baholash mezonlarining o‘quv materiallari bilan o‘zaro ichki aloqadorligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirishga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 23-maydagi 04/11-6959-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik pozisiyani rivojlantirish va ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarda akmeologik pozisiyani rivojlantirishning pedagogik tizimi faoliyatni tashkil etish tamoyillari, shakllari (individual o‘qish, mustaqil ish, guruhda ishlash, ijtimoiy hamkorlik), o‘quv topshiriqlari mazmunini belgilash (bilishga doir, korreksion-rivojlantiruvchi) hamda diagnostik vositalarning didaktogen imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiluvchi modulli texnologiyani ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i, 491203–son nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarda akmeologik pozisiyani rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-metodik faoliyat mazmuni takomillashtirilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik pozisiya xususiyatlarini rivojlantirish samaradorligi intensiv dastur hamda differensial yondashuv asosida ishlab chiqilgan o‘quv-amaliy topshiriqlarning didaktogen imkoniyatlarini oshirish, shuningdek diagnostik vositalarning validligini taminlash asosida aniqlashtirishga oid xulosalardan pedagogik eksperiment davomida foydalanilgan va samarador ekanligi aniqlangan, shuningdek, “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 11-iyundagi 02/01-01-217-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashning innovatsion modellarini va texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish