Ubaydullaev Normuhammad Xasanovichning filologoya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek biografik asarlarida ijodkor siymosi va shaxsiyati talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fil375
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Nosirov Azmiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, professor Yaqubov Islomjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor Rahimov Zokirjon Azimovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi o‘zbek biografik asarlarida ijodkor siymosi va shaxsiyati badiiy talqinining shakllanish jarayonini tarixiy, poetik, kompozision va uslubiy jihatdan ochib berish hamda zamonaviy biografik nasrning rivojlanishidagi estetik tamoyillarni belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek biografik asarlarining tarixiy ildizlari xalq og‘zaki ijodi va o‘zbek adabiyoti tarixi bosqichlarida shakllangan hamda uning tezkor tarixiy o‘zgarishi, rang-barang ko‘rinishlarga ega bo‘lishi janr taraqqiyotining o‘tmish bilan bog‘liq real hayotda yashab o‘tgan va yashayotgan ijodkorlarning xarakter va psixologik jihatlari ular yaratgan obrazlarga ko‘chishi ochib berilgan;
o‘zbek biografik adabiyotida obrazlilikni vujudga keltiruvchi istiora, epitet, o‘xshatish kabi badiiy vositalar, badiiy haqiqat va hayotiy haqiqat uyg‘unligi hamda ichki monologlar, ong oqimi, hissiy kechinmalarni mikrodetal orqali ko‘rsatishning yangi tasvir tamoyillarining yuzaga kelishi aniqlangan;
Habibullo Qodiriyning “Otam haqida” va Zarifa Saidnosirovaning “Oybegim mening” xotira asarlari misolida davr muammolarining ochib berilishi hamda senzura va taqiqlar, erkin yashash uchun kurashning badiiy talqini, inson va davr o‘rtasidagi ziddiyatlar, ruhiy dramatizm kabi poetik g‘oyalar va obraz yaratishning haqiqatga sodiqlik, xarakter izchilligi, konfliktning mantiqiyligi, harakat va nutqning shaxsga mosligi dalillangan;
Kibriyo Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas” asarlarida uslubiy shakllanish jarayoni jahon va rus memuar-qissa maktabi ta’sirlari bilan bog‘liq ekanligi, protatipning oddiy mavzudan murakkab mavzuga ko‘tarilishi, badiiy modifikatsiya jarayonlari hamda o‘zbek biografik nasriga kiritgan fakt va badiiy talqinning ilmiy integratsiyasi, psixobiografik tahlilning kuchayib borishi isbotlangan;
xotiranomalarda epistolyar janr elementlarining faol qo‘llanishi va ular orqali qahramon shaxsiyati, ruhiy holati, xarakteri yanada chuqurroq ochilishi o‘zbek biografik asarlarida “intim-avtobiografik uslub” va “biografik metod”ning murakkab vaqt strukturasida qo‘llanilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda qo‘lga kiritilgan natijalari orqali ijodkor qiyofasini yaratishda biografik asar imkoniyatlari va makon va zamonda aks etish tamoyillarini aniqlashda, poetik sujet va kompozisiya, uslub va shakl jihatlarini tadqiq qilish asosida:
o‘zbek biografik asarlarining tarixiy ildizlari xalq og‘zaki ijodi va o‘zbek adabiyoti tarixi bosqichlarida shakllangan hamda uning tezkor tarixiy o‘zgarishi, rang-barang ko‘rinishlarga ega bo‘lishi janr taraqqiyotining o‘tmish bilan bog‘liq real hayotda yashab o‘tgan va yashayotgan ijodkorlarning xarakter va psixologik jihatlari ular yaratgan obrazlarga ko‘chishi ochib berilganligiga oid masalalardan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-0908116532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 11-dekabrdagi 427-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental tadqiqot loyihasining adabiyot janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etishga bag‘ishlangan qismini boyitilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek biografik adabiyotida obrazlilikni vujudga keltiruvchi istiora, epitet, o‘xshatish kabi badiiy vositalar, badiiy haqiqat va hayotiy haqiqat uyg‘unligi hamda ichki monologlar, ong oqimi, hissiy kechinmalarni mikrodetal orqali ko‘rsatishning yangi tasvir tamoyillarining yuzaga kelishi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-son ma’lumotnomasi). Natijada biografik asarlarda ijodkor shaxsi qiyofasini hayotiy faktlar asosida tasvirlash orqali tinglovchilar bilimining kengayishiga erishilgan;
Habibullo Qodiriyning “Otam haqida” va Zarifa Saidnosirovaning “Oybegim mening” xotira asarlari misolida davr muammolarining ochib berilishi hamda senzura va taqiqlar, erkin yashash uchun kurashning badiiy talqini, inson va davr o‘rtasidagi ziddiyatlar, ruhiy dramatizm kabi poetik g‘oyalar va obraz yaratishning haqiqatga sodiqlik, xarakter izchilligi, konfliktning mantiqiyligi, harakat va nutqning shaxsga mosligi dalillanganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2021-2023-yillarda bajarilgan I-OT-2022-65-shifri “Dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va an’analarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2024-yil 11-dekabrdagi 5-814-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismi ilmiy xulosalar, dalillar bilan boyitilishiga zamin yaratgan;
Kibriyo Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas” asarlarida uslubiy shakllanish jarayoni jahon va rus memuar-qissa maktabi ta’sirlari bilan bog‘liq ekanligi, protatipning oddiy mavzudan murakkab mavzuga ko‘tarilishi, badiiy modifikatsiya jarayonlari hamda o‘zbek biografik nasriga kiritgan fakt va badiiy talqinning ilmiy integratsiyasi, psixobiografik tahlilning kuchayib borishi isbotlanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining 2024-yil 23-dekabrdagi 10/2608-son ma’lumotnomasi). Natijada biografik tasvirning tarixiy taraqqiyoti, xotiranomalarda obrazlilikni yuzaga keltiruvchi sujet va kompozision birliklar tizimida talqin qilinganligi loyihada monografiya mazmunini boyitilishida o‘z aksini topgan;
xotiranomalarda epistolyar janr elementlarining faol qo‘llanishi va ular orqali qahramon shaxsiyati, ruhiy holati, xarakteri yanada chuqurroq ochilishi o‘zbek biografik asarlarida “intim-avtobiografik uslub” va “biografik metod”ning murakkab vaqt strukturasida qo‘llanilishi ochib berilganligi haqidagi xulosalardan dissertatsiyaning tadqiqot natijalari va materiallaridan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-maydagi 01/4-2153-son ma’lumotnomasi). Natijada biografik asarning genezisi, antik davr adabiyotining tadrijiy takomili, g‘oyasi, biografik asar qahramonlariga xos xarakter xususiyatlari, hayot va o‘lim muammosiga aloqador motivlar tahlili haqidagi fikr-mulohazalardan kitobxon dunyoqarashi kengayishiga xizmat qilgan;
turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda ijodkor qiyofasini yaratishga keng e’tibor qaratilayotganligi milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz mustahkamlanishiga sabab bo‘lganligi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi, Oybek tavalludining 119 yilligi, Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining qator tadbirlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 9-yanvardagi 01-03/3-son ma’lumotnomasi). Natijada biografik asarlarda ijodkor shaxsi qiyofasini hayotiy faktlar asosida tasvirlash orqali tinglovchilar bilimining kengayishiga erishilgan;
dissertatsiya natijalari asosida “Ma’rifat shu’lasi” ko‘rsatuvini (Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhorlarning hayot yo‘llari, asarlari tahliliga bag‘ishlangan) bir qator sonlari tayyorlanib, efirga uzatishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyati teleradiokanalining 2025-yil 10-yanvardagi 01-07/23-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar mazmuni yangi ilmiy-adabiy manbalar bilan boyitilgani e’tirof etilgan.