Tadjibaeva Rayxonaxon Muxammadjon qizining 
pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped 5171
Ilmiy rahbar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor, Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari inson omilisiz talaba faolligini monitoring qilishda metakognitiv-axborotli kontentni emotsional-motivatsion, ijtimoiy-kommunikativ komponentlarda personal qaydlarda maqbullashtirish asosida aniqlashtirilgan;
raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish modeli «Digital Bloom-Metacognition» kombinatsiyasida talabalarning akademik-ijtimoiy traektoriyasini individual tuzishga yo‘naltirilgan metodik kompleksni aplikativ imkoniyatlarga ko‘ra algoritmik qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari o‘zlashtirish jarayonini multimediali kontentda progressiv dinamikada tashkil etishga qaratilgan interaktiv dasturlar va onlayn platformalar (kahoot)ni komplekslashgan kurs bo‘limlariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’limni raqamlashtirish vositasida talabalarning kognitiv kompetentligini baholash mezonlari “Mustaqil ta’lim” platformasi algoritmlari (cnn, rnn) va baholash metrikalariga refleksiv nazorat elementlarini adaptatsiyalash hamda nazariy ma’lumotlar integratsiyasini modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar yordamida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari inson omilisiz talaba faolligini monitoring qilishda metakognitiv-axborotli kontentni emotsional-motivatsion, ijtimoiy-kommunikativ komponentlarda personal qaydlarda maqbullashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan «Informatikaning nazariy asoslari» nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i 537-493 raqamli guvohnoma). Natijada, OTM o‘qituvchilarining «Informatika va raqamli texnologiyalari» fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalarni tadbiq etish samaradorligi oshgan;
raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish modeli «Digital Bloom-Metacognition» kombinatsiyasida talabalarning akademik-ijtimoiy traektoriyasini individual tuzishga yo‘naltirilgan metodik kompleksni aplikativ imkoniyatlarga ko‘ra algoritmik qo‘llashga oid amaliy taklif va tavsiyalaridan FZ-2020010829-raqamli «Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari» (2019-2021 yy) mavzusidagi amaliy loyihasining dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 21-yanvardagi 04/11-1576-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning bilimni qayta ishlash, ongli ravishda nazorat qilish, o‘z fikrlash faoliyatini baholash va boshqarish kabi metakognitiv kompetensiyalari raqamli faoliyat jarayonida izchil shakllanishi ta’minlandi;
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari o‘zlashtirish jarayonini multimediali kontentda progressiv dinamikada tashkil etishga qaratilgan interaktiv dasturlar va onlayn platformalar (kahoot)ni komplekslashgan kurs bo‘limlariga integratsiyalashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan «O‘zbekiston» teleradiokanalida 2022-2024 yillarda efirga uzatilgan «Ta’lim va taraqqiyot», «O‘zbekiston yoshlari», «Bolalar va biz» dasturlari senariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasining 2025-yil 11 fevraldagi 05-09-160-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim platformalarini yaratish va amaliyotga tadbiq etishdagi zamonaviy talablarni aniqlash imkoniyati oshirilgan;
mustaqil ta’limni raqamlashtirish vositasida talabalarning kognitiv kompetentligini baholash mezonlari “Mustaqil ta’lim” platformasi algoritmlari (cnn, rnn) va baholash metrikalariga refleksiv nazorat elementlarini adaptatsiyalash hamda nazariy ma’lumotlar integratsiyasini modifikatsiyalashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan «Talabalar uchun mustaqil ta’lim mobil ilovasi (Backend qismi)» ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 17-fevraldagi 02/01-01-60-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mustaqil ta’limni tashkil etish samaradorligi oshgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish