Bozorov Yoqubjon Sherali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan efirlar asosida yuqori o‘tkazuvchan, selektiv, ionalmashinuvchi va ultrafiltratsion membranalar sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/K1059.
Ilmiy rahbar: Aliqulov Rustam Valievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Shukuruv Dilmurod Xusanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diglisidilanilin smolasi va sellyuloza efirlarini anilin, m-anilinsulfokislota hamda aminokislotalar asosida modifikatsiyalab in situ usulida yuqori o‘tkazuvchan, ion almashinuvchi va ultrafiltratsion membranalar sintez qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anilin asosidagi epoksid smolani aminotsirka kislota, 2-aminopropion kislota va 2-aminobutandikislotalari bilan modifikatsiyalash asosida yangi yuqori samarali DGAMS-2, DGAAP -2 va DGAAB-4 ionitlari sintez qilingan;
sellyuloza efirlarini anilin va m-anilin sulfonik kislotalari bilan modifikatsiyalash asosida yangi PANS, PADNS, SPAAS va SPADNS ion almashinuvchi materiallar sintez qilingan;
epoksid smola va sellyuloza efirlarini modifikatsiyalash asosida sintez qilingan ion almashinuvchi materiallardan yangi 4 ta PANSNm1, PADNSNm2, SPAASNm4, SPADNSNm1 gomogen ion almashinuvchi, ultrafiltratsion membranalar hamda 3 ta DGAMS-2m, DGAAP-2m, DGAAB-4m geterogen ion almashinuvchi ultrafiltratsion membranalar olingan;
sintez qilingan ion almashinuvchi materiallar va ular asosida olingan ion almashinuvchi ultrafiltratsion membranalarning tuzilishi hamda tarkibi SEM, AKM, IQ spektroskopiya, YaMR tahlillari asosida aniqlangan;
modifikatsiyalangan sellyuloza efirlarini anilin va m-anilin sulfonik kislotaning turli nisbatlari bilan modifikatsiyalab 60 – 70℃ da 0,4 A/sm2 dan 2,4 A/sm2 gacha oqim zichligida ishlaydigan ionalmashinuvchi ultrafiltratsion membranalar olingan;
olingan ion almashinuvchi ultrafiltratsion membranalarning Cu(II), Fe(III), Ni(II), Co(II) ionlarini 2,9 dan 7,4 pH qiymatlarigacha bo‘lgan oraliqda tanlab yuqori unum bilan ajratish xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modifikatsiyalangan efirlar asosida yuqori o‘tkazuvchan, selektiv, ion almashinuvchi va ultrafiltratsion membranalar sintezi usullarini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
modifikatsiyalangan efirlar asosida sintez qilingan ion almashinuvchi ultrafiltratsion membranalar “Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi oqova suvlardan Cu(II) , Fe(III), Ni(II), Co(II) kabi og‘ir metall ionlarini ajratishda joriy etilgan. (“Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasining 2025 yil 8 avgustdagi 164 - son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish jarayoni chiqindi suvlarini og‘ir metall ionlaridan tozalash imkonini bergan;
modifikatsiyalangan efirlar asosida olingan PADNSNm2 va SPAASNm4 ion almashinuvchi, ultrafiltratsion membranalarini “Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida chiqindi suvlarini filtrlab tozalashda amaliyotga joriy etilgan. (“Avtotraktorradiator” O‘zbekiston- Rossiya qo‘shma korxonasining 2025 yil 8 avgustdagi 164 - son ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan PADNSNm2 va SPAASNm4 membranalari yordamida ishlab-chiqarish jarayonlari chiqindi suvlarini mikrozarrachalardan tozalash imkonini bergan.